Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

deb kampirlar bir-birlarini quvib chiqib ketadilar
). 
K e l i n. Ertagingizni davomini ayting. 
K u y o v.  Qiz  bo’laman  degan  kampirlarning  qilig’i  xayolimni  olibdi.  Nima 
deyayotgan edim? 
K e l i n. Otangiz uydan ket yo’qol, degan edi. 
K u y o v. Mening otam emas. O’sha yigitning otasi. 
K e l i n. Xo’sh, gapiravering. 


K u y o v.  Yigitga  otasining  o’g’il  bolamisan,  hamqishloqlar  orasida  «o’g’lingizni 
sog’ligi joyidami», — deb surishtiryapti. Bosh ko’tarib yurolmaydigan bo’lib qoldik, degan 
gaplari  alam  qilib  bularga  bir  erkakligimni  ko’rsatib  qo’yay,  deb  uylanishga  rozi  bo’lgan 
ekan.  Ammo topgan kelinlaringni eski  urf-odat bo’yicha chimildiqda ko’raman,  —  debdi. 
Alam ustida bir begunoh qizni bebaxt qilishini o’ylamabli. Qaysar qizni bo’ysundira olmay 
sharmanda bo’lishiga sanoqli daqiqalar qolibdi. 
K e l i n. Sizdek qalbi daryo, sabr-toqatli,  his-tuyg’ularga boy  inson chin  muhabbatga 
erishish  uchun  bardoshingiz  yetmadimi?  Oxirigacha  baxtingiz  uchun  kurasha 
olmadingizmi? Nega? 
K u y o v  (
miyg’ida  kulib
).  Qarang,  o’sha  vaqtda  sizdek  maslahatgo’yim  bo’lmagan 
edi. 
K e l i n.  Shunday  buyuk  muhabbati  bo’lgan  odam  nega  meni  bilmay-ko’rmay  turib 
olishga rozi bo’ldingiz? (
Qiz kiradi
.) 
K u y o v.  Kel, kel,  Lola!  (
Qiz indamay kelinning  narsalarini tomosha qila boshlaydi 
va kelinga choy quyib uzatadi, lekin kelin olmaydi, keyin kuyovga tutadi. Qiz chiqadi.

Siz  kuyovsiz  qolmang  dedim-da.  Mana  tong  ham  otdi.  Hamma  gunohlarni  menga 
yuklab, endi ketishingiz mumkin. (
Chiqadi
.) 
K e l i n.  Rahmat  sizga  oq  ko’ngil  odam  (
Norizo  qiyofada  kiyimlarini  yig’ishtiradi
.) 
Ko’nglim,  qafasdan  qutulgan  qushdek  qayoqqa  uchishni  bilmay  qoldi.  Xo’rozni  ham 
so’yolmagan rahmdil, mehribon insonni tashlab ketsam, haligi pari qizning qismati mening 
boshimga ham tushmaydimi? Chimildiqqa xiyonat qilib hozir ketsam, bu kamsuqum odam 
boshqa bir  go’zal qizga  uylanib  yashayveradi. Meni er ko’rgan juvon deb  uchragan  odam 
etagimga  osilib,  holi-jonimga  qo’ymasa  nima  qilaman?  Ota-onamni  yuzlari  shuvut 
bo’lmaydimi, qishloqda qanday qilib bosh ko’tarib yurishadi. Bir ko’ngil «Ket» deydi, bir 
ko’nglim «Ketma» deydi, qaysi biriga quloq tutishimni bilmay, ojizman. 
(
Qo’g’irchoqni ko’rib qoladi
). 
 
Hovlimiz etagida bir tup anjir, 
Bir tup anjir shohida tillo zanjir. 
Bu zanjirni kim bitgan, zargar bitgan, 
Shu taqdirni kim bitgan, tangri bitgan. 
Zargar bitgan zanjirni uzib bo’lmas, 
Tangri bitgan taqdirni buzib bo’lmas. 
 
(
Ichkaridan kuyov chiqib keladi
.) 
K u y o v. Iya, hali ham ketmadingizmi? 
(
Kelin bo’sh piyolaga ko’zi tushib kuyovga choy quyib uzatadi
.) Ichmayman! 
K e l i n. Meni qo’limdan choy ichmaysizmi? 
K u y o v. Yo’q! 
K e l i n. O’zgalar qo’lidan choy ichasiz! 
K u y o v. O’zgalar mening qarindoshim. 
K e l i n. Men-chi? 
K u y o v. Siz endi, begonasiz! 
K e l i n. Munchalar sovuq so’z! 
K u y o v. Iliq so’zlarim tugadi! 


K e l i n (
tomoshabin oldiga borib oftobani ko’tarib turadi
). Qo’lingizni yuvmaysizmi? 
K u y o v. Qo’l yuvadigan ish qilganim yo’q! 
K e l i n (
xontaxtani yoniga borib o’tiradi
). Asal shirin bo’lsa kerak? Yupqa mazalidir? 
Uzum yeysizmi? Bu uzumni oti nima? 
K u y o v. Charos! 
K e l i n. Nega qizlarning ismini qo’yishgan? 
K u y o v. Ko’zingizni qorasiga o’xshagani uchundir! 
K e l i n  (
kulimsirab
).  Jonimdan  o’zga  yor  —  vafodor  topa  olmadim,  —  degan  ekan 
hazrati Bobur. 
K u y o v. Mirzo Bobur haq ekan. Men ham topmadim! 
K e l i n. Vafodoringiz yoningizdadir, ko’rmayapsiz. 
K u y o v. Ko’rman-da! 
K e l i n.  O’kinmang!  Momomdan  eshitgan  xalq  ashulalarini  aytib  beraymi?  Nega 
jimsiz? 
K u y o v. Karman-da! 
K e l i n. Eshiting, quloqlaringiz ochilib qolar! 
 
Bozor boshi loy ekan, o’tay desam soy ekan, 
 
Ha dig’a-dig’ajon, yoringiz bo’lay og’ajon. 
 
Bormasam bo’lar ekan, akangiz yomon ekan, 
 
Ha dig’a-dig’ajon, yoringiz bo’lay og’ajon. 
 
Tegmasam bo’lar ekan o’zga yori bor ekan, 
 
Ha dig’a-dig’ajon, yoringiz bo’lay og’ajon. 
Yoqdimi? 
 
K u y o v. Yoqmadi! 
K e l i n. Itingiz bo’laman degan edingiz? 
K u y o v. Xura-xura jag’im charchab qoldi! 
K e l i n. Otingiz bo’laman degandingiz? 
K u y o v. Tuni bilan kishnadim, foydasi bo’lmadi. 
K e l i n. Ota-onamdan rozilik so’ragani olib bormoqchi edingiz? 
K u y o v. Ko’p gapirmasdan tuyog’ingizni shiqillating! 
K e l i n. Beburd ekansiz! 
K u y o v. Nima desangiz, deng! 
K e l i n. Bag’ri tosh ekansiz! 
K u y o v. Toshga, toshman! 
K e l i n. Befahm! Erkak kishi ham shunchalik beo’xshov, landovur bo’ladimi? 
K u y o v. Kulmang! 
K e l i n. Kulish kerak. Sizga o’xshagan landovurlardan kulish kerak. 
K u y o v. Qani eshikni orqasidan yoping. Qorangizni ko’rmay. 
K e l i n. Endi, qoramni har kuni ko’rasiz. 
K u y o v. Boshimni qotirmay tezroq keting! 
K e l i n. Qayerga ketaman? 
K u y o v. Onangiznikiga! 
K e l i n. Onamni dili vayron bo’ladi! 
K u y o v. Otangizni boshini xam qilish niyatingiz bor edi. 


K e l i n. Niyatimdan ham, istagimdan ham, orzuimdan ham voz kechdim. 
K u y o v  (
kelinni yelkasidan itarib
). Bo’ling tezroq! 
K e l i n. Tegmang, hech qayerga ketmayman! (
Yig’laydi
.) 
K u y o v.  Keting  deb  tegsam  ham  yig’laydi,  qoling  deb  tegsam  ham  yig’laydi.  Bu 
zotga nima bo’lgan o’zi? Tushunmadim! 
K e l i n.  Nimasiga  tushunmaysiz?  Shu  chimildiqda  qolishni  istayman.  Bir  umrga... 
qolishni! (
Yig’lab turib qoladi
.) 
 
Muallif qo’lyozmasi 
asosida chop etildi. 
 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish