“Yoriltosh”
Shukur Sa’dulla chuqur qalb haroratini bolajonlarning dardu-quvonchlari tasviriga
qaratgan shoirlardan edi. U adabiyotga 30-yillari bolalar haqidagi she’ri bilan kirib kelgan.
U Matbuot va nashriyotlarda xizmat qiladi. “Maktab kutubxonasi” tarkibiga “Shirin kun”,
“O’zbek ertaklari” kitoblarini chop ettiradi.
Sh.Sa’dulla bolalar tarbiyasida san’at vositasiga alohida e’tibor qaratar edi.
O’zbekiston Davlat nashriyotida ishlar ekan, 1948 yili “Maktab teatri” degan majmua
chop ettiradi. Undagi bolalarni “Pyesa va inssenirovkalar”, “Ashula, she’r va hikoyalar”,
“Sahna o’yinlari” deb nomlanishining o’zi bolalarni sahna bilan muloqotga kirishdek ajoyib
ezgu niyatni ifoda etishi mumkin. Muqaddima o’rnida “Tuzuvchidan” degan qismda, u
“To’plamga kiritilgan topishmoq, jumboq, hazil-mutoyiba, latifalar va o’yinlardan tanaffus
paytlarida, tomosha boshlanishi oldida, pioneer yig’ilishlarida va konsert programmalari
ichida foydalanishni maslahat beramiz” deb uqtiradi.
Ushbu majmuada Sh.Sa’dullaning “Yoriltosh”, “Ko’ngilli kecha” pyesalari va
“Qahramon” degan she’ri chop etilgan.
Sh.Sa’dullaning Z.Fatxulin hamkorligidagi “Vatan ishqi” musiqali dramasi S.Boboyev
musiqasi bilan Muqimiy nomli musiqali va viloyat teatrlarida uzoq yillar davomida
tomoshabinlar olqishlari bilan qabul qilinib keldi.
Sh.Sadulla sahna tilini yaxshi his etgani holda ko’p voqealarni she’riy tarzda ifoda
etgan. Bu she’riy ifodalar musiqa (I.Akbarov musiqasi) va qo’shiq vositalari orqali
“Yoriltosh” ertagi yana ham shoirona jozibadorlik kasb etadi. Asar Respublika yosh
tomoshabinlar teatridagina emas, shu qatori O’zbekistonda 1930-40 yillarda mavjud
bo’lgan barcha yosh tomoshabinlar va kattalar teatrlari repertuarida ham mustahkam o’rin
tutib keldi.
Quyida asardan prolog va birinchi sahnasi chop etildi.
“Maktab teatri” majmua. Tuzuvchi Sh.Sa’dulla
Uzdavnashr 1948 y.
Prolog
Sahna oldida ertakchi bolalarga ertak so’ylamoqda.
ERTAKCHI
Ertak aytsam, ado bo’lmas,
Aytmasam-chi, ko’nglim to’lmas.
Ha desalaring aytaman. (
Bolalar yoppasiga “ha, ha” deb
qichqiradilar.
)
ERTAKCHI
Ha, demasalaring aytaman.
Bolalar “ha” der, keyin jim bo’lishar.
ERTAKCHI
Bor ekan-da, yo’q ekan,
Och ekan-da, to’q ekan.
Bo’ri bakovul ekan,
Tulki yasovul ekan,
G’oz karnaychi ekan,
O’rdak surnaychi ekan.
Qarg’a qaqimchi ekan,
Chumchuq chaqimchi ekan.
(
Pauza
)
Men aytsam, bo’lgan ekan
Qadim zamonda
Gulnor degan oyjamol
Bir qiz jahonda,
Bevaqt o’lmish oyisi.
Qiz yosh chog’ida.
Qoldi o’gay onanig
Zulm quchog’ida…
O’gay ona berahm,
Azob chekar qiz,
Har jafoga ko’nadi
Sho’rlik Gulnora.
Ertayu-kech tinim yo’q…
Essiz, ey essiz,
Qiynoqdan qutilmoqqa
Torilmas chora.
Gulnoraning eng suygan
Bir singlisi bor,
Uning oti Oymoma
Hamisha do’st-yor.
Opasini jonidan
Yaxshi ko’radi.
Uning bilan har qachon
Birga bo’ladi.
Kunlar o’tdi, oy o’tdi
Yil o’tib ketdi,
Gulnoraoy ulg’ayib
Bo’yiga yetdi.
Shunda uning boshiga
Tushdi ayriliq
Ona, aka dastidan
Quchdi ayriliq.
Pauza
BOLALAR
Nima? Nima? Ayriliq?!
ERTAKCHI
Ayriliq, jafo?
Qo’qisdan boshladilar
To’yu, kayf-safo!
Kuyov — o’gay akasi,
Bexabar Gulnor.
To’yboshi o’gay ona
Benomus, beor.
Gulnora bildi, faqat
Xuddi nikoh chog’,
Qochdi uydan bosh olib
Yolg’iz tog’ma-tog’.
Ona, aka yugurar
Orqama-orqa.
Ota, singil yugurar
Qorama-qora.
Gulnora yetdi oxir
Keng tog’ bag’riga,
Kirmoq bo’ldi yashrinib
Toshlar qa’riga.
Mana, ko’ring, dunyoda
Qanday ishlar bor?
Tog’ bag’rida roz aytib
Dard chekar Gulnor!
Sahna qorong’ilashib, bular g’oyib bo’lishadi.
Parda ochiladi.
Birinchi ko’rinish
Tog’-toshlar orasi. Gulnora ta’qibdan qochib kirdi. Uning sochlari to’zg’igan.
GULNORA (
kuylaydi
).
Zulm ila tushdi boshimga
Ko’p jafo, ey do’stlarim,
Ayriliqqa yo’lni soldim,
Za’farondir yuzlarim.
Bir o’zim cho’llarda yolg’iz,
Kezaman tog’lar aro,
Lat yegan bir qush kabi men,
Chunki qalbimda yara.
Tog’ aro toshlar bilan
O’rtoqlasharman bir o’zim;
Do’stlarim qolgan uzoqda,
Mayliga, yosh-mas ko’zim.
Yo’llarimda o’sdi gullar
Menga o’rtoq tog’, adir,
Qaytmagayman uyga ortiq,
Kek, alam, o’t — dildadir.
Gulnora tez tepalikka chiqib qaraydi.
Quvib keluvchilarning shovqini eshitiladi.
Gulnora tog’larga, toshlarga, tepalarga yalinadi.
GULNORA (
kuylaydi
).
Ey, tepalar, tepalar-a,
Meni yashiring sizlar-a.
Ey, yetim tog’lar, tog’lar-a,
Rahm eting, g’am dilim dog’lar-a.
Bir xarsangga borib bag’rini beradi va yolboradi.
Yorilgin tosh, yorilgin tosh
Men senga yo’ldosh, yo’ldosh…
Gu’diros eshitiladi va shu ashulaning aks sadosi qaytadi.
GULNORA (
toqqa so’zlaydi
)
Yalindim ey baland tog-,
Xafa dilga chiroq yoq!
Qorong’ilikda chaqin guldirab, toshdan o’t chiqadi. Tosh yoriladi. Gulnora avval
qo’rqib ortga tislanadi, keyin suyunadi.
GULNORA
Oh, qanday murivvat,
Rahm va shafqat.
Jafokash Gulnorga
Bu kattakon baxt.
Rahmat senga rahmdil,
Mehribon, ey tog’.
Yuraging u zolimlar
Qalbidan yumshoq.
Quridi suyunchimdan,
Ko’zdagi yoshim,
Sen mening panohimsan,
Do’stim, yo’ldoshim.
Ozod qushlar singari
Quloch keraman,
Tolpinaman qo’yningga
Xurram kiraman.
Quvib kelayotganlarning shovqini yaqindan eshitiladi.
Axtarishib, tutgani
Kelishayotir,
Mehribon, oq ko’ngil tosh
Tez meni yashir…
Qulochini yuzib tosh ichiga otiladi. Tosh ichi yorug’, u yerdan kuylaydi.
GULNORA(
kuylaydi
).
Ey xarsang tosh, xarsang tosh-a,
Sevinchimdan ko’zda yosh-a.
Yopilgin tosh, yopil tosh-a,
Men senga yo’ldosh, yo’ldosh-a.
Tosh guldirab, chaqmoq chaqib yopiladi. Gulnoraning bir tutam sochi chiqib qoldi.
Muzika. Ota hassaga tayanib, sahnaga kirib keladi.
OTA (so’yladi)
Hay osmon, yer, tabiat,
G’uborsiz havo,
Kuygan yuragimizga
Topgin bir davo.
Qizimizni yo’qotib
Bizlar adashdik;
Va ayrliq o’tida
Yondik zo’r dashtdek.
Aka, singil yig’laydi
Gulnoraga zor,
Ey xudoyim senga biz
Ne qilg’umiz bor?!
Ota Gulnorani izidan iz axtarib kelar edi. Iz tugab qoldi. U toshga yetib, bir tutam
sochni ko’rdi. Otaga jon kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |