84
Chaqiq tosh ishlab chiqarish uchun asosan otqindi tog‘ jinslari (granit,
gabbro, diabaz, bazalt va b.), cho‘kindi karbonat tog‘ jinslari (ohaktosh va
dolomitlar) va kam miqdorda metamorfik tog‘ jinslari qo‘llaniladi.
Chaqiq toshni zichligi-1800 kg/m
3
dan katta bo‘lgan tog‘ jinslarini maydalab
olinadi.
Zich tog‘ jinslaridan olingan shag‘al va chaqiq toshning donadorlik tarkibi
ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo‘lganligi uchun eng kichik
va eng yirik o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4.1-jadval
Elak
teshiklarining
o‘lchamlari, mm
D
kich
5 mm
D
kich
10 mm
0,5
D
kich
+
D
kat
D
kat
bir fraksiya
uchun
Fraksiyalar
aralashmasi
uchun
To‘liq
qoldiqlar, %
95-100
90-100
40-80
50-70 0-10
Chaqiq toshga qo‘yiladigan O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich
tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha talablar uning keltirilgan fraksiya yoki
aralashmasi tarkibida, donalari nisbatiga ko‘ra yuqorida keltirilgan shag‘al
singaridir.
Chaqiq tosh donalari shakliga ko‘ra uchta guruhga bo‘linadi:
oddiy,
bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 35% gacha (massa
bo‘yicha);
yaxshilangan,
bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 25% dan
ko‘p emas;
kubsimon,
bunda plastinkali va ninasimon shakldagi donalar 15% dan ko‘p
emas.
Ba’zi
bir
maxsus betonlar
uchun O‘zRST 728-96 “Og‘ir va
mayda to‘ldirgichli beton” bo‘yicha, masalan bosimli quvurlar uchun
ishlatiladigan betonlarda faqat kubsimon chaqiq tosh qo‘llanilishi kerak.
85
CHaqiq toshning mustahkamligi uning markasini ifodalaydi, bunda suvga
solingan holda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi chegarasidan kelib chiqgan
holda, silindrda ezilishdagi maydalanish ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi.
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” ga ko‘ra chaqiq tosh
ishlab chiqarishda ishlatilgan tog‘ jinsining mustahkamligi olinadigan betonning
mustahkamligidan yuqori bo‘lishi kerak: 30 MPa dan kam mustahkamligidagi
beton 1,5 dan kam bo‘lmasligi kerak; 30 MPa va undan yuqori betonlar uchun ikki
martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Otqindi tog‘ jinslari asosidagi og‘ir beton uchun to‘ldiruvchi sifatida
ishlatiladigan chaqiq toshning markasi, tog‘ jinsi mustahkamligiga mos keluvchi
80 MPa dan kam bo‘lmasligi, metamorfik tog‘ jinsi asosida chaqiqtosh 60 MPa
dan kam bo‘lmasligi, cho‘kindi tog‘ jinsi asosida chaqiq tosh 30 MPa dan kam
bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: