AMIR TEMUR
Birinchi pardadan parcha
A m i r H u s a y n. Singlim, dunyoda o’z tug’ishganingdan
Boshqa hamma yotdur, kuyov ham yovdur.
Eng qora kunlarda ko’nglim o’yini
Sen haqdagi iliq o’ylar yoritar.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Og’a, men ham Sizni suyamen jondan.
A m i r H u s a y n. Ona o’lsa, singil onadir derlar,
Onamday suyamen, suyanchig’im sen.
Ammo ering Temur ortiq qo’rs chiqdi,
Ilyosxo’ja bilan kelishmas emish.
Burni ko’tarilgan bir mahmadona
Saltanati Oliy amaldorlarin
Izza qilar emish omi oldida.
Axir Alloh bizga inoyat etib,
Mansab bergan, Alloh nazari tushgan
Hokimlarga qarshi bormoq Allohga
Ko’p qutirmoqdur.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Erim tildan qo’ymas
Alloh nomin hech
A m i r H u s a y n. Ey tilda aytgan-la muslim bo’lmas,
Alloh suygan kimsalar el boshida, suymoq kerak alarni
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Mansabdorlar dumi nechun mo’l, og’a?
Yo Alloh bandasi tugul fuqaro?
A m i r H u s a y n. Singlim, ering nuqsi uribdi senga,
Alloh yaratgan-ku shoh-u gadoni
Shoh shohlik qilsinmu? Yoxud xalq bilan
Qo’sh haydasinmu u? Har ish Allohdan
Singlim, ering axir xudodan qaytgan,
Jazo bermoq zarur bunday dinsizga.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Og’a, men, erimning ixtiyoridan
Chiqsam savh bo’lg’aydir Alloh oldida,
Singlingizman, lekin erning xasmimen.
Er qo’lida erki har muslimaning
A m i r H u s a y n (
do’q urib
).
Singlim, sinib qoldim ering tufayli,
Garchand tilimiz turk, millatimiz turk,
Sen-u menda oliy mo’g’ul qoni bor.
Temurning zoti past, turklar qavmidan,
Mo’g’ullar qo’lida yurtning tizgini,
Jahannamga bizni boshlaydi Temur,
Agar singlim bo’lsang, og’alik haqqi
Mening o’tinchimni bajarmog’ing shart.
Ota o’tgach, og’a ota bo’ladi...
Ham otang, ham og’ang o’rnida o’zim
(
Qo’lidan uzuk chiqaradi
)...
Temur taomiga zahar solasen,
Vassalom.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Yo’q, og’a o’sha zaharni
O’zim ichgum, ammo erga tik bormoq,
Joniga qasd qilmoq uchun yo’l yo’qdur.
Nega erkak bo’lib tug’ilmaganmen,
O’zim chiqar edim jonni ayamay
Kelgindiga qarshi qilich ko’tarib.
A m i r H u s a y n. Yulinar mo’g’ulga ko’tarilgan qo’l,
Ojizasen, xomsen, ayolsen, singlim,
Siyosat degani bir chuqur jardir,
Birni emas, yutar mingni qa’riga
(
Uzukni majburan singlisining qo’liga tutadi
).
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Rahmat, og’a, dunyo savdolaridan
Qutulmoq davosin berdingiz menga.
Qolgan umrimni ham erimga bersin,
Erkka zor bo’lganim haqqi erimning
Iqboli yorishsin, Alloh qo’llasin
Men o’zim ichamen najot dorisin.
A m i r X u s a y n. Uzukni qaytib ber, xotinlar bilan
Ojizlar sulh tuzar, qaytar uzukni.
O’ljoy Turkon og’o uzukni bermaydi. Amir Husayn singlisini bo’g’adi. Shu payt
Temur kirib qoladi.
T e m u r. Nomahram bo’lmasmu nikohsiz erkak?
Gar o’z og’asi, boz hokim ersa-da?
A m i r X u s a y n (
Do'stlaringiz bilan baham: |