QIYOMAT QARZ
(To’qqizinchi ko’rinishdan parcha)
S u l a y m o n o t a. No’monjon!
N a z a r o v. Xo’sh? Keling.
S u l a y m o n o t a. Xo’shing nimasi. Meni tanimadingmi?
N a z a r o v. Kimsiz? Yo’q, tanimadim.
S u l a y m o n o t a. Barakalla!.. O’zim ham tanimaysan deb o’ylovdim.
Men seni tanidim. Darror tanidim? Ko’rdim-u darrov tanidim.
N a z a r o v. Juda yaxshi. Keling?
S u l a y m o n o t a. Yana keling, deydi-ya! Tavba! Men Sulaymon otang bo’laman.
N a z a r o v. Sulaymon ota?
S u l a y m o n o t a. Ha! Zarkatlik Sulaymon ota!
N a z a r o v. Keling, ota keling.
S u l a y m o n o t a. Taniding! Taniding! (
Sulaymon ota qopini tashlab, quchoqlarini
yozib Nazarov qarshisiga yura boshlaydi
). Seni topadigan kun ham bor ekan! No’monjon!
O’g’lim! (
Nazarov uyalinqirab o’rnidan turadi. Sulaymon ota uni bag’riga bosib, yig’lab
yuboradi
).
N a z a r o v. O’zingizni bosing, ota. O’zingizni bosing.
S u l a y m o n o t a. Qanday bosay, o’g’lim?! O’ttiz yil kutdim seni. Yo’lingga
ko’zlarim to’rt bo’ldi. Ko’rmay o’lib ketamanmi, deb qo’rquvdim, Zebi xolangga o’xshab.
N a z a r o v. Kim u?
S u l a y m o n o t a. Zebi xolangni unutdingmi? Xotinim-da. Har kuni qatnardi-ku
oldingga. Quymoq qilib.
N a z a r o v. Ha, esladim, esladim.
S u l a y m o n o t a. Eslamay ham ko’r-chi! Obbo, No’monjon-ey! Qayonlarda seni
qidirib yuribman! Sen bo’lsang ikki qadamlik joyda ekansan. Nega jimib ketding. A? Yo
xafa bo’luvdingmi?
N a z a r o v. Yo’g’-e, nega xafa bo’lay. (
Sekretarga
.) Siz boravering. (
Sekretar chiqib
ketadi
.) Tinchmisiz, ota? O’tiring, o’tiring. (
O’tiradi
.)
S u l a y m o n o t a. Menga nima qilardi? Men tinchman. O’zing qalaysan?
N a z a r o v. Yaxshi. Ko’rib turibsiz.
S u l a y m o n o t a. Ha, ko’rib turibman. Ishlaring yaxshiga o’xshaydi. Katta odam
bo’lib ketibsan. Qachon ulgurding-a? Urushdan kela solib, yana o’qishga berilibsan-da, a?
N a z a r o v. Urushda bo’lganim yo’q. Shu yerda kerak ekanman, olib qolishdi.
S u l a y m o n o t a. Shundoq de... Biz bo’lsak... Zebi xolang bilan urushdasan deb
yuribmiz... Yaxshi, yaxshi. Demak, o’sha ketganingcha shu yerdasan?
N a z a r o v. Ha, ikki o’g’il, bir qizim bor. Katta o’g’lim institutni bitirdi. U ham
menga, onasiga o’xshab doktor bo’ldi. Bultur uylantirdik.
S u l a y m o n o t a. Yaxshi, yaxshi. Kelin qayerlik?
N a z a r o v. Shu yerlik. Birga ishlaymiz.
S u l a y m o n o t a. Yaxshi, yaxshi... Biz bo’lsak... Zebi xolang bian seni kutdik.
Ko’zimiz eshikda bo’ldi har kuni. Yaxshi, yaxshi.
N a z a r o v. Xolam qachon qazo qildilar?
S u l a y m o n o t a. Yigirma sakkiz yil bo’ldi.
N a z a r o v. Kasalmidilar?
S u l a y m o n o t a. Kasal? Yo’q... Kasal bizda nima qiladi? Qarilik.
N a z a r o v. Ha, qarilik, o’lim har kishining boshida bor. Choy buyuraymi?
S u l a y m o n o t a. Shunday qilib, bola-chaqalikman, degin, katta o’g’limni
uylantirdim, degin.
N a z a r o v. Ha, kichkinasining ham bo’yi yetib qoldi.
S u l a y m o n o t a. Yaxshi, yaxshi. Ishqilib, o’zingdan tinchigan ekansan, o’zingga
to’q ekansan... Men bo’lsam, ming xil xayolda yuribman. Kutdim avval, keyin halok
bo’lgansan deb o’yladim. Urush bo’lgan joylarda qabringni ham qidirdim... Yana kutdim.
Keyin o’lib qolsam nima bo’ladi, deb yana qidirdim... Sen bo’lsang tirik ekansan. Tirik...
Menga qara, No’monjon. Nega xabar barmading-a? Zebi xolang seni yaxshi ko’rib qoluvdi.
O’zi seni uylantirmoqchi edi...
N a z a r o v. Ishchilik, ota. Keyin har holda... judayam...
S u l a y m o n o t a. Har holda begonamiz demoqchisan?
N a z a r o v. Unchalik emas-ku, lekin...
Nevaralaringizni ko’rasiz. Ikkita qo’y shuncha bo’lib ketadi, deb hech o’ylamagan
edim. Obbo, Sulaymon ota-ey, Sulaymon ota-ey...
Do'stlaringiz bilan baham: |