Rasm-2.7. Gidravlik klassifikatorning sxemasi:
a-pastdan suvli aralashmani uzatish (GKD tipida); b-yuqoridan suvli
aralashmani uzatish (GKX tipida); 1- yo‘naltiruvchi truba; 2-yirik fraksiyalar
uchun bo‘shatish trubasi; 3-mayda fraksiyali qumli suvli aralashmaning chiqishi;
4-klassifikatsion kamera; 5-quyish trubasi; 6-shitok; 7-klassifikator qabul
kamerasining korpusi; 8-diffuzor; 9-tayanch; 10-suvni uzatish trubasi; 11-
klassifikatsion kamerada suvni uzatish uchun xalqa; 12- voronka; 13-poplavka;
14-qabul qilish-tushirish kamerasi; 15-so‘ndiruvchi silindrlar; 16-klassifikatsion
truba; 17-yopqich; 18-toza suvni tangensial uzatuvchi.
Gidravlik klassifikatorlar suvli aralashmani pastdan yoki tepadan uzatish
orqali ishlaydi. Birinchi holatda (rasm-2.7, a) suvli aralashma tuproq so‘ruvchi
qurilma orqali truba-1ga uzatiladi, undan esa diffuzor-8 orqali klassifikatsion
kamera-4ga etkaziladi. Toza suv oqimida aralashgan mayda qum kamera
yuqorisidan o‘tib, truba-5 orqali chiqadi. Yirik fraksiyalar voronka- 12 ga cho‘kadi
va patrubka-2 orqali uzatiladi.
Ikkinchi holatda (rasm-2,7. b) suvli aralashma truba-1 yordamida yuqoridan
uzatiluvchi yukni qabul qiluvchi kamera-14da bo‘linadi, chunonchi mayda
donadorli qumlarning suvda cho‘kish tezligi keluvchi toza suv oqimining
tezligidan kichik, shu sababli diffuzor-8 orqali trubaga tushadi, nisbatan yirik
67
donalarning suvda cho‘kish tezligi yuqori bo‘lib, keluvchi suv oqimida bo‘lmaydi,
shu sababli klassifikatsion truba-16 orqali voronka-12ga tushadi va truba-2 orqali
tashqariga chiqariladi.
Gidravlik klassifikatorga tushuvchi toza suv oqimining tezligini nazorat qilish
orqali qumni talab etilgan dona yirikligida ajratishga erishish mumkin.
Mayda qumni qisman suvsizlantirish markazdan qochma klassifikator
gidrotsiklonda (rasm-2.8.) amalga oshiriladi. Suvli aralashma tangensial ravishda
siklonga yo‘naltiriladi va devor atrofida aylanadi.
Rasm-2.8. Gidrotsiklonning sxemasi:
1-chiqish patrubkasi; 2-quyish patrubkasi; 3-po‘lat korpus, ichi ishqalani-
shga bardoshli material bilan qoplangan; 4- qumni bo‘shatish uchun teshik; 5-
qoplash.
Bu holatda qumlar oqimdan chiqadi va devorda ushlab qolingan holatda
pastga tushadi, suv esa chang va gillar bilan birga yuqori patrubka bo‘ylab
chiqariladi.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
1.
Otqindi tog‘ jinslariga qanday minerallar kiradi?
68
2.
CHo‘kindi tog‘ jinslari qanday hosil bo‘ladi?
3.
Metomorfik tog‘ jinslariga qanday minerallar kiradi?
4.
Beton uchun ishlatiladigan tabiiy qumlar asosan qaysi tog‘ jinslaridan
olinadi?
5.
Qumning donador tarkibi qanday aniqlanadi?
6.
Yiriklik moduli bo‘yicha qumlar qanday guruxlarga bo‘linadi?
7.
Qum tarkibidagi keraksiz aralashmaar miqdori qanday aniqlanadi?
8.
Tabiy qum qanday usullarda qazib olinadi?
9.
Tabiiy qumni qazib olishni tushuntiring?
10.
Maydalash chiqindilari asosidagi qumni keltiring?
11.
Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratishda qanday uskunalardan
foydalaniladi?
12.
Tabiiy zich tog‘ jinslari asosidagi qum qanday ishlab chiqariladi?
13.
Qanday qumlar beton uchun ishlatiladi?
14.
Yiriklik moduli deganda nimani tushunasiz?
15.
Yiriklik moduli bo‘yicha qumning qanday turlari mavjud?
16.
Qumlarda qanday aralashmalar uchraydi?
17.
Qumning zarrachalar tarkibini keltiring?
18.
Qum tarkibida qanday gil, gilsimon qo‘shimchalar uchraydi?
19.
Qum tarkibidagi sulfid va sulfat qo‘shimchalarning miqdori qanday
chegarada bo‘lishi kerak?
20.
Qumning namligi necha foizdan oshmasligi kerak?
21.
Tabiiy qumni tayyorlashda qanday mashina va uskunalardan
foydalanadi?
22.
Qumning markalarini keltiring?
23.
Gidromexanizatsiyalashgan
konlarda
qo‘llanilayotgan gidravlik
klassifikatorlar.
24.
Qum ishlab chiqarish texnologik sxemasiga izoh bering.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |