BOLALAR DRAMATURGIYASIDAN NAMUNALAR
O’zbek teatri shakllaning dastlabki bosqichidayoq dramaturglar kattalar qatori bolalar
uchun ham p’esalar yoza boshlaganlar. Respublikada yosh tomoshabinlar teatri tarmog’i
kengayishi bilan 1930 yillarning boshlaridan bolalar dramaturgiyasi tez taraqqiy topa
boshlaydi. Respublika yosh tomoshabinlar teatri bolalar dramaturgiyasining bosh
ijodxonasiga aylanadi. Bu erda faoliyat ko’rsatgan Javod Obidov, Ne’mat Do’st xo’jaev,
Amin Turdiev, Ibroxim Axmedov, Mirzakarim Boboev, Omon Sharipov, Mahkam
Maxamedov, Ergash Masaev singari rejissyorlar teatriga adiblarni jalb etib, yangi p’esalar
yaratishda ularga amaliy yordam ko’rsatib bolalar dramaturgiyasi rivojiga qimmatli hissa
qo’shdilar. Shukur Sa’dulla, Adxam Raxmat, Po’lat Mo’min, Xakim Nazir, Yorqin Mirzo
kabi adiblarning bolalar haqidagi sahna asarlari shu teatrda tug’uldi. Kattalar teatrlari
repertuariga ham bolalar haqidagi asarlar ko’p hollarda shu teatrda pishib etilgan asarlar
kirib bordi.
Respublika yosh tomoshabinlar teatri milliy sahna san’atimiz tarixining mo’tabar
sahifalarini tashkil etadi. Bu erda tomoshabinlar xotirasida chuqur iz qoldirgan obrazlari
bilan shuhrat topgan. N.Eshmuhamedov, A.Ismoilov, M.Hamidov, k,Xonkeldiyev, O.Tolip,
M.Yo’ldosheva singari atoqli aktyorlar ijod qilganlar. Bu ijod maskani haqida ilmiy
tadqiqotlar yaratildi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, professor
Hamidjon Ikromov uzoq yillardan buyon teatr tarixiga oid materiallar yig’ib ilmiy
maqolalarini chop ettirib keladi. Majmuaga kiritilga pyesalar shu olim arxividan olindi.
Bular Shukur Sa’dullaning “Yoriltosh”, Po’lat Mo’minnig “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy”,
Ibrohim Ahmedov va Obid Tolipovning “Sirli sandiq” va Hakim Nazirning “Chiranma g’oz
hunaring oz” asarlaridir.
O’zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir o’zbek bolalar adabiyotining yirik
namoyondalaridan biri hisoblanadi. 1915 yili Toshkentning Arpapoya mahallasida tavallud
topgan.U Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan, bolalar matbuotida, nashriyot,
yozuvchilar uyushmasi radio sohalarida muharir va adabiy xodim sifatida ishlagan, ellikdan
ortiq asarlar muallifi hisoblanadi. Bularning ko’pchiligi “Yonar daryo”, “Ko’k orol
chiroqlari”, “Dadamni topib beringlar kabi” asarlari bolalarning beg’ubor qalb ehtiroslarini
ochishga qaratilgan.
Hakim Nazirning “Chiranma g’oz, hunaring oz” pyesasi uning qator nasriy asarlari
kabi bolalarning axloqiy tarbiyasiga qaratilgan. “Bola aziz, tarbiyasi undan aziz” dagan
maqol pyesa mohiyatini anglatishi mumkin. Unda maktab o’qituvchisi Murodning ota-onasi
o’ta erkalashi tufayli ishyoqmas, boshqalardan o’zini yuqori tutib nazarpisand qilmasligi
oqibatida nojo’ya holatlarga tushib qolishi, oxiri odobli o’quvchilar ta’siri natijasida o’zini
o’nglab olishi haqida hikoya qilingan. O’quvchilarning o’zlarini-o’zlari boshqarish
kamchiliklardan xoli bo’lishlari pyesaning muhim jihatini belgillab bergan. Shu jihati uni
tomoshabinda qiziqish uyg’otdi va repertuardan munosib o’rin oldi.
Manbaalar: 1.Hakim Nazir.
“Chiranma g’oz hunaring oz”.
“Yosh gvardiya” nashriyoti 1960 yil
2. S.Mirvaliyev “O’zbek adiblari” “Yozuvchi” nashriyoti 2000 yil
Quyida ikkinchi pardadan parcha berildi
Do'stlaringiz bilan baham: |