o’zimni endigina jaholatdan qutqazgan vaqtda yana bir johilaga, ro’dapoga umrdosh
bo’lamanmi? Menga hayot kerak. Hayot uchun eng ko’nglim istamish maqsad kerak, u
maqsad esa (
bosh qimirlatib
) Maryamxonimdan boshqa emas, boshqa emas.
Maslakda, fikrda, ilmda eng birinchi hayotdosh bo’lib turgan Maryamxonimdek
haqiqiy bir ko’nglim jononasi turganda, menga dunyoning har bir orzusini, har biri pari kabi
boylar qizini havas qilmoq harom! Harom! Oh, aning menga shirin-shirin yozmish
maktublari. (
Yugurib turib stol g’aladonidan bir dona maktubni kelturib ochib
.) Mana-
mana buni yozmish, maktublariga qara, birinchisi bu (
birinchi maktubni o’qir
): «G’unchai
muhabbatim, suyukli Mahmudxon! Men Sizga naqadar muhabbatni da’vosindan yozmayki,
vaqtingiz musonda o’lmasin uchun so’zni qishartub, maqsadgagina qalam yurutdim.
Durust, men faqira eski maktabdagina tahsil etdim, lekin har bir millat va insoniyat hayot
masalalarin Sizning marhamatingiz va ma’naviy yordamingiz orqali tanidim... Ikkinchi
muddao, afandim, emdi tezdan ijtihod etingizki, ikkovimiz elimizni, zulmatda qolgan bu
millatni, Siz quyoshi bo’lganda, men mohtobi bo’lib, qorong’u vatanni yoritaylik. Siz-da,
erlarimizning holindan, men mazluma oilalarimizning holindan gazetalarga yozishib, bir-
birimizni ogohlantiraylik. Garchi Siz tijoratda bo’lsangiz-da, chin maqsudingiz bo’lgan
qizlar maktabi ochaylik: men ma’naviy, Siz moddiy xizmatda bo’ling, chin yashaylik,
kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga borib, erlari Sizga, qizlari bizning qabrimiz
uzasina, oq, qizil gullar sochib ruhlarimiz olqishlarlik darajada bir xizmatlarni maydonga
qo’yaylik...»
(
Mahmudxon tizzasiga qo’lin urib
.) Oh, mana bu maktub qanday laziz hayot beradi.
Men qaysi vijdonim bila mundin yuzimni o’girayin. Bu maktubni har biri menga ming boy
qizidan suyuklimasmi?.. (
Mahmudxon birinchi maktubni qo’yinga solib, ikkinchi maktubni
ochib ko’rib, cho’chib turib
.) Maryamxonim kutmakchi ekan, men to’xtab qolibman-ku!
(
Xatlarni qo’yniga oshiqib solib, orqasiga qaramoq barobar, Maryamxonim eshikni ochib,
boqib turar. Mahmudxon yugurib borib salom ila qo’lin o’pib
.) Buyuring, xonim! (
Olib
kelib, kursiga o’tqazur-da
.) Xonim, men chiqib, eshikni kishi qo’yib poylatib kelay.
M a r y a m x o n i m (
Mahmudxon qo’lindan o’pib
). Afandim, mening kelganimga
uzoq vaqt bo’ldi, tez qaytaman.
M a h m u d x o n (
kitoblarni ko’rsatib
). Oh, shirin hayot, chin yo’ldosh bunday har bir
jihatdan komil, fozil inson bo’lsa. Afsus faqiri bechoramen. (
Yurib turar
.)
Do'stlaringiz bilan baham: