Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Ahmadjon Meliboyev.
 «Chimildiq»da nima gap, 
«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 
1998-yil, 6-mart, 10-son. 
 
 
CHIMILDIQ 
 
Ikkinchi ko’rinishdan parcha
 
 
K u y o v. Necha yoshga kirdingiz? 
K e l i n. O’n oltiga! 
K u y o v. Men o’n yettiga kirganimda yer-u ko’kka jar solib dunyoga kelgan ekansiz-
da? 
K e l i n. Otam o’zlari kech uylanganlari uchun meni erta kuyovga berdilar. 
K u y o v. Shuning uchun ham otangiz meni tushungan ekanlar-da? 
K e l i n. Qarang otam ot minib qidirib, o’zlariga o’xshaganini topib, qizlarini o’shanga 
beribdilar! 
K u y o v (
kelinga qarab
). Mendan nima istaysiz? 
K e l i n. Javobimni bering, ketaman. 
K u y o v. Mayli, men roziman. 
K e l i n (
hayratlanib
). Chindanmi? 
K u y o v. Yolg’on so’z aytishni yomon ko’raman! 
K e l i n  (
qafasdan  qutulgan  qushday  esankirab  qoladi
).  Kishini  ko’nglini 
tushunadigan  odam  ekanligingizni  ko’nglim  sezgan  edi.  (
Qo’g’irchoqni  olib  bag’riga 
bosgancha chiqmoqchi bo’ladi
.) 
K u y o v. Qorong’idan qo’rqmaysizmi? 


K e l i n. Qo’rqmayman. 
K u y o v. Balki, tongda ketarsiz? 
K e l i n (
shoshilib
). Hoziroq ketaman! 
K u y o v. Shoshmang, olib borib qo’yaman. 
K e l i n. Yo’q, o’zim ketaman. 
M o m o. (
kelinchakning yo’lini to’sadi
). Yo’l bo’lsin, bolam? 
K e l i n. Uyga ketaman. 
M o m o. Kapalagimni uchirmang! 
K e l i n. Javobimni berdilar! 
M o m o (
hovliqib
). Taloq qildimi? 
K e l i n. Yo’q. 
M o m o. Xayriyat-e, taloq aytdimi deb yuragim qinidan chiqib ketay dedi-ya. 
K e l i n. Taloqsiz ham ketaveraman. 
M o m o. Musulmonchilikda taloqsiz ketib bo’lmaydi. 
K e l i n. Ketishimga rozi bo’ldilar-ku. 
M o m o. Yomg’ir tomchilayapti, hademay jala quyadi. 
K e l i n. Tosh yog’sa ham ketaman. 
M o m o. Yarim kechada qishloqni itlari talab tashlaydi. 
K e l i n. Mayli, itlar go’shtimni yeb ketsin. 
M o m o. Ketsang, yuzing qaro bo’ladi, bilib qo’y! 
K e l i n. Bo’lsa bo’lsin! 
M o m o. Kuyovning ostonasidan o’tdingmi, er ko’rgan xotin qisoblanasan... 
K e l i n. Gapirmang! 
K u y o v. Bechoraga azob bermang, momo! 
M o m o.  Achchiq  bo’lsa  ham  haqiqatni  gapiray,  ketsang  endi  sening  tenging  xotin 
qo’ygan, xotini o’lgan, ikki-uch bolalik erkaklar bo’ladi. 
K e l i n. Eshitishni istamayman! 
M o m o.  Hozir  ketsang  «toza  emasligi  uchun  haydab  yuboribdi»,  —  deb  odamlar 
bokira qaytganingga hech kim ishonmaydi. 
K u y o v. Bo’ldi-da, momo! 
M o m o. Haq gap achchiq bo’ladi, malomat toshlari boshlaringni yoradi. 
K e l i n. Qonimga belanib qolay, ketaman. 
M o m o. Hech qayerga qo’ymayman. 
K e l i n. Yo’limdan qoching, momojon! 
M o m o. Nima desang degin, hozir hech qayerga ketmaysan! 
K u y o v. Qo’ying, momo, men rozi bo’ldim-ku, ketsa-ketsin! 
M o m o. Men, ikkalangni ham ota-onang oldida javob berishim kerak. Ko’ngillaring-
ko’ngillaringga tushmas ekan, ertalab kelinni ota-onasini chaqirtiramiz, ota-onangiz oldida 
uch  taloq  qilasiz,  so’ng  kelinni  ko’chini  ortib,  kuzatib  yuboramiz.  Ikkalangiz  ham 
ertalabgacha chimildiqda chidab o’tirasizlar. Gap shu! (
Chiqib ketadi
.) 
K e l i n. O’lgim kelyapti, onajon! 
K u y o v. Kuyunmang! 
K e l i n. Nega tug’dingiz, onajon! 
K u y o v. O’kinmang! 
K e l i n. Qayerdasiz, onajon!? (
Kelin unsiz — o’ksib yig’laydi
.) 


K u y o v. Yig’lamang (

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish