XOTIMA
Kitob teatrimiz tarixini birma-bir hikoya qilib berish emas, balki dramaturgiya va
sahna ijodi jarayonlariga oid manbaalar bilan tanishtirish ekani xayulingizdan o’tgan bo’lsa
ajabmas.
Pyesalardan olingan parchalar, ularni sahnaga qo’ygan rejissorlar aktyorlar haqidagi
ma’lumotlar, san’atkor esdaliklari, mutaxassislar sharhlari barchasi jam bo’lib, ulug’
san’atkorlarining noyob iste’dodi bilan yog’rilgan XX asr o’zbek teatri manzarasini ko’z
oldimizga keltirsa, kitobdan ko’zlangan maqsad ijobat topibdi dasa bo’ladi. Kitob milliy
istiqlol davrida yetishgan yoki ijodi shu davrda avj olgan bir necha sanoqli
dramaturglargagina o’rin berildi. Holbuki, poytaxt va viloyatlarida ijod qilayotgan
dramaturg va va boshqa ijodkor yoshlar dramaturgiyaga va sahnaga aynan istiqlol yillari
kirib keldilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, ijodkorlar O’zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon
qilinganligini xalqimiz tarixida misli ko’rilmagan buyuk voqea tarzida kutib olib, butun
kuch va iqtidorini mustaqillik g’oyalarini tarannum etishga qaratdilar.
Adabiyotimizda, xususan, dramaturgiyamizning buyuk namoyondalari A.Fitrat,
M.Shayxzoda kabi adiblar ijodida chuqur ildiz ota boshlagan buyuk Soxibqiron obrazini
yaratishdek ezgu maqsad ham Istiqlol davrida to’la ro’yobga chiqa boshladi. Shoir va
dramaturg To’ra Mirzoning Istiqlol e’lon qilingan kunlari yozilib, o’sha sholi 1991 yilning
o’zidayoq Qashqadaryo teatrida qo’yilgan (rejissor B.Nazarov) “Amir Temur” dramasi shu
mavzudagi ilk asarlardan biri bo’ldi. Mazkur asar buyuk Soxibqiron Turon xalqini
bosqinchilardan ozod etgan Islom dininig yalovbardori, benazir sarkarda va davlat arbobi
sifatida sahnaviy obrazini yaratish bilan sezilarli badiiy voqeaga aylandi. Qatag’onlar
tufayli o’n yillar davomida zabun bo’lib kelgan Cho’lponnig “Kecha va kunduz” romani
asosida “Asorat” dramasi Reapublika yosh tomoshabinlar teatrida (rejissor
M.Muhammedov), “Yorqinoy” (rejissor N.Otaboyev), A.Fitratning “Abulfayzxon” (rejissor
M.Azizov) Milliy akademik drama sahnasidan o’rin oladi. Sahnamizda Ismoil al-Buxoriy,
Ahmad al-Farg’oniy, Mirzo Bobur singari buyuk alloma va muhandislar siymolari paydo
bo’ladi.
1996 yili buyuk Soxibqiron tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan Respublika
teatrlari festivali Amir temur obrazini yaratishda dramaturgiyada erishilgan yangi natijalar
qatori rejissura va aktyorlik sohasida ham e’tiborli yutuqlar ko’rigiga aylandi. Rejissura
saviyasining yuqoriligi tufayli M.Ravshanov sahnalashtirgan Surxondaryo teatrining “Amir
Temur va Yeldirim Boyazid” (Q.Abdunabiyev), V.Umarov talqinidagi Sirdaryo teatrining
“Amir Temur” (X.Jovid), M.Yusupov sahnalashtirgan Farg’ona teatrinig “Amir Temur va
To’xtamishxon” (To’ra Mirzo) spektakllari turli darajadagi sovrinlarga sazovor bo’ldilar.
Amir Temur rolini ijro etgan Tesha Mo’minov (Milli teatr), Fayzulla Abdullayev (Buxoro
teatri), Muzaffar To’raqulov (Qashqadaryo teatri) kabi o’n nafar aktyor o’z iste’dodinig
yangi qirralarini namoyon etdilar. “Andijon bahori - 99”, “Andijon bahori - 2001” singari
ko’rik-tanlovlarni ko’z oldimizga keltirsak, bularda qahcha-qancha ajoyib ijodiy topilmalar,
yangi iste’dodlar ro’yobga chiqqanligiga guvoh bo’lamiz.
Istiqlol
yillarida
dramaturgiyada
S.Imomov,
S.Sirojiddinov,
S.Nazarov,
G’.Shermuhammedov, T.Nizom, Ziyo Najmiy, Q.Abdunabiyev, M.Ergashev, J.Xursandov,
U.Qo’chqor, A.A’zam, B.Islomov, T.Akbarxo’jayev, F.Boboxonova kabi qalamkashlar
kirib keldi. Asarlari Milliy teatrning hozirgi repertuarida yetakchi o’rin tutib keluvchi
Usmon A’zim, Erkin Xushvaqtov ham istiqlol yillarida yetishdilar.
Milliy akademik teatrimiz bugungi kunda ham ijodiy tashabbuskorlik mavqeini
qo’ldan berayotgani yo’q. Keyingi paytda unig sahnasida atoqli shoir va dramaturg
Shukrulloning “Xasrat bog’i”, Dilbar va Tilab Mahmudovnig “Umr poyonidagi baxt’,
Nabijon Qodirovning “Uch kunlik dunyo”, Inomjon Tursunovning “Bir qanotlilar” asarlari
paydo bo’ldi.
Musiqali drama janrini yuksaltirishda Muqimiy nomli musiqali teatrning izlanishlari
diqqatga loyiq: rejissor Rustam Ma’diyev “Devona”, “Baxtli bo’l dugonajon” kabi asarlar
yozib, o’zi sahnalashtirdi. Uning shoir Xurshid Davronnig “Bobur sog’inchi”
(B.Lutfullayev musiqasi) asarini sahnalashtirib, o’zi bosh rolni ijro etganligi alohida
e’tiborga molik. Bahodir Nazarov X.Xursandov bilan hamkorlikda “O’lding aziz bo’lding”,
“Xotinimning uch shaydosi”, Boyir Xolmirzayev Salohiddin Sirojiddinovning “Osmonnig
bag’ri keng”, Ahad Parmonov va Mirza Azizovlar sahnaga qo’ygan Nasrullo Qobulning
“Mashrab” va “To’da”, Ma’ruf Otajonov talqin etgan S.Imomovning “Superqaynona”,
“Soyibxo’ja operatsiyasi” asarlari mazkur teatrning qizg’in ijodiy izlanishlaridan darak
beradi.
“O’zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan keyingi paytda
o’tkazilgan “Dramaturgiya va zamonaviy qahramon” (2002), “Yosh rejissorlar” (2005) ko-
rik-festivallari dramaturgiya rivojiga turtki berish qatori o’z teatrini yaratish harakatida
bo’lgan Ilhom Normatov (Jizzax teatri), Ahmadulla Niyozov (Kattaqo’rg’on teatri), Gulruh
Majidova (Sirdaryo), Shuxrat Abdullayev (Namangan) kabi san’at institutidan chiqqan yosh
rejissorlarni viloyatlarda doimiy qo’nim topib iste’dodlarini keng namoyon etishlari uchun
rag’batlantiruvchi juda muhim tadbirga aylandi.
Rejissorlarni viloyat sharoitiga ko’nikib, o’sha yerda o’z teatrini topishi teatrimiz
isriqboli bilan bog’liq juda jiddiy muammo. 1950 yillar va undan keyingi yillarda o’z
teatrini yaratib, ijodkorlik namunasini ko’rsatgan Albert Xachaturov (Namangan), Hoshim
Islomov (Xorazm) singari ko’plab va hozirda ham o’n yillar davomida o’z teatri nufuzini
qattiq tutib kelayotgan Mansur Ravshanov (Surxondaryo), Ubaydulla Baqoyev (Buxoro),
Karim Yo’ldoshev (Namangan) kabi san’atkorlarning tajribalari yosh rejissorlar uchun
saboq bo’lmog’I mumkin.
Bugungi kunda poytaxtdagina emas, shu qatori viloyatlarda ham har bir teatrning o’z
dramaturglari tarkibi shakllanib bormoqda.
Masalan, Erkin Samandar, Komil Avaz (Xorazm), Abdulla Jabbor, Nurilla Abbosxon
(Namangan), Ziyo Najmiy, Zahiriddin Muhiddinov, To’lan Nizom (Andijon) va shu kabi
Farg’ona, Surxondaryo, Jizzax va boshqa viloyatlarda Dramaturgiyaga ko’plab yoshlar
kirib kelmoqdaki, bu poytaxtda ham, viloyatlarda ham teatr san’atini yoppasiga rivoj topishi
uchun muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Manbaalar: 1. “Istiqlol va Milliy teatr”, “Yangi asr avlodi”, 2002 yil
2. Milliy teatrimiz namoyondalari
“Toshkent Islom Universiteti” nashriyoti
2001 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |