Texnologiyasi


SHag‘alni yuvish va boyitish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

SHag‘alni yuvish va boyitish

SHag‘alni  gidromexanizatsiyalashgan  qazib  olishda  yuvish  ishlari, 
changsimon,  gilsimon  va  loysimon  bo‘laklarni  olib  tashlash  birgalikda  bajariladi. 
Konlarni quruq  usulda  qayta  ishlashda  olingan shag‘al  elash  jarayonida  suv bilan 
yuviladi. 
Biroq  ko‘p  hollarda  shag‘alda  tozalash  qiyin  bo‘lgan  gilli  qo‘shimchalar 
mavjud  bo‘ladi,  ularni  tozalashda  nafaqat  suvda  yuviladi,  balki  maxsus 
mashinalarda mexanik ta’sir ko‘rsatiladi. 
 
 
Rasm-3.5. SHag‘al yuvuvchi skrubber-butardaning sxemasi: 
1-ortish novi; 2-tishli po‘lat baraban; 3-panjara qism(butarda); 4-suvni 
uzatish. 
 
Masalan, 
skrubber-butarda 
(rasm-3.5) 
yirik 
shag‘allar  barabanning 
aylanishida  qayta  ishlanadi,  bunda  baraban  ichi  tishli  po‘lat  list  bilan  qoplanadi, 
natijada dona yuzasidagi gil plyonkasi olib tashlanadi. 
K-12  va  K-14  markali  shag‘al  yuvgichlarda  yirikligi  40mm  gacha  bo‘lgan 
materiallar  tozalanadi  va  uning  mahsuldorligi  70-100  m
3
/soat  ni  tashkil  etadi. 
Yuvish davomiyligi 2-3 min, suv sarfi esa 2,5-3 m
3
/tonna. 
Hozirgi  vaqtda  truba  shaklidagi  ishchi  organli  titratib-yuvuvchi  mashinadan 
samarali  foydalanilmoqda.  Titratib-yuvuvchi  mashina  yirikligi  20-120mm 


78 
 
yiriklikdagi materiallarni yuvishda ishlatiladi, bunda o‘rtacha va qiyin yuviladigan 
qo‘shimchalar 10-12% ni tashkil etishi kerak. 
Titratib-yuvuvchi mashinaning mahsuldorligi 30-70 m
3
/soat, suv sarfi esa 40-
100m
3
/soat ni tashkil etadi. Bunday mashina sxemasi rasm-3.6 da keltirilgan. 
Rasm3.6. Titratib-yuvuvchi mashina: 
1-qoplangan tarnov; 2-suvni jo‘natish; 3-prujinali osma; 4- titratgich; 5-
shag‘alni ortish 
 
 
Rasm-3.7.  Shag‘al  donalarining  elastikligi  bo‘yicha  ajratish  mashinasi:  1-
yuqori  sifatli  shag‘alni  boyitish;  2-keyingi  sinf;  3-past  sifatli  shag‘al;  4-elastik 
plita; 5-qayta ajratishga jo‘natish; 6-ta’minlovchi; 7- sarflanuvchi shag‘al. 


79 
 
SHag‘alni  yuvish  qoplangan  qiya  joylashtirilgan  tarnovlarda  bajariladi. 
Tarnovda  titratish  natijasida  shag‘al  bo‘sh  holatga  keladi,  vint  shaklidagi 
harakatlanishi sababli, to‘kish qismiga joylashadi. 
Donalar  o‘zaro  ishqalanishi  va  suv  qo‘shilishida  gilli  qo‘shimchalardan 
tozalanadi. 
SHag‘alni  va  chaqiq  toshni  boyitish  jarayoni  bir  qancha  usullarda  bajarish 
mumkin: elastiklik xususiyati, dona zichligi va boshqa. 
SHag‘alni elastikligi bo‘yicha ajratishning eng oddiy va keng tarqalgan usuli 
rasm-3.7 da keltirilgan. 
SHag‘al  donalari  ta’minlovchi  yordamida  kichik  qavatlarga  taqsimlanadi  va 
pastga  uloqtiriladi.  Qiya  po‘lat  plitaga  ma’lum  balandlikdan  tushayotgan  shag‘al 
donalari  o‘zining  elastiklik  kuchi  ta’sirida  turli  burchak  ostida  otiladi,  bunda 
donalar turlicha tezlik va traektoriyaga ega bo‘ladi. 
O‘ta  mustahkam  va  elastik  shag‘al  donalari  uzoqroqqa  otilsa,  nisbatan 
bo‘shlari-yaqinroqqa va alohida bunkerda yig‘iladi. 
Bu  holatda,  donalarning  harakat  tezligi  ularning  elastikligi  bilan  birga  dona 
shakli va yirikligiga bog‘liq. Biroq bo‘sh donalarning boyitilgan 
shag‘al  bunkeriga  tushishi  ehtimoli  kam.  Sanoat  tajribasidan  ma’lumki 
boyitishning bunday usuli etarlicha samara beradi. 
Alohida donalarni turli ishqalanishi bo‘yicha boyitish, boyitilgan materialning 
tabiiy  (rasm-4.8)  burchagi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Donalarning  qiya  yuzasi 
bo‘yicha harakatlanishi tezligi asosida ma’lum bunkerga tushadi. 
Baraban tipidagi separator po‘lat silindrdan iborat bo‘lib, material  
oqimiga  qarshi  aylanadi  (rasm-4.9).  Boyitiliayotgan  material  yo‘naltiruvchi 
varonka  bo‘yicha  barabanga  uzatiladi.  Nisbatan  mustahkam  donalar  bir  tomonga 
tushsa, nisbatan bo‘sh donalar esa boshqa tomonga tushadi. 


80 
 
 
Rasm-3.8. Shag‘alni (chaqiq toshni) 
 donalari harakati tezligi bo‘yicha 
ajratish 
Rasm-3.9. Baraban tipidagi 
separator 
 
 
Rasm-3.10.Titratishda 
qavatlanishi

a-boshlang‘ich; b-
yakuniy holati 
Rasm-3.11. Porshenli cho‘ktiruvchi 
mashina: 1-porshen; 2-engil fraksiya; 3-
og‘ir fraksiya; 4-qo‘zg‘almas panjara; 5-
suv 


81 
 
Shag‘al  donalarini  zichligi  bo‘yicha  ajratish,  gravitatsion  ham  deb  ataluvchi 
usul  shunga  asoslanganki,  bunda  mustahkam  donalar  nisbatan  zich  bo‘ladi, 
bo‘shlari esa nisbatan g‘ovak, engil bo‘ladi. 
Gravitatsion  usulda  shag‘alni  og‘ir  muhitda  cho‘ktirish  va  boyitish  mumkin. 
Cho‘ktirish muhiti quyidagilardan iborat. Agar bir jinsli bo‘lmagan materialni tez-
tez  titratib  turilsa  qavatlanish  yuzaga  keladi,  ya’ni  og‘ir  donalar  pastga  cho‘kadi, 
engillari esa yuqoriga chiqadi (rasm-3.10, a). 
Agar  aralashma  bir  xil  yiriklikdagi  og‘ir  va  engil  donalardan  (rasm-5.10.  a) 
tashkil  topsa,  u  holda  ko‘p  martali  titratishda  qavatlanish  chizig‘i  balandlik 
o‘rtasida (rasm-3.10, b) hosil bo‘ladi. 
Sanoatda  shag‘alni  cho‘ktirish  suvli  muhitda  bajariladi.  SHag‘al  cho‘ktirish 
mashinalari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas panjarali bo‘ladi. 
Qo‘zg‘almas panjarali shag‘al cho‘ktirish mashinasining sxemasi (rasm- 3.12) 
da  keltirilgan.  Bunda  porshen  yoki  diafragmani  harakatlanishi  suv  pulsatsiyasida 
yuzaga keladi. 
Boyitilayotgan material qavati chiquvchi suv oqimida ko‘p marta titratiladi va 
tindiriladi. Material to‘la qavatlangandan so‘ng qavatlar alohida ajratiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rasm-3.12. Qo‘zg‘aluvchan panjarali shag‘al(chaqiq tosh)ni cho‘ktiruvchi 
mashina: 1-yuklash tarnovi; 2-panjara; 3-yuvilgan qoldiq(shlam); 4-og‘ir 
fraksiya; 5-engil fraksiya; 6-tarmog‘. 


82 
 
 
Rasm-3.13. To‘ldiruvchilarni og‘ir muhitda ajratuvchi separator: 
1-suspenziyani uzatish; 2-cho‘kgan fraksiya; 3-baraban; 4-suzib chiqgan 
fraksiya. 
 
Shag‘alni  boyitish  xuddi  shunday  qo‘zg‘aluvchan  panjarali  cho‘ktiruvchi 
mashina (rasm-5.13) da ham bajariladi, faqat bu holatda suvning va boyitilayotgan 
materialning  nisbiy  harakatlanishi  krivoship-shatun  mexanizmi  yordamida 
panjaraning pulsatsiyasi orqali bajariladi. 
Og‘ir  muhitda  shag‘alni  ajratish  yanada  samarali  hisoblanadi.  U 
quyidagilardan iborat. 
Agar  donalari  zichligi  bo‘yicha  bir  jinsli  bo‘lmagan  materialni  zichligi 
boyitilayotgan  materialning  engil  donalari  zichligidan  katta  va  og‘ir  donalari 
zichligidan kichik suyuqlikka joylashtirilsa, u holda engil (nisbatan bo‘sh) donalar 
yuzaga suzib chiqadi, og‘irlari esa cho‘kadi. 
Ajratuvchi  muhit  sifatida  suv  va  magnetit  kukuni  (ρ  =  4,9-5,2  g/sm
3
), 
ferrosilitsiy (ρ = 6,3 g/sm
3
) yoki boshqa og‘ir materiallar suspenziyasi ishlatiladi. 
Bu  materiallar  o‘ta  mayin  tuyilgan  bo‘lishi  shart.  SHag‘alni  og‘ir  muhitda 
boyitishda rasm-6.13 da keltirilgan separatorlar ishlatiladi. 


83 
 
Separatorga  solingan  shag‘al  donalari  barabanning  aylanishida  uning 
spiraliga joylashadi. Suspenziyaga cho‘kgan donalar elevator yordamida tarnovda 
uzatiladi. Suspenziya to‘xtovsiz barabanga kelib tushadi va suzib chiqgan donalar 
bilan oqib chiqadi. 
 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish