M a h m u d x o n (
qo’lini tutib
). Qani til, oni Sizga aytmakka, jonim!
M a r y a m x o n i m (
hamon yalinib
). Men eshitib turgan so’zlarimdagina emas,
dedim-ku! Ko’rgan tushlarimdan-da xavflangan edim. Ayting, nima xabar ekan?! Nima
so’z?!
M a h m u d x o n. Endi o’zim ham aytmoqqa majburman, lekin ko’nglim bo’lmaydi.
M a r y a m x o n i m (
yig’lamsirab
). Yo’q, ayting!
M a h m u d x o n. Men kecha bir kishini otamga yuborgan edim. Ul kishi so’zicha,
otam qabul qilmagan emish. Mayli endi ul qabul qilmasa, qiyinlik bir tarafda ekan, iloji
oson edi. Endi Sizning tarafda bir mushkul borki, har bir narsadan u masala og’ir!
M a r y a m x o n i m. Xayr, afandim, nima ekan?
M a h m u d x o n. Sizning ota-onangiz hazrat eshonga nazr qilmish ekanlar (
Maryam
cho’chir
). Ehtimol shu oylar orasinda to’y bo’lur emish. (
Maryam yana cho’chib tushar,
manglayin tutar
). Endi men esa, bu to’g’rida ko’p og’ir o’yga qoldim. (
To’xtar
.)
M a r y a m x o n i m (
birozdan keyin
). Afandim, men sizsiz dunyoda bir kun
turmog’imdan menga o’lim yaxshimasmi! Men (
yig’lab
) hech bir vaqt qabul qilmasdan,
qo’limdan kelgan qadar o’zimni ul zolim qo’lidan qutqaza olurman. Jonim, gap Sizda. Siz-
da o’z va’dangizda qaror etsangiz, albatta, men jon boricha harakatda bo’lurman. (
Yig’lar
.)
M a h m u d x o n. Jonim, men sizdan-da ortiq darajada dunyoda sizsiz tura olmam.
Bugun sizdan ajralmoq ma’lum bo’lur ekan, bu kunning o’zidagina o’zimni halok etarmen.
Jonim, menga Sizsiz hayot zahar. Mendan amin bo’lingizki, bugundan boshlab men
harakatda bo’lurmen. Siz-da, albatta, u tarafdan mone bo’lib tursangiz kifoya.
M a r y a m x o n i m (
Mahmudxon qo’lin tutib, yaqinroq kelib
). Juda bo’lmas esa, bir
boshqa mamlakatga qochmoq mumkin emasmi?
M a h m u d x o n. Albatta mumkin, jonim, ish bo’lmagach noiloj qilamiz. (
Bu orada
«Xo’jayin keldilar» degan ovoz kelur. Mahmudxon sachrab turib
.) Endi (
Maryam turar
)
aybga buyurmaysiz, xabarsiz kelganingiz vaqtsiz bo’ldi.
M a r y a m x o n i m (
Mahmudxon qo’lin tutib, ko’ksini qo’yib
). Yana meni faqir deb
tashlamangiz, jonim. Men o’zimcha faqir bo’lmadim.
M a h m u d x o n. Oh, jonim! Menga o’t yoqmangiz! Men u vijdonsizdan emas.
(
Qo’lin olib o’par
.)
M a r y a m x o n i m (
paranjisini yopinib
). Meni unutmang! Menga uvol qilmang.
(
Yig’lar
.)
M a h m u d x o n. Jonim, hech unutmasman! Siz xotirjam. (
Peshonasin silar
.)
M a r y a m x o n i m (
eshik ostina borib
). Jonim, men har doim umidda turaman.
Avvalgi marhamat, va’dadagina bo’ling, dunyoga aldanmang...
M a h m u d x o n (
qo’lini o’pib
). Jonim. Siz unutsangiz ham, billoki, men hargiz
unutmasman.
Do'stlaringiz bilan baham: