Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

Manbalar: 
 
1. 
A. Fitrat.
 «Chin sevish» G’afur. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-y. 
2. 
M. Rahmonov
.  «Hamza  nomidagi  o’zbek  Davlat  akademik  drama  teatri  tarixi».  G’afur 
G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 2001-y. 
3. 
Ahmad Aliyev
. «Fitrat dramaturgiyasi», «Nafosat», 1994-yil, 5—6-sonlar. 
4. 
D. Rahmatullayeva.
 «Sohibqiron haqidagi dastlabki sahna asari», «Teatr» jurnali, 2001-yil, 
6-son. 


HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY 
(1889—1929)
 
 
O’zbek adabiyotining asoschilaridan biri, atoqli dramaturg, teatr tashkilotchisi, Hamza 
Hakimzoda Niyoziy Qo’qon shahrida tabib oilasida tug’ilgan. Avval eski  maktabda, so’ng 
madrasada tahsil ko’rgan.  Fors, arab, rus tillarini o’rganib, 14—15  yoshlaridan «Nihoniy» 
taxallusi  ostida  she’rlar  yoza  boshlaydi.  Toshkentda  tez-tez  bo’lib,  atoqli  ma’ri-
fatparvarlardan  Munavvar  qori  Abdurashidxon,  Abdulla  Avloniy  kabi  adib  va  ziyolilar 
bilan  do’stlashadi.  Jadidchilik  harakatining  taraqqiyparvarlik  mohiyatini  chuqur  anglab, 
o’zi maktablar ochadi va o’quv qo’llanmalari yaratib, o’sha davr matbuotida turli maqolalar 
bilan chiqib, xalqni ilm-ma’rifatga da’vat etadi. 
Hamza  Hakimzoda  xalqning  ma’naviy  takomilida  teatr  san’atining  nechog’li  katta 
ahamiyatga  ega  ekanini  ma’rifatparvarlar  orasida  eng  birinchilardan  bo’lib  sezdi  va  bu 
sohada  matonat bilan faoliyat ko’rsatdi. 1915-yili u Qo’qonda havaskorlik truppasi tashkil 
etib,  uning  birinchi  pardasini  o’zining  «Zaharli  hayot»  pyesasi  bilan  ochdi.  1918-yili 
«Farg’ona  sayyor  truppasi»ni  tashkil  etadi,  respublikada  madaniy-oqartuv  ishlarini  yo’lga 
qo’yish  bo’yicha  xizmat  safarlarida  bo’lib,  Andijon,  Xorazm,  Xo’jayli  teatr  truppalarini 
tashkil etish va jonlashtirishda o’z hissasini qo’shdi. 
Hamza  Hakimzoda  dramaturgiya  sohasida  boy  meros  qoldirgan.  «Zaharli  hayot» 
pyesasidan so’ng «Nurmuhammad domlaning kufr xatosi», «Muxtoriyat yoki avtonomiya», 
1918-yildan  boshlab  «Boy  ila  xazmatchi»,  «Kim  to’g’ri?»,  «Tuhmatchilar  jazosi», 
«Farg’ona fojialari» tetrologiyasi, «Loshmon fojialari» trilogiyasi va 1920-yillar davomida 
«Paranji sirlaridan bir lavha», «Maysaraning ishi» (1926) asarlarini yaratdi. 
Hamza o’z asarlarini o’zi sahnalashtiruvchi  va ba’zida o’zi rollar  ijro etuvchi rejissor 
va  aktyor  ham  edi.  «Boy  ila  xizmatchi»,  «Tuhmatchilar  jazosi»  kabi  pyesalarni  o’zi 
sahnalashtirib,  ularda  ijrochilikka  Muhiddin  qori  Yoqubov,  Mariya  Kuznetsova  kabi 
aktyorlarni jalb etib, aktyorlarning to’ng’ich bo’g’inini yetishtirishga muhim hissa qo’shdi. 
Hamzaga  1926-yili  «O’zbekiston  xalq  yozuvchisi»  unvoni  beriladi.  Madaniy-oqartuv 
ishlarini  yo’lga  qo’yish  maqsadida  u  Shohimardonga  boradi  va  1929-yilning  18-  martida 
o’sha yerda fojiali halok bo’ladi. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish