Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


ULUG’BEK SIYMOSI HAQIDA T.ISLOMOV VA H.IKROMOV SHARHLARI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ULUG’BEK SIYMOSI HAQIDA T.ISLOMOV VA H.IKROMOV SHARHLARI 
Ulug’bek  —  Burhonovda  voqealar  rivojlana  borgani  sayin,  ma’nodor  boqishlarida 
so’lg’inlik  alomatlari,  og’ir  o’yga  cho’mish  daqiqalarida  ruhiy  ezilish,  gap  ohanglarida 
afsuslanish belgilari sezila boradi. Sahnada ro’y berayotgan voqealar girdobida Ulug’bek — 
Burhonovning ana shunday holati hayotiy mantiqqa ega va ishonarli kechadi. Tarix nuqtayi 
nazaridan  ham  Ulug’bek  —  Burhonovdagi  kayfiyat  haqqoniydir,  binobarin,  Ulug’bek 
umrining so’ngiga kelib reaksiyadan yengilgan, orzu-umidlari parchalangan edi. 
Bizningcha  Ulug’bek  —  Burhonovning  spektaklning  boshidan  to  oxiriga  qadar 
harakati uchun xarakterli bo’lgan xislat qahramonning ko’z o’ngida ro’y beradigan har bir 
hodisa va voqeaga darhol, faol hissiy munosabatini namoyon qilishidir. Boshqacha aytsak, 
Burhonovning qahramoni jo’shqin tabiatli  insondir. Ulug’bek  —  Burhonov ba’zi  voqealar 
munosabati bilan, masalan, Feruza haqidagi ig’voni eshitgach, jiddiy mushohadaga berilsa-
da,  lekin  bu  mushohada  zamirida  hissiyot  jo’sh  urib  turganini,  tomirida  qon  jo’sh 
urayotganligini  sezish  qiyin  emas.  Burhonov  Ulug’bek  qiyofasida  birinchi  galda  hech  bir 
narsaga  befarq  qaray  olmaydigan,  tabiatan  faol  inson  obrazini  yaratdi.  Bu  jo’shqin  qalbli 
inson  xoh  shoh  holatida  bo’lsin,  xoh  ayolning  hayotdagi  haq-huquqi  haqida  falsafiy  fikr 
yurituvchi donishmand holatida bo’lsin, xoh sevgining o’z qonuniyatlari borligini tan oluv-
chi  oshiq  holatida  bo’lsin,  va  nihoyat,  xoh  samoviy  mavjudodlar  haqida  mulohaza 
yurituvchi  olim  qiyofasida  bo’lsin,  baribir,  hammasida  ham  uning  tabiatiga  xos  bo’lgan 
hissiy faollik sezilib turadi. 
Toir Islomov
. «Tarix va sahna», 126—127-betlar. 


 
Turg’un Azizov Ulug’bek obrazini oldingi (1969-yil) sahnalashtirishda ham ijro etgan. 
O’shanda  ulug’  san’atkor  Shukur  Burhonov  an’anasiga  hurmat  bilan  qaragani,  uning 
yutuqlarini  ijodiy  o’rganishga  intilgani  e’tirof  etilgandi.  Bu  talqinda  esa  oldingi 
sahnalashtirishdagi umumiy ruhiyatni saqlab qolgan holda qahramonning jo’shqin, shiddatli 
xarakterini  ko’proq  ichki-psixologik  vositalar  bilan  berishga  intilgan.  Shu  bois  uning 
qahramoni  yuksak  aql-zakovat  egasi  sifatida  adolat  va  shafqat,  razolat  va  xoinlik  haqida 
mushohada  qiladi.  Qora  kuchlarga  qarshi  tengsiz  kurashda  sillasi  qurib  borarkan, 
Samarqand  taxtidagi  qirq  yillik  umrini  qayta  idrok  etishga,  yo’l  qo’ygan  xatosi  nimada 
ekanini  anglashga  zo’r  berib  intiladi.  Mohiyat  zamiriga  intilarkan,  taxt  qudratiga  qarama-
qarshi o’laroq, bukib bo’lmas yana bir qudrat — xalq qudratini yorqin his etadi. O’zi bilan 
o’sha  qudrat  orasidagi  fojeiy  ayrilish  —  tubsiz  jarlik  borligini  tushunadi.  Xalq  bilan  bir 
bo’lmay turib saodat yaratib bo’lmasligi haqidagi xulosaga keladi. 
Turg’un Azizov obraz rivojidagi ana shu yo’nalishni yuzaga keltirish uchun, Ulug’bek 
qatnashadigan  hisobsiz  sahnalarni  rejissor  sifatida  yaxshi  tahlil  va  aktyor  sifatida  rang-
barang  talqin  qilganini  e’tirof  etish  kerak.  Masalan,  ba’zi  sahnalarning  o’rni  almashgani 
natijasida  spektakldagi  mantiqiy  rivoj  uzluksizligi  yuzaga  kelgan.  Shuningdek,  oxirgi  — 
qatl  sahnasi  Samarqand  yaqinidagi  bog’dan  rasadxona  poygagiga  ko’chirilgan  va  ayrim 
maishiy  ko’rinishlardan  holilangan,  bu  narsa  spektaklning  fojiaviy  jarangiga  ijobiy  ta’sir 
etish  bilan  birga,  favqulodda  kuchli  ruhiy-emotsional  ta’sir  kuchi  kasb  etgan.  Sahna 
nihoyasi  sharqona  ishlangan  bo’lib,  tengsiz  qotillik  tomoshabin  qalbini  larzaga  soladi, 
tomoqlariga  allanimalar  tiqilib,  ko’zlarida  yosh  qalqiydi...  Bu  bilan  spektakl  tugamaydi. 
Rejissor yana bir, sanoqli daqiqalar davom etadigan so’zsiz sahna kiritgan va spektakl o’sha 
bilan  yakunlangan.  Abbos  tomonidan  chavaqlangan  Ulug’bek  o’lim  bilan  olisha-olisha 
rasadxona  zinapoyalarida  yuqoriga  —  yulduzlar  tomon  ko’tarilaveradi...  Sahna  aylanadi. 
Rasadxona  qirrasining  shunday  poyiga  qo’yilgan  Samarqand  taxtida  padarkush  o’g’ilning 
razil  qiyofasi  namoyon.  Uning  yuzida  bezovtalik  va  taxlika  alomatlari...  Taxt  ortidagi 
rasadxona  devorlari  esa  ko’kka  tomon  bo’y  cho’zgan,  uning  uchi  musaffo  falakka, 
charog’on  porlab  turgan  yulduzlarga  tutashib  ketgan.  Ular  orasida  Ulug’bekning  jonsiz 
jussasi behol qo’llari pastga tomon osilib qolgan... 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish