A.O.GINZBURG
(1916-1973)
Aleksandr Osipovich Ginzburg iste’dodi turli mavzu va yo’nalishlarda keng namoyon
bo’lgan ijodkor edi. O’zi insenirovka qilib yaratgan R.Tagorninig “Ganga daryosining qizi”
(1956), M.Dibning “Jazoir mening vatanim” (1957) kabi spektakllari Hamza nomli
akademik drama teatri hayotiga sharq mavzusini olib kirish bilan e’tibor topgan bo’lsa,
Shekspirning “Romeo va Julyetta” (1951), “Yuliy Sezar” (1958) kabi spektakllari g’arb
klassikasi namunalari tarzida jamoa ijodiy hayotida muhim o’rin tutdi. A.Ginzburg
A.Qahhor pyesalari asosidagi “Og’riq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962) singari
spektakllari hajviy komediya asarlarini teatr ijodida ma’lum yo’nalishga aylanishini
belgillab berdi. Uning M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” asari ustidagi izlanishlari ham
ajoyib natija bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |