Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 


MIRZO ULUG’BEK 
Uchinchi parda, ikkinchi ko’rinishdan parcha
 
G a v h a r s h o d. Siz o’g’limsiz, ammo meni yaxshi bilmaysiz, 
 
Chunki sizni bolalikda Temurbek olib, 
 
Samarqandga keltirgandi, u chog’dan sizga 
 
Murabbiya bo’lgan edi Saroy Mulk xonim. 
U l u g’ b e k. Menda shoyad topilarkan yaxshi mayllar, 
 
Barisiga bois o’sha xonim rahmatlik! 
G a v h a r s h o d. Yaxshi mayl... Yaxshi mayl!.. Mirzo, saltanat — 
 
Yaxshilikni dastur qilsa qulaydi tezdan 
 
Taxtni saqlash lozim ekan, shaddodlik kerak! 
 
Bu sir emas. Ota-bobo udumi-ku bu. 
 
Istaymanki, farzandlarim sulton bo’lsa ham, 
 
Xohishimga itoatkor, qaram bo’lsinlar, 
 
Kelinlarim kaniz kabi tursin xizmatda. 
 
Tarbiyamda bahra topgan nabiralarim 
 
Shu axloqda o’sib-unda. Misol, o’g’lingiz, 
 
Ko’z cho’g’idek asrab boqdim Abdulatifni. 
 
Dono, jasur, oliyjanob, fahmli, zakiy, 
 
Diyonatli, mo’min, mute, asl musulmon, 
 
Shu talabni eslatgani keldim Hirotdan, 
 
Ha shularga odatlangan Gavharshodbegim. 
U l u g’ b e k. Ha, chindan ham sizni yaxshi bilmas ekanman, 
 
Onalikning haqi, ammo, bor bo’ynimizda. 
 
Biroq, hurmat — ko’r-ko’rona itoat emas, 
 
Taajjubki, sizda shuncha zakovat bor-u, 
 
Boshqa hamma xotinlarni pastga urasiz, 
 
Axir siz ham ayollarning vakilasi-ku. 
 
Jannatmakon otamizning sizga ixlosmand — 
 
Bo’lganidan foydalanib, hamisha, har on 
 
Siz Hirotda erk va ongni siqdingiz yomon. 
 
Tarbiyangiz ko’rib olgan nabiralar-chi, 
 
Qarang, ular bir-biriga qanday g’arazkor! 
 
Abdulatif, Alo bilan Bobir — uch qardosh 
 
Bir-biriga lashkar tortib savashdi yovuz. 
 
Abgor bo’ldi qancha shahar va inson, xazina. 
 
Uchovi ham nabirangiz, dastparvardangiz. 
 
Birin qo’zg’ab, birin qoqib, birin erkalab. 
 
Nuqul janjal chiqardingiz o’rtalarida, 
 
Yo’q, bu axloq, bu tarbiya, bu odat-udum 
 
Samarqandda o’rnashiga yo’l qo’yolmayman. 
 
O’g’lingizman va o’paman qo’llaringizni, 
 
Tiz cho’kmakka omodaman huzuringizda. 
 
Ammo, shu yurt sultoniman, hukmdoriman, 
 
Bu o’lkaning taqdiroti menga havola. 


 
Aralashmang bu davlatning ishlariga siz, 
 
Hamma tadbir, buyruqlarga o’zim javobgar. 
 
Siz — malika, biling, emas hokima! 
G a v h a r s h o d. Bunday javob eshitgani kelganmidim men, 
 
Sahrolarni, daryolarni o’tib mehmonga? 
U l u g’ b e k. Javob achchiq, lekin ochiq. Ayni haqiqat. 
 
Eh, sizsiz ham badxohlarim kam emas edi, 
 
Endi ona qo’lidan ham zarba olaymi? 
 
Xafa bo’lmang. Lekin, shoyad arazlasangiz, 
 
Yana deyman: mamlakatning hayot-mamoti 
 
Menga barcha azizlardan yanada aziz. 
G a v h a r s h o d. Ulug’ Mirzo, bu saltanat Temurbekniki, 
 
Unga voris Shohruh Mirzo, otangiz, 
 
Otangizdan keyin Temur xonadonida 
 
Yoshi ulug’, fikri to’lug’ men — volidangiz. 
 
Nabiralar o’z o’rtada urushsa, mayli! 
 
Bu ularga jangovarlik mashqidir, xolos, 
 
Men ularni bir-biriga ko’z qilib qo’ydim, 
 
Toki chiqsa buyrug’imdan bironta farzand, 
 
Ikkinchisi unga qarshi otlanib darhol, 
 
Odobini bergay uning... Bu yo’l yomonmi? 
U l u g’ b e k. Esiz mashqlar, esiz odob bermak usuli, 
 
Qizishtirib ulardagi kekni va nafsni. 
 
Qancha-qancha qirg’inlarga bo’ldingiz bois, 
 
Bular bari menga faqat andisha bo’ldi. 
G a v h a r s h o d. Shahzodalar savashlarda, jang-u jadalda, 
 
Puxta bo’lib sardorlikni egallaydilar. 
 
Siz bo’lsangiz xushtor bo’lib hisob-kitobga 
 
Boy berdingiz qo’ldan hatto hushyorlikni. 
 
Aslzoda va mo’tabar odamlar emas. 
 
Har xil tuban toifalar sizga ma’qulroq. 
 
Eshitdimki, eng ishongan mahramingiz deb, 
 
Olim, fozil deb maqtagan dastyoringiz 
 
Ali Qushchi degan bitta noasl ekan? 
 
Kim ekan u? Shu dargohda qullardan chiqqan. 
 
Lochinlarni boqib yurgan qushbozning o’g’li. 
 
Laqabini ko’rmaysizmi? «Qushchi» Yo pirim! 
 
Mahramingiz — «Qushchi», shuncha qovushmagan nom 
 
Turkiston-u Xurosonda hech bir xonzoda 
 
Sizga manzur bo’lmabdi-yu, ammo negadir 
 
Bog’bon qizi sizni butkul qilgan oshufta! 
 
Koshki, tagli zotli bir qiz bo’lsa edi-ya! 
U l u g’ b e k (
Xanda bilan
). 
 
Ha, siz aytgan odamlarning pastdir nasabi, 
 
Aqllari juda baland, lekin, mansabi... 


G a v h a r s h o d. Asli yo’qdan har balo ham chiqsa ehtimol. 
U l u g’ b e k. Qanday balo? 
G a v h a r s h o d. Yo xiyonat, yo pastkashlik! 
U l u g’ b e k. Bu shartmikin? 
G a v h a r s h o d. Yo’q, shart emas, ammo bor gaplar. 
 
Bu dargohga kirgan bilan hamon duv-duv gap: 
 
Firuza-yu Abbos, tag’in Abbos, Firuza... 
 
Nega, axir bu ikki nom aytilar birga? 
 
Men aytmoqchi emas edim sizga shu sirni. 
 
Balki mendan oldin bundan o’zingiz voqif, 
 
Savolingiz javobidan gapirdim, xolos. 
U l u g’ b e k (
o’z-o’ziga
). Tag’in ig’vo, tag’in fasod, oh muttahamlar! 
  (
Gavharshodga
). Bu uydirma gap, volida, ishonmang shunga! 
G a v h a r s h o d. Har hodla men bu gaplarni tilimga ortib 
 
Keltirganim yo’q Hirotdan! Bu ko’p xunuk gap! 
 
Shunday, o’g’lim, uy egasi hushin yo’qotsa, 
 
O’g’rilarga o’sha ko’ra ochiq guliston. 
 
Namoz vaqti bo’lib qoldi. Borayin endi. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish