Oldidagi beda bilan suyakka isora qilib
.)
Ziyofat quyuq bo’lgan ekan-da.
QO’CHQOR: Bugun bizning tomonlarga bironta noma’lum zotning qadami yetganga
o’xshaydi.
BOYQUSH: Hm, shunchalik kaltafaxm bo’lasizmi?
Oldingizdagi nima?
Bedami, suyak?
Ovqat totliq g’am yemang,
Beda ne kerak?
Ovqat mazali, ku-ku!
Non jizzali, ku-ku!
QO’CHQOR: Jon birodar, bir yaxshilik qilib yubor. Dov-daraxt, tog’u toshlar,
parranda qushlarning mazag’idan qutulay. Oldimdagi suyakni olib tashlagin.
BOYQISH: Yemasangiz bo’lmaydi,
Ovqatingiz shu,
Hech kim sizdan kulmaydi,
Shirin-asal-ku!
Ovqat mazali, ku-ku!
Non jizzali, ku-ku!
QO’CHQOR: O’tinaman, yolvoraman. Juda bo’lmasa mana shu tuyog’m ostida turgan
suyakni olib tashla.
OLAPAR: Vov! Bas! Yetar! Kimga yalinayapsan, azizim?
BOYQUSH: Ha, Olaparjon, jahlingiz chiqdimi? Achchig’ngiz kelsa, oldingizdagi
bedani chaynang!...
QO’CHQOR: Ha la’nati!
OLAPAR: Ovozingni ochir!
QO’CHQOR: Suyakni olib tashlagani oldimga kelarmikan deb o’ylagan edim,
kelmadi…
BOUQUSH: Hammani o’zingga o’xshash laqma deb o’ylay berma, Qo’chqorvoy.
Kechalari qushlarni ovlash ucun ham jonim o’zimga kerak. Seni deb o’zini qurbon
qiladigan tentaklardan emasman. Hali zamon notanish zot kelib qoladi. Mabodo, birin
falokatga uchrab qolsa bormi, bir oy maza qilib bazm quraman.
QOCHQOR: Quzg’un!
BOYQUSH: Nima deding?
OLAPAR: Birovning boshiga og’ir kulfat tusib qolsa yordam berish qo’lingdan
kelmaydi-yu, uni mazax qilasan. Falokatga uchragan vaqtini mo’ljallab ko’zini o’yishga
tushasan.
BOYQISH: Voy tavba. (zavqlanib kuladi)
OLAPAR: Yo’qol, bu yerdan! Yo’qol!
QO’CHQOR: Ket, ablah, ket!
(Boyqush kuladi. Sada uyg’onadi).
SADA: Hu, hu…
(O’rmonning har tomonidan aks sado eshitiladi)
.
Nima janjal? Nima to’polon? Bizning dargohimizga qanday odamzodning qadami
yetdi? Qani u? qani?
(Shamol esadi, daraxtlarning singan ovozi eshitiladi uzoqlardan turli hayvonlarning
ovozlari keladi. Boyqush Sada butog’iga qo’nadi. Gul ko’targan Zumrad kirib keladi.)
ZUMRAD: Mosh hech qayerda yo’q-ku. Moshni topmasang, uyga qaytib kelma,
dedilar. Endi moshni qayerdan topaman? Bo’ri yeb qo’ygan bo’sa-ya? Yo’g’-e, bo’rining
jahli oyimnikicha bo’lmasa kerak. Nahotki, bechora Moshga rahmi kelmasa? (Daraxt
shoxidan uchgan qushga qaraydi). Hay qushlar… Iya, o’zimizning kaptarga o’xshaydi-ku?
Kaptarjon, hoy, kaptarjon. Menga qara, endi Mosh, sen bilan qattiq hazillashmaydi. Urushib
qo’ydim. Undan xafa bo’lma. Hoy, menga qara, agar yo’lda Moshni ko’rib qolsang
qo’rqma, aytib qo’ygin. Uyga bormasin. Tutib olishsa o’ldirishadi. Aytib qo’yish esingdan
chiqmasin, xo’pmi? Musicha, chumchuqlarga ham ayt! Moshga xabar qilishsin. (Birdan
ko’zi qo’chqorga tushadi
.
) Voy, o’lmasam…
QO’CHQOR: Ba…
ZUMRAD: A… Siz mening Moshimni ko’rmadingizmi?
QO’CHQOR: Ba, ba. Mosh deganing nimasi?
ZUMRAD: Haligi… Mosh… vuy, shoxlarining kattaligini…
BOYQISH: Ku-ku… Bemahal nima qilib yuribsan?
(Zumrad Boyqushga qaraydi, jimlik).
Ku-ku, gapir!
(Zumrad astagina orqasiga tislanadi).
(Istehzo bilan.) Hoy qizcha , Qo’chqorga yaqinlasha ko’rma! Jahli chiqib turibdi.
Suyakka qo’shib, tag’in, chaynab yubormasin.
QO’CHQOR: Hm… o’zing kimsan? Bizning joylarda nima qilib yuribsan?
ZUMRAD: Men, haligi… Joylaringiz juda yaxshi-e… xuddi boqqa o’xshaydi.
Shoxlaringiz biram chiroyli, o’zingizga quyib qo’ygandek yarashgan.
QO’CHQOR: rostdan chiroylikmi? (
Shoxlarini qimirlatadi.
)
ZUMRAD: Shoxlaringizni qimirlatmay jim qarab tursangiz solatli ko’rinar ekansiz.
SADA: Vah, ha, ha, sovlati emish… Vah, ha, ha… Qimirlatmay bo’pti… Vah, ha, ha.
(Aks sado. Qochqor Zumradni suzmoqchi bo’ladi. Zumrad orqaga tislanadi, itga to’g’ri
keladi).
OLAPAR: Vov, vov… ket, bu yerdan!
ZUMRAD: Voy o’lay…
OLAPAR: Jahlim chiqib turibdi. Vaqt g’animatida jo’nab qol!
ZUMRAD: Xo’p, xo’p… (Itning oldidagi bedani ko’rgach) Taglaringiz iflos bo’lib
qolibdi-ku!
SADA: Vah, vah, ha, ehtiyot bo’l!
(Zumrad avval itga, keyin Qo’chqorga, daraxt shoxida qo’nib turgan Boyqushga
qaraydi. Ular darg’azab. Zumrad qo’llariga tushsa, bechora qizni chaynab, tepkilab, cho’qib
tashlasa. Zumrad asta ashula boshlaydi).
ZUMRAD: Chiroyli qush, boyo’g’li,
Ovozlaring yoqimli.
Ko’zlaringda nur-shu’la,
Aytib bergin ashula.
Qanotingni ochsang keng,
Senga qushlar kelmas teng.
G’ayratingni to’plab boz,
Uchgin sen balandparvoz.
(Boyqush qanotini yoyib ovozining boricha kuladi-da, ko’zdan g’oyib bo’ladi. Zumrad
Boyqushni kuzatadi, so’ng Qo’chqorga qaraydi).
Gul g’unchalar ochilgan,
Shoxida qushlar sayrasin.
Maysa o’tlar bag’rida,
Ola Qo’chqor yayrasin.
Qochqorga yaqinlashadi
Shoxi sadap, sersavlat,
O’zi katta badavlat.
Suzishda zo’r yagona,
Insonga hech bermas lat.
(Qo’chqorning oldidagi suyakni oladi.)
Ola Qo’chqor muloyim
Olapar undan qolishmas.
Xizmatga tayyor doim,
Urishmas ham olishmas.
(Itning oldiga kelib suyakni beradi)
Qorningiz to’ysin oshga.
Suyakni oling yonboshga.
Xafalikni itqiting. —
Sahro-yu, tog’u toshga!
(Zumrad itning oldidan bedlarni olib Qochqorning oldiga qo’yadi.)
Ovqatlanib,jindek dam oling. Suv ichkingiz kelayotganga o’xshaydi: Arqonni yechib
yuborsam, o’zingiz borib ichib kelasizmi?
QO’CHQOR: Ba…
ZUMRAD: Hozir… (
Ko’zi egilib yotgan novdaga tushadi.
) Arqon bog’lab bechorani
qiynab qo’yishibdi-ku! (
Novdaga bog’langan arqonni yechadi.
)
Egilgan novda,
Qaddingni rostla.
Erkin nafas ol,
Ko’rmagin zavol,
(Novdani to’g’rilaydi).
Yer, suvga havo
Dardingga davo.
Bo’lsin yer iqbol,
Ko’rmagil zavol.
(Zumrad novda tagidagi kesaklarni maydalab soladi. Do’ppisida suv olib kelib uning
tagiga quyadi, novda ko’karib gullaydi).
Ochilgin, gul-gul,
Xandon tashlab kul.
Ko’p-ko’p meva sol,
Ko’rma hech zavol.
(Novda shoxlarida meva paydo bo’ladi. Shu vaqt sada shoxida uy ko’rinib eshigi
ochiladi. Qollari uzun, sochlari qor singari oppoq bo’lsa ham ahchagina baquvvat, istarasi
issiq ayol uydan chiqib keladi. Ustidagi ko’kimtir libosi o’ziga quyib quyganday).
OLAPAR: Vov, vov, vov!
SADA: Huv. Ha…
QO’CHQOR: Ba, ba, ba…
(O’rmonning har tomonidan aks sado eshitiladi. Zumrad hayajonda, jimlik).
O’RMON ONASI: (dag’allik bilan) Ha, nima qilib yuribsan?
ZUMRAD: Assalomu alaykum.
O’RMON ONASI: (
sovuq
). Vaalaykum assalom. Qani yaqinroq kel.
(Zumrad qo’rqa-pisa o’rmon onasi yoniga keladi. U Zumradning boshidan-
oyog’igacha tikilib chiqqach).
Bor o’choqdan olov olib kel!
ZUMRAD: Olov!
O’RMON ONASI: Huv ana. Tutun chiqayotgan joyni ko’rayapsanmi? Bor, olib kel!
(Zumrad hayron.)
O’RMON ONASI: Nega indamaysan? Olib kelishga idish yo’qmi? Biron narsa
bo’lganida, o’zim olib kelardim.
ZUMRAD: Hozir, buvijon.
(Ichkariga kirib ketadi.)
OLAPAR: Ishqilib, kuyib-netib o’tirmasa yaxshi edi.
SADA: Hayronman.
OLAPAR: Bechora qiz.
O’RMON ONASI: (
qichqirib
). Jim!
(O’rmonning har tomonidan aks sado ko’tariladi. Zumrad olov olib chiqadi.)
OLAPAR: Rostakam olovmi?
SADA: (
ohista
). Jim
(Kampir tor yengidan katta chilim oladi. Olovni chilimga qo’yib chekadi. So’ng
Zumradga tikiladi.)
OLAPAR: Olov-ku!
SADA: Vo ajab!
OLAPAR: Kaftiga oldin kul solib, uni ustiga cho’g’ qo’yib chiqibdi.
QO’CHQOR: Aqliga qara! Balli!
O’RMON ONASI: Qani, ketdik.
(Zumradning qo’lidan yetaklab sada shoxidagi uy tomon jo’naydilar.)
Parda
Do'stlaringiz bilan baham: |