TO’RA MIRZO
(1956)
Yetuk shoir va dramaturg To’ra Mirzo (To’ramirzo Jabborali Dadamirzo o’g’li)
Namangan viloyat Chortoq tumanining Peshqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. Maktab
ta’limini olgandan so’ng 1979-yili Mannon Uyg’ur nomidagi san’at institutining
teatrshunoslik bo’limida tahsil ko’rgan. Keyinroq Moskvadagi oliy adabiyot kursida
o’qigan. Badiiy ijodiyotga 1970-yillari shoir sifatida kirib keldi va o’tgan davr ichida o’nga
yaqin she’riy to’plamlar chop ettirdi. Bir necha majmualari rus va turk tillarida nashr
etilgan.
To’ra Mirzo 1980-yillardan dramaturgiya sohasida faol qalam tebrata boshladi.
«Ahmad ila Oqbilak» (1984, Xorazm teatri), «Sochidan salom» (1985, Samarqand va
A. Hidoyatov nomli teatrlar) «Poytaxt latifalari» (1985—1986, Jizzax va Buxoro teatrlari)
«Qovurilgan o’rdak parvozi») (1987, Respublika Satira va Qashqadaryo teatrilari),
«Muhabbatga o’q tekkan kun») (1988, Kattaqo’rg’on teatri) kabi asarlari qator teatrlar
repertuaridan o’rin oldi. 1989—1999-yillari To’ra Mirzo Amir Temur obrazi ustida
ko’lamli izlanishlar olib bordi. Amir Temur haqidagi asarlarining birinchisi, Qashqadaryo
teatrida rejissor B. Nazarov, ikkinchisi 1996-yili Yusuf qiziq Shakarjonov nomidagi
Farg’ona teatrida rejissor M. Yusupov tomonidan sahnaga qo’yildi.
To’ra Mirzo san’at institutini tugatgach, qator gazeta va jurnallar tahririyatida ishlab,
teatr spektakllari, san’atkorlar haqida ko’plab taqriz va maqolalar yozgan. 1999—2001-
yillar davomida O’zbekiston televideniyesida ishlab, o’nlab videofilmlar uchun ssenariylar
yaratgan. Uning tarjimachilik faoliyati ham e’tiborli: Jon Pristlining «Xazina», Agata
Kristining «Qopqon», Aziz Nesinning «Yashasin, sarg’ish pushti rang» dramatik asarlarini
o’zbek tiliga tarjima qilgan. Poetik va dramatik asarlari uchun unga xalqaro mukofotlar,
«Amir Temur» hamda «Amir Temur va To’xtamishxon» dramalari uchun esa xalqaro
Firdavsiy mukofoti berilgan.
«AMIR TEMUR»
Mazkur asar buyuk sohibqiron haqida keyingi o’zbek dramaturgiyasida yaratilgan ilk
tarixiy-biografik drama bo’lib, unda Amir Temur turkiy xalqlarining rahnamosi, islom
dinining bayroqdori, jasur va omilkor sarkarda, davlat arbobi tarzida ko’rsatilgan.
1405-yil, O’tror, qahraton qish, keksayib qolgan Temur Xitoy yurishiga chog’langan.
Chiroq o’chib yonadi, Yakkabog’, 30 yoshlik Temur mo’g’ul bosqinchilariga qarshi
otlanmoqda. Uning zavjasi O’ljoy Turkonning farzand ko’rishi, o’limi; Turk sultoni
Boyaziddan haqoratli xat kelishi, Temurning Rum (Turkiya) sari qo’shin tortishi, g’alabasi,
Xitoy elchisi tomonidan boj talab etilishi, g’azabga kelgan Temurning Xitoy sari yurishi
sahnalari qad ko’taradi.
Asar dastlab Qashqadaryo teatrida 1991-yili rejissor Bahodir Nazarov tomonidan
qo’yilgan bo’lib, Amir Temur rolini H. Amirqulov va O. Beganjiyevlar ijro etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |