Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

“SIRLI SANDIQ” 
O’gay  ona  va  uning  zulmidan  jabr  chekkan  Zumrad  haqidagi  ertak  ikki  ijodkor  — 
I.Ahmedov va O.Tolipov tomonidan tasnif etilib sahna yuzini ko’rgan.  
Ibrohim Ahmedov va Obid Tolipov Toshkent shahrining bir-biriga qo’shni Olmazor va 
Shayxontohur  mahallalarida  yashab  bolaligidan  do’stlashib  teatrga  ishqiboz  bo’lib,  ulkan 
orzular og’ushida ijod sari intilib balog’at topgan zotlar edi. Ular 1934 yili loxutiy nomidagi 
teatr yexnikumiga o’qishga kirishadi, 1945 yil Toshkentda Teatr san’ati instituti ochilarkan, 
bu o’quv yurtida ham ular birga tahsil ko’radilar.  
Obid Tolipov texnikumni xatm etgach, Respublika yosh tomoshabinlar teatrida aktyor 
sifatida ish boshlaydi. Umrini oxiriga qadar shu maskanga qalb-qo’rini baxsh etib, o’nlab 
hayajonli rollari bilan tomoshabinlarning bir necha avlodi xotirasida chuqur iz qoldirdi, 
O’zbekiston xalq artisti degan unvon bilan taqdirlandi.  


O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  artist  Ibrohim  Ahmedov  aktyor,  rejissor,  dramaturg 
sifatida  faoliyat  ko’rsatib  har  uchala  yo’nalishda  ham  e’tiborli  ijod  na’munalarini  yarata 
oldi. Milliy qadriyatlarni tarannum etish, o’zbek yigit-qizlarining jasorati, do’stligi, vafo va 
sadoqati uning ijodining va ayniqsa dramaturgiyasining asosiy mavzusi edi.  
I.Ahmedovning hayoti va ijodini ko’ngildan o’tkazib qaynoq samimiyat bilan maqola 
bitgan  O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  san’at  arbobi,  atoqli  rejissor  Jo’ra  Mahmudov 
(“Teatr”  jurnali  2002  yil.  6-son)  “Qahramon”,  “Suxrob”,  “Hamisha  qalbimda”,  “Baxtli 
odamlar”,  “Fidoyilik  qissasi”,  “Taqdir”,  “Ro’shnolik  shaydolari”,  “Bahor  gullari”,  “Vafo” 
singari pyesalarni sanab Axmedov yozgan asarlar o’ttizdan kam emasligini qayd etgan. 
Axmedov Respublika  yosh tomoshabinlar  teatrida bosh  rejissorlik qilgan davr  (1967-
1969)  bu  jamoa  hayotida  shov-shuvli  voqealarga  aylangan  “Abdulla  Nabiyev”,  “Amu 
qahramonlari” kabi spektakllar yaratilgan davr bo’ldi. Dramaturgiya sohasida Obid Tolipov 
hamkorligida yozilgan “Kim aybdor?”, “Qimirlagan qir oshar”, “Sexrli non”, “Rubob toriga 
yashiringan  jon”,  “Gumon”  kabi  pyesalari  yaratiladi  va  ularning  aksariyatini  o’zi  sahnaga 
qo’yadi. 
“Sirli  sandiq”  ertagi  ham  shu  davrda  yozilib  sahnaga  qo’yilgan.  Ertakda  yaxshilikka 
yaxshilikni  qaytishi  g’oyasi  Zumradning  o’rmon  jonzodlariga  bo’lgan  mehr-muruvvati 
orqali ochib berilgan edi. Zumrad yaxshiligi tufayli ormon Onasining harir liboslariga to’la 
sandig’iga  erishsa  o’rmon  Onasini  “jodugar”  deb  diliga  ozor  yetkazgan  qo’rs,  betarbiya 
Qimmat  badxulqligining  jazosiga  uchraydi:  unga  hadya  etilgan  sandiq  ochilganda  uch 
boshli  ajdarho  o-zidan  o’t  sachratib  o’gay  ona  va  uning  tantiq  qizi  Qimmatga  hamla  qila 
boshlaydi. Bir zum chiroq  o’chadi, sandiq ichida o’rmon Onasi paydo bo’ladi, atrofni  nur 
qoplaydi,  zamin  so’lim  gukzorga  aylanadi.  Mualliflarning  qadimgi  ertakka  nisbatan 
yangicha yondashuvi, ya’ni timsoliy ifodalar orqali tomoshabinni san’atning sehrli olamiga 
olib  kirish  niyatlari  ayni  shu  final  sohasida  namoyon  bo’lgan.  Quyida  asarning  ikkinchi 
parda ikkinchi ko’rinish chop etildi.   
 
IKKINCHI PARDA 
IKKINCHI KO’RINISH 
O’rmon.  Bir  chetda  katta  sada.  Uning  tagida  Olapar  zanjirlangan,  oldida  beda. 
Qarshisidagi  novdaga  Qo’chqor  bog’langan,  uning  oldiga  esa  suyak  tashlangan. 
Uzoqlardan Boyqushning ovozi keladi. Kech kirar payti: Boyqush uchib keladi.  
BOYQUSH:   Osmondan pastga,  
                       Uchmasdan, asta. 
Asta kelar shu tomon. 
Ushlab guldasta,  
Ana u ku-ku! 
Baxt kelgani shu, 
Ku-ku, ku-ku. 
Yig’iling tezroq, 
Yoqmasdan chiroq. 
Dahshatli bo’ling, 
Bundan batarroq. 
Ana u ku-ku! 
Yetim qiz; shu-ku; 


Qolga kirsin, ku! 
Ku-ku! Ku-ku! 
OLAPAR: (Qo’chqorga) Tozayam quvnayapti-da. 
QO’CHQOR:  Bekam  xafa  bo’ladilar,  deb  indamayapman-da,  bo’lmasa  bir  tazirini 
berib qo’yardim. 
BOYQUSH:  Ha  azizlar,  nega  damingiz  chiqmaydi?  Men  o’ynab  kulsam,  g’ashingiz 
keladimi? Nega indamaysizlar? 
(
Qo’chqor bilan olapar indamaydilar).
 
Biron nima ta’bingizni tirriq qildimi?...(

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish