Temurni quchoqlab
).
Amir Temur, kuyov emas, inimsen,
Senga umr tilab besh vaqt namozda
Umrim o’tayotir... Qur’oni karim
Bizning do’stligimiz ko’prigi, sharti.
Qur’oni karimdan oyat o’qisam,
Qasam yodga tushar, muqaddas qasam
Alloh yo’l ko’rsatsin... Ha, bu xotining
Yig’i qilar meni olib keting deb.
Juftihalol bo’lmoqlik Amir Temurga
Qutlug’ baxt, nodon, deb singlim qulog’in
Burab qo’ymoqchiydim, o’zing kep qolding
(
O’ljaoy Turkon og’oga
)
O’zing ayt, ey, nodon, nechun beziding
Er desa degulik Sher, bahodirsan?
(
O’ljaoy Turkon og’o jim
)
Mayli, er-xotinning xos sirlariga
Og’a bo’lsam ham bosh suqmagan ma’qul.
Kutib qoldi meni saltanat ishi,
Yagona singlimni ranjitma ortiq.
(
Amir Husayn tez burilib chiqadi
).
T e m u r. Eshitamen ne gap? Ochig’ini ayt
(
O’ljoy Turkon og’o jim
)
Nechun jimsen?
(
O’ljaoy Turkon og’oga
)
O’zing ayt, ey, nodon, nechun beziding
Er desa degulik Sher, bahodirsan?
(
O’ljaoy Turkon og’o jim
)
Mayli, er-xotinning xos sirlariga
Og’a bo’lsam ham bosh suqmagan ma’qul.
Kutib qoldi meni saltanat ishi,
Yagona singlimni ranjitma ortiq.
(
Amir Husayn tez burilib chiqadi
).
T e m u r. Eshitamen ne gap? Ochig’ini ayt
(
O’ljoy Turkon og’o jim
)
Nechun jimsen?
(
O’ljoy Turkon og’o jim
)
Er faqat xotinning mulki emas-ku
Kecha-kunduz uyga qamab o’tirsang,
Gapir, Ne muddaoing bor?
Er elning qulidir...
Ayt, nechun jimsen?
Mayli, damingni ol... Xobxonaga kir.
(
O’ljoy Turkon og’o
o’rnidan turganida etagidan uzuk yerga tushadi
)
Uzuk? Ko’zlarimga tanish tuyular.
(
O’ljoy Turkon og’o
engashib uzukni olmoqchi bo’ladi, ammo Temur tezlik bilan o’zi
oladi
)
Ha, Amir Husayn qo’lida bir payt.
Ko’rganday bo’luvdim, sovg’a qildimi?
(
O’ljoy Turkon og’o
boshini qimirlatadi. Temur uzukning qopqog’ini ochadi
).
Nima bu?
O q B u g’ a. Buyuring, Amir!
T e m u r. Amir Husaynni qaytarib keling...
O q B u g’ a. Bundan chiqqan zahot Amir Husayn
Otga qamchi urdi, zumda yo’qoldi.
Hozir yigitlarga buyruq beramen,
Topib keltirishar o’lik-tirigin.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Ne bo’lsa ham og’am, uni o’ldirmang.
T e m u r. Umr bo’yi menga o’lim sog’inar,
Mening sog’inganim bo’ldi yaxshilik.
Josuslik qiladi yonimda yurib
Ilyos-u Jetining yuvindixo’ri,
Qur’on o’pib qasam ichgan qasamxo’r.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Amir shafqat qiling yolg’iz og’amga.
T e m u r. U shafqat qilmas-ku o’z singlisiga.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Tanti bo’ling, amir, o’tinchimdir shu.
T e m u r. Muhtoj bo’lganida qo’limni cho’zdim,
Necha bor qutqardim tang qolganida
Endi oyog’imdan chalmoq murodi,
Yaxshilik ilkin yovuz niyat-la
Qayirmoqchi bo’lgan kimsa yo’q bo’lsin.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Amirim, yaxshimi, yomonmi biling,
U mening og’amdur manglayga bitgan.
Singil tanlay olmas odamlar ichra
Eng a’losin og’am deb, qismatim shu.
K u n c h a o’ g’ l o n. Ne qilaylik, Amir yigitlarim shay.
T e m u r. Mayli, uni quvmang, qo’lni bulg’amang,
Uni quvib borar ortdan qasami.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Yaxshilik, yomonlik nechun egizak?
Subutsizlik hokim Kurrai arzda.
Et bilan tirnoqni ajratib bo’lmas,
Er desam, og’amga bo’lgan shafqatim,
Meni mag’lub qilar, og’a desam-chi,
Haqiqatga oyoq qo’ygan bo’lamen.
(
O’ljoy Turkon og’o holsizlanib, o’tirib qoladi
).
T e m u r. Ne bo’ldi? Tabibni chorlangiz tezroq.
O’ l j o y T u r k o n O g’ o. Amirim, ahvolim og’ir. Oh, sanchar.
T e m u r. Doyalarni chorlang.
(
Temur O’ljoy Turkon og’oning qo’llarini silaydi
)
Chida, azizim
Ona bo’lmoq axir eng oliy baxtdir.
Onadan boshlanar qutlug’ bu hayot
Sening oyog’ingga bu boshim tugul,
Olamning-da borki sara gullarin
Keltirib to’shasam kamlik qiladi.
(
Doyalar O’ljoy Turkon og’oni narigi xosxonaga olib chiqishadi. O’ljoy Turkon og’o
dodlaydi. Temur jim, sahnaning u tomonidan bu tomoniga yuradi. Chaqaloq yig’isi
eshitiladi. Doyalardan biri chopib chiqadi
).
O’g’illik bo’ldingiz...
T e m u r. O’g’il! Oh!
D o ya. Ammo...
T e m u r. Nima ammo?
D o ya. Bekach bajo qildi bandachilikni.
T e m u r. Oh, shum taqdir, oh!
(
Temur chopib xosxonaga kiradi. Xotinlar uvlab yig’ilishadi. Qiy-chuv. O’ljoy Turkon
og’oning jasadini ko’taradilar. Temur eng oldinda chaqaloqni qo’llariga olib asta boradi
).
T e m u r. Allohim gunohim ne edi aytgin,
Keng dunyo tor bo’ldi suyukligimga
Alvido kalomi bog’liq tilimga,
Quyosh nechun chiqding yana samoga?
Zavjadan ajragan baxti qaroga
Mehribon nuringni sochmoqchimisan?
Qorong’u ko’nglimni ochmoqchimisan?
Nurlar dil zulmatni yorita olmas,
Bu buyuk motamni arita olmas,
Bir yuzimni silab lutf etgan zahot
Ikkinchi yuzimga urasan nahot?!
Allohim, gunohim ne edi aytgil?!...
«Yoshlik» jurnalining 1995-yil,
5-sonidan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |