«BOY ILA XIZMATCHI»
(Ikkinchi pardadan parcha)
G’ o f i r (
zaharxanda qilib
). Qozi pochcha, sarupolar muborak.
Q o z i. Qulluq, o’g’lim, qulluq!
G’ o f i r (
qoziga
). Lekin boy bu choponni katta otasi o’lganda tobutiga yopgan edi,
endi sizning ustingizga yopibdida
Q o z i (
asabiy
). Nimalar deydi beadab!
G’ o f i r. Sarupo qulluq bo’lsin, domla imom?
I m o m (
o’ng’aysizlanib
). Qulluq, qulluq, G’ofirjon!
G’ o f i r. Ellikboshi, paranjingiz muborak!
H a s a n. Paranji emas! Chopon bu, jinni bo’lganmi?
G’ o f i r. Axir dallol deganda paranji bo’ladi-da, choponni yigit kishi kiyadi!
X o l m a t (
o’zicha
). Balli, azamat, bopla!
H a s a n. Tilingni tiy, ahmoq! Bilasanmi kimlar bilan gaplashyapsan!
G’ o f i r. Bilaman, biringiz qozi, biringiz domla, biringiz amaldor, biz bo’lsak,
devorning kovagida yotgan bir g’arib.
Q o z i. Siz aralashmay turing, ellikboshi, johilsiz. To’mtoq gapirib ishning
pachavasini chiqardingiz! G’ofir o’tir o’g’lim, o’tir!
G’ o f i r. Eshitaveraman!
I m o m. Biz sening foydangni gapiramiz!
G’ o f i r. Eski og’iz, yangi gap!
Q o z i. Eshitasanmi, yo’qmi?
G’ o f i r. Gapiring, bu quloqlar dunyodagi bor haqoratlarga, bor qarg’ishlarga
o’rgangan, gapiravering!
Q o z i. Yana o’sha gap. Sen bir kambag’al musulmonsan, o’z joningga jabr qilma,
sartopo falakatlarga duchor bo’lma, deymiz. Axir shu boy otang tufaylidan ro’shnolik
ko’rding. Endi sening vazifang shu boyning har bir amr-u farmonlariga shikastlik bilan
qoyim turmoq! Quloq qoqmoq! Boyni hurmat qil! Men ham bir kibriyo nazar eshonman.
Mening gapimni qaytarma! Xullas so’z, boy sening xotiningni yaxshi ko’rib qopti.
G’ o f i r. Agarda boyda muhabbat paydo bo’lgan bo’lsa, boy chin odam ekan.
X o l m a t (
o’zicha
). Voy hom kalla-ey, sen hali uni hayvon deb yurgan edingmi?
Q o z i. Gap shuki, boy ishq-muhabbat yo’lida halok bo’lishi mumkin.
G’ o f i r. Pul-mol yo’lida halok bo’lgandan ko’ra, ishq-muhabbat yo’lida qalok bo’lish
kishiga katta baxt!
I m o m. Boyga rahming kelmaydimi?
G’ o f i r (
qizib
). Maqsad nima, maqsad?!!
Q o z i. Axir sen, xotiningni boychalik yaxshi ko’rmaysan, Senga nomi xotin bo’lsa
bo’ldi-da.
G’ o f i r (
qaynab
). Maqsad!!!
Q o z i. Maqsad, xotiningni qo’y, deymiz.
X o l m a t (
o’zicha
). Mana qo’y, deb tumshug’iga solmaysanmi, siynitalogni!
G’ o f i r. Qozi domla! Shu so’zlarim qulog’ingizga o’qdek quyilib, qo’rg’oshindek
o’rnashsin! Xotinimning ixtiyori o’zida! Boyga tegmoqchi ekan tegaveradi! Lekin mendan
nima istaysiz, mendan? Meni nega qiynaysiz? Nechun o’rtangan, lag’cha cho’g’ bo’lib
yongan yuragimni tirnaysiz?! Bu qo’lansa qorinlaringizni yorsa, shu qovoq kallalaringizni
kovlasa, bu go’rday qorong’i yuraklaringizni chiroq yoqib qidirsa, ishq-muhabbatdan qilcha
nishon topilmaydi-yu, yana sizlar ishq muhabbat deb lop-qop urasiz! Fatvolar yasaysiz!
Shumi insof, shumi kambag’alga shafqat?
D o m l a. Boy bermasa, ochingdan o’lasan!
G’ o f i r. Ochlikdan sillam qurib, iligim puchaygan chog’imda ham sizlarga
yalinmayman! Axir, bu ko’zlardan oqqan jigar qonlari, beva-bechora, yetim-yesirlarning
ohu zorlari ko’nglingizni yumshatmaydimi? Qachongacha kimxob choponlar, yog’lik
palovlar uchun boylarga zulm pichog’ini qayrab berasiz! Axir, bu duolar, rivoyatlar
niqobiga yashiringan zulmdan, jafolardan biz sho’ring qurg’urlar kimga dod deymiz?
Kimga? Bu g’urbatxonada notavon yig’laganlarning, afsus-nadomat chekkanlarning, dodu
faryodini kim tinglaydi, kim?! Gapiring shariat peshvolari!!!
Q o z i. Shariatga til tegizma!
I m o m. Taqsir, shariatgagina emas, bu gapning tagi poshsholikka ham borib yetadi!
Kulli shay’in yarjiu illa aslihiy.
Q o z i. Ayni hikmat so’zlaysiz! (
Do'stlaringiz bilan baham: |