Qilg’iliqni qilib qo’yib, nega yig’laysan endi? (
Xo’rligi kelib
.) Otangning bu kunlarni
ko’rmay o’lib ketganiyam yaxshi bo’lgan ekan...
H u s a n (
ro’yirost yig’lab
). Unaqa demang...
H u r i n i s o (
yig’lab
). Nima dey bo’lmasa?! Hozirdan bir-biringni go’shtingni
yesang, nima dey? Shular birovdan kam bo’lmasin, otasizligi bilinmasin, deb boshimni u
toshdan olib, bu toshga uraman... Mendan keyin bir-birlariga suyanchiq bo’lar, biri qoqilsa,
biri turg’azar, deb yuribman men ahmoq...
H u s a n (
o’tinib, iztirobli
). Bo’ldi, oyi...
Sukut.
H u r i n i s o (
ko’z yoshlarini artib
). Senlar aka-ukadan ham yaqinroq bo’lishinglar
kerak, Hasan-Husansizlar axir...
Do'stlaringiz bilan baham: