HAMZA PYESALARIDAN NAMUNALAR
«Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» Hamzaning jadidchilik ruhida yozilgan
pyesasi bo’lib, unda Maryamxon va Mahmudxon degan ikki yoshning bir-biriga yetisha
olmay, jaholat qurboniga aylanishlari haqida hikoya qilingan.
Pyesa birinchi bor 1915-yili muallifning o’zi boshchiligida Qo’qon havaskorlari
ijrosida o’ynalgan.
1976-yili «Yosh gvardiya» (Abror Hidoyatov nomli) teatrida B. Ixtiyorov
rejissorligida (Maryamxon — A. Begmatova, Mahmudxon — M. Rajabov)
sahnalashtirilgan. Yana Qarshi «Muloqot» studiyasi (rejissor A. Abdunazarov) va qator
viloyat teatrlarida sahnaga qo’yilgan.
Quyida asardan lavhalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |