Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


ZAYNAB SADRIYEVA POSHSHOYIM ROLI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
ZAYNAB SADRIYEVA POSHSHOYIM ROLI 
USTIDA QANDAY ISHLAGANI HAQIDA 
 
Abror,  G’ofirni  sen  o’ynaysan  —  dedi  Yetim  aka.  Keyin  qolgan  rollarni  taqsimladi: 
Jamila — Sora Eshonto’rayeva, Solihboy — Obid Jalilov, Hoji ona — Mariya Kuznetsova, 
Xolmat  —  Lutfulla  Narzullayev,  Xonzoda  —  Xolida  Xo’jayeva,  Gulbahor  —  Shoxida 
Ma’zumova... 
Men  hamkasblarimga  havas  bilan  tikilib,  yuragim  orziqqancha  o’tirardim.  Yetim  aka 
menga  yalt  etib  qaradi-da:  —  Zaynab,  sen  Poshshoyimni  o’ynaysan, —  dedi.  Sapchib 
tushdim.  Yosh  edim-da.  Shunday  ajoyib  asarda  ishtirok  etish!  Quvonch  va  hayajondan 
terimga  sig’mas  edim.  Hayajonga  tushushimning  boisi  shundaki,  asosiy  rollarni  ijro 
etuvchilarning  deyarli  hammasi  nom  qozongan  yetuk  san’atkorlar.  Abror  Hidoyatov  esa 
o’sha paytdayoq o’zbek sahnasining  yulduzi  bo’lib tanilgan edi. Men san’atga  umid  bilan 
qadam qo’ygan bir havaskor aktrisa edim... Yetim aka ikkinchi ko’rinishda Xonzoda bilan 
mening  —  Poshshaoyimning  dahanaki  jangi  epizodini  ko’p  martalab  mashq  qildirdi. 
Yodingizda bo’lsa, mazkur ko’rinishda Xonzoda — Xolida Xo’jayeva to’satdan yer tepinib 
:  «Maston!  Chilim,  yer  yutkir  Maston!»,  deb  baqiradi.  Yetim  aka  bu  epizodni  shunday 
talqin  qilardi:  —  Zaynab,  eshit,  Xonzodaning  bu  do’q,  bu  o’shqirishi,  Mastonga  emas, 


kundoshi  Poshshoyimga  —  senga  qaratilgan.  Tabiatan  tebsa-tebranmas,  boqibeg’am 
Poshshoyim javob berishga shoshilmaydi, ichida qon yutib tursa hamki, kundoshiga shod-
xurram  ko’rinishga  urinadi,  bu  narsani  unutma!  Mastonga  do’q  urayotganida  ko’zi 
Poshshoyimga  yeb  yuborgudek  qadalgan  Xonzoda  uning  soxta  beg’amligidan  battar 
jizg’anak  bo’lishi  kerak...  «Kulma,  Maston!  Huv  o’sha  ajin  bosgan  qarimsiq  yuzlaringga 
zindalak  chiqsin!»  —  bu  Mastonga  aytilgan  odatdagi  qarg’ish  emas,  mamnun  qiyofadagi 
kundoshiga  qaratilgan  zaharli  o’q,  tushundingmi?  Tushungan  bo’lsang,  ana  shu  mantiqqa 
asosan ish tutishing kerak. 
Xolidaxonim  shu  qadar  obrazga  kirib,  uning  sehriga  shu  qadar  berilib  ketardiki,  men 
rosti,  ba’zan  partnyorimning  artist  ekanini  unutib  qo’yardim.  Bir  kuni  yuziga  bexosdan 
tikilib  hayron  qolganman.  Yupqa  lablari  makr  va  g’azabdan  shu  qadar  chimirilganki,  lab 
o’rnida  ingichka  chiziq  chizib  qo’yilgandek  tuyulardi.  Uchishga  shaylangan  qarg’aning 
qanotidek  qoshlari  gapirgan  sari  peshonaning  yarmigacha  borib  keladi.  Ko’zlarida  qahr, 
hasad, rashk yonadi. Shunday mahorat egasi bilan basma-bas, hatto undan balandroq kelib 
aytishim kerak edi. 
«Hoy,  Maston  o’lgur,  chilimni  olib  kel!  Sen  nimangga  kekkayasan,  Maston!».  Bir 
qaraganda bu  gapni aytish osonga o’xshaydi.  Biroq qarshingda Xonzoda timsolida Xolida 
Xo’jayevadek  tajribali  partnyor  turganda  bu  vazifani  eplash  mahol.  Shuning  uchun 
dastlabki repetitsiyalarda holatga kirolmay rosa qiynaldim. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish