Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Hamidjon Ikromov , «Uchinchi talqin», «O’zbekiston  adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1990-yil, 13-aprel



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Hamidjon Ikromov
, «Uchinchi talqin», «O’zbekiston 
adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1990-yil, 13-aprel. 
 
 
NABI RAHIMOV BOBO KAYFIY ROLIDA 
Bobo Kayfiy — Nabi Rahimov sahnada paydo bo’lishi bilan hazin-hayajonli tragediya 
jonlanib  ketadi.  U  har  safar  qo’lida  asov,  yelkasida  xurjun,  mayning  taftidan  shirakayf 
ko’rinadi.  Nabi  Rahimovning  qahramoni  ko’cha-ko’yda  zikr  tushib,  izg’ib  yuradigan 
tovlamachi  firibgarlardan  emas,  aksincha,  uning  mastligi  zulm  va  xurofotga  qarshi  o’ziga 
xos  isyondir.  Tomoshabin buni dastlabki  uchrashuvdayoq anglaydi.  Bobo  Kayfiy  —  Nabi 
Rahimov  odamlar  orasida  latifago’ylik  qilishni  xush  ko’radi,  rivoyatlar  aytadi,  hammaga 
kulgu  ulashib,  o’z  rizqini  terib  yuradi.  Bordi-yu,  qallob,  daydi  darveshlarga  ko’zi  tushib 
qolgudek bo’lsa, to’satdan jazavaga tushib, darhol ularni kalaka qilishni boshlaydi. Bunday 
holatlarni  aktyor  keskin  harakatlar,  o’tkir  so’z  o’yinlari  orqali  qiyomiga  yetkazib 


tasvirlaydi. Bobo Kayfiy hech kimdan hayiqmaydi, qo’rqmaydi, negaki uning yo’qotadigan 
narsasi  yo’q.  Dimog’dor  amaldorlarni,  kalvak  ruhoniylarni,  har  xil  tovlamachi  chala 
mullalarni  tap  tortmasdan  zaharxanda  so’zlari  bilan  sharmanda  qiladi.  Hatto,  hukmdor 
oldida  ham  sira  o’zini  yo’qotmaydi.  Bobo  Kayfiy  —  Nabi  Rahimov  podsho  Ulug’bek 
(Sh. Burhonov)  poyiga  tiz  cho’kib  hasrat  qilmaydi,  balki  bu  olim  qarshisida  tavoze  va 
quvlik bilan dardini to’kib soladi. Bu dard bilvosita uning rostmana kesatig’larida istehzoli 
pichinglarida,  nozik  ishoralar  hamda  oshkora  qahqahasida  namoyon  bo’ladi.  Tomoshabin 
Bobo  Kayfiy  —  Nabi  Rahimovning  so’zamolligidan,  dono  va  zukkoligidan,  mard  va 
mag’rurligidan zavqlanadi, muttaham, kazzoblarni fosh qiluvchi masxara va sho’xliklaridan 
qah-qah otib kuladi. Biroq dunyo hasratlarini ko’ziga qamab, yelkasiga ortgan bu qoq suyak 
devonaning qahqahasi tomoshabinda nafaqat kulgu qo’zg’aydi, balki qachonlardir afsonaga 
aylangan  buyuk  allomalar  qismatiga  sherik  bo’lgan  «Devonalar»  fojiasi  sari  yetaklaydi. 
Shuning  uchun  ham  Bobo  Kayfiy  obrazini  bevosita  Nabi  Rahimov  yaratgan  komik 
qahramon  sirasiga  qo’shish  to’g’ri  bo’lmaydi.  San’atkorning  bu  rolda  partnyorlar  bilan 
munosabatida,  so’z  ohanglari  va  xatti-harakatlarida  atayin  tomoshabinni  kuldirishga  zo’r 
berish,  jo’n  yumor  yoki  bachkanalik  sezilmaydi.  Aktyor  barcha  ifodali  sahna  vositalarini, 
so’z  o’yini,  mimika,  plastika  va  hokazolarni  erkin  improvizatsiya  asosida  rivojlantirib, 
avvalo,  obrazning  ruhiy  kechinmalarini,  iztirobini  yuzaga  chiqarishga  sarflaydi.  Lo’nda 
qilib  aytganda,  uning  ijrosi  zaharxanda  satira,  chapdast  improvizatsiya  hamda  shiddatli 
psixologik  hamlalar  bilan  qurollangan.  Shularga  asoslanib  Bobo  Kayfiy  talqinini  Nabi 
Rahimov yaratgan psixologik obrazlar sirasiga kiritish mumkin. 
 
Omonulla Rizayev
, san’atshunoslik nomzodi, «Nabi Rahimov», 
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at 
nashriyoti, 1997-yil, 51—52-betlar. 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish