Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


-rasm shaxtali quritgich sxemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

15-rasm shaxtali quritgich sxemasi 
Issiqlik  ta'siri  ostida  quritilgan  urug'larda  ularning  texnologik  xossalarini 
yaxshilaydigan kimyoviy va biokimyoviy o'zgarishlar sodir bo'ladi. 
          Urug'larni  quritib, namligini  pasaytirish  jarayonini  tezlashtirish  uchun  keyingi 
paytlarda resirkulatsion quritgichlar qo'llanilmoqda (5.3-rasm). Quritiladigan urug'lar 
bunker 5 orqali qizdirish kamerasi 4 dan o'tadi va issiqlik hamda namlik almashinuvi 
uchun  mo'ljallangan  bunkerga  kelib  tushadi.  So'ngra  oraliq  1  va  yakuniy  7  sovitish 
shaxtalaridan  o'tkaziladi.  Ishlab  bo'lgan  qizitish  agenti  ventilator  6  orqali  so'rib 
olinadi, shu bilan birga, shaxtaga ventilator orqali tashqaridan havo oqimi yuboriladi.    


73 
 
Quritilgan urug'larning bir qismi hali quritilmagan urug'lar kelib inshayotgan bunker 
5  ga  yuboriladi. Bunda  issiqlik  va namlik  almashinuvi  sodir    bo'ladi,     quritilmagan  
urug'lar birmuncha     qizib,     namligi     biroz pasayadi, quritilganlari esa, aksincha, 
birmuncha      sovib,       namligi        shunga  yarasha  ortadi. Shundan  so'ng quritish sikli     
yana          qaytariladi.          Bunday  resirkulasion      quritishning      iqtisodiy  ahamiyati   
shimdaki,      quritish    uchun  issiqlik    sarfi    kamayadi.      Shuni    ham  ta'kidlab  o'tish 
kerakki, resirkulatsion quritishda    urug'lar    oqimi    quriti-layotgan   urug'larning   
namlik      miq-doriga  bog'liq  ravishda  doimo  boshqa-rilib      turiladi.      Ya'ni,   
quritilayotgan  urug'larning  namligi  qanchalik  yuqori  bo'lsa,  resirkulatsiyaga 
yuboriladigan quritilgan    urug'lar    miqdori    ham shunchalik yuqori bo'lishi kerak. 
Quritgichning  qizdirish  kamerasi  temir-betondan  to'g'ri  burchakli  shaklda  qurilgan. 
Kamera ichida ko'n-dalang yo'nalishda 20 qator diametri 100 mm li cho'yan quvurlar 
(trubalar)  o'rnatilgan.  Kameraga  tushayotgan    urug'lar  uning  kesimi  bo'yicha  bir 
tekisda  taqsimlanishini  ta'minlash  maqsadida  quvurlarning  har  bir  keyingi  qatori 
avvalgisiga nisbatan 100 mm ga siljitilgan. 
                                                 
 
16-rasm. Resirkulatsion  qurilmaning sxemasi 


74 
 
Qurituvchi  agent  300-350  °C  harorat  ostida  havo  yuborish  yo'li  3  orqali 
qizdirish  kamerasining  pastki  qismiga  urug'lar  oqimiga  qarama-qarshi  yo'nalishda 
yuboriladi. Urug'lar namligi 10-12% ga pasayadi. 
 Moyli urug'larni qayta ishlovchi zavodlarda o'z yordamchi xizmat bo'limlariga 
ega  bo'lgan  keng  omborxona  xo'jaliklari  mavjud.  Ularning  eng  takomillashganlari-
urug'lar saqlanadigan aylana yoki kvadrat kesimli temir-beton yacheykali 2 silosli va 
elevatorli omborlardir (5.4-rasm). 
Gorizontal  transportyorlar  sistemasi  urug'larni  quritish-tozalash  qurilmalari  1 
dan silosli yacheykalarga, noriyalar esa urug'larni yuqoridagi lentali transportyorlar 3 
ga yetkazib berishga xizmat qiladi. 
Elevatorli  omborlar  juda  ixcham  bo'lib,  yong'inga  chidamli,  ularda 
bajariladigan  barcha  ishlarni  mexanizatsiyalashtirish  va  masofadan  turib  boshqarish 
mumkin. Ammo  shuni ham  ta'kidlab  o'tish  kerakki urug'lar  qatlami  balandligi 30 m 
dan  ortiq  bo'lgan  elevatorli  omborlarda  sochiluvchanlik  xususiyati  yomon  bo'lgan 
urug'lar  (paxta  chigiti  urug'i)  va  urug'  po'stlog'i  mustahkam  bo'lmagan  urug'larni 
(kanakanop  urug'i)  saqlab  bo'lmaydi.  Bunday  omborlarda  kanakanop  urug'iga 
o'xshagan  urug'lar  saqlanadigan  bo'lsa,  omborlarni  yuklash  va  bo'shatish  jarayonida 
urug' to'qimalariga ko'rsatilgan katta mexanik ta'sir natijasida urug'larning ko'p qismi 
shikastlanishi mumkin. 
 
 
             
 
17-rasm. Uruglarni elevatorli omborxonasi 


75 
 
Saqlanadigan  urug'lar  qatlamining  balandligi  15  m  dan  oshmaydigan 
mexanizatsiyalashtirilgan omborlarda urug'lar birmuncha kamroq mexanik ta'sirlarga 
uchraydi.  Bunday  omborlarda  paxta  chigitidan  tashqari  barcha  moyli  urug'larni 
saqlash mumkin. 
Paxta chigiti va shunga o'xshash sochiluvanlik xususiyati kam bo'lgan urug'lar 
massasi  yassi  tekisliklarda  to'kilgan  holda  omborxonalarda  saqlanadi.  Bunday 
omborxonalar ham mexanizatsiyalashtirilgan bo'ladi. Urug‘larni chaqish. Moyli urug' 
va mevalar to'qimalaridagi moy zaxiralari, odatda bir tekisda taqsimlanmagan bo'ladi: 
moyning  asosiy  qismi  urug'  mag'zida-murtak  va  endospermda  joylashgan.  Urug'  va 
meva  po'stloqlarida  esa  juda  ham  kam  moy  to'plangan  bo'lib,  u  boshqa  xil 
(oziqaviylik qiymati pastroq) lipidli tarkibga ega bo'ladi. 
Shunga  asosan,  ko'pgina  turdagi  moyli  urug'lar  va  mevalarni  qayta  ishlashda 
ularning meva va urug' po'stloqlari asosiy moyli to'qima qismi- mag'izdan ajratiladi. 
Bunda  qayta  ishlanayotgan  xomashyoning  moyliligi,  texnologik  qurilma  va 
moslamalarning ishlab chiqarish unumdorligi, moy va oqsilning sifati oshadi. 
Urug'  po'stlog'ini  mag'zidan  ajratish  jarayoni  po'stloqni  tashkil  etuvchi 
to'qimalarga  shikast  yetkazish-urug'ni  chaqish,  so'ngra  esa  «chaqilma»  deb 
nomlanuvchi  aralashmadan  mag'iz  va  sheluxani  (luzgani)  ajratish  jarayonlaridan 
iboratdir.  Moyli  urug'lar  po'stlog'i  va  mag'zining  fizik-mexanik  xossalariga  bog'liq 
ravishda  ularni  chaqish  uchun  turli  usullar  qo'llaniladi.  Chaqish  jarayoniga  bo'lgan 
eng  asosiy  talab-mag'izga  shikast  yetkazmaslik  va  uning  maydalanib  ketishiga  yo'l 
qo'ymaslikdir.  Chaqish  mashinalarining  takomillashmaganligi  sababli  ushbu  talabni 
to'la bajarib bo'lmaydi. 
Kungaboqar  urug'ini  chaqish  uchun  R-3  MOS  markazdan  qochma  chaqish 
mashinalariga (5.5-rasm) o'xshash qurilmalar qo'llaniladi. Sunday mashinalarda urug' 
bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida mag'izga ko'p shikast yetkazilmaydi. 
        Kungaboqar urug'lari uzluksiz oqimda simto'rli to'siq 3 ga kelib tushadi va uning 
umumiy yuzasi bo'yicha bir tekisda taqsimlanadi. O'z o'lchamidan ham katta bo'lgan 
aralashmalar bu yerda ajratib olingandan so'ng, urug'lar taqsimlovchi qurilma 2 orqali 
yuqori  va  pastki  ishchi  bo'lim  gardishlari  (disklar)  4  ning  o'n  beshta  radial 


76 
 
yo'naltiruvchi  kanallari  6  ga  so'rib  olinayotgan  havo  bilan  birga  yuboriladi.  Rotor 
gardishining  diametri  380  mm,  rotorning  aylanma  harakati  chastotasi  2100-2400 
min"1.  Radial  kanallardan  urug'lar  aylanma  qalqonga  (deka)  kelib  uriladi.  Bunda 
kungaboqar  urug'i  uchki  qismi  bilan  bir  marotabalik  zarbaga  uchrashi  natijasida  u 
chaqiladi. 
Chaqilma korpus 1 dan patrubka 11 orqali siklon 12 ichida joylashgan silindrik 
elak 13 ga kelib tushadi. Elak to'ri teshiklarining diametri 4 mm. Chaqilma silindrik 
elakning pastki qismiga  yo'nalgan  spiralsimon  harakat  qiladi, bunda  moyli  kukunlar 
(moyli «chang») elakdan o'tib tarnov 9 orqali mag'iz liniyasiga yuboriladi. Chaqilma 
esa tarnov 10 orqali aspiratsion clash qurilmasiga yuboriladi. 
          
 
18- rasm R-3 MOS rusumli markazdan qochma chaqish mashinasi 
 
              Stanina  8  va  rotorning  o'qi  (val)  7  chaqish  mashinasining  konstruktiv 
elementlaridir.  Chaqilgan  urug'laming  (chaqilmaning)  sifati  undagi  maqsadga 
muvofiq  bo'lmagan  fraksiyalar-chaqilmay  qolgan  yoki  chala  chaqilgan  urug'lar, 
maydalangan  mag'iz  (sechka)  va  moyli  kukunlar  miqdori  bilan  belgilanadi. 
Chaqilmay  qolgan  yoki  chala  chaqilgan  urug'lar  mag'iz  luzgaliligini  oshiradi, 
maydalangan  yadro  va  moyli  kukunlar  esa  luzga  bilan  birgalikda  moyning 
yo'qotilishlarini oshirib, moy chiqishini kamaytiradi. 


77 
 
Kungaboqar  urug'ini  chaqishda  bichali  chaqish  qurilmalaridan  ham 
foydalaniladi. Ammo bunday qurilmalarda urug'lar ko'p marta pala-partish zarbalarga 
uchrashi natijasida sifatsiz chaqilma olinadi. Shu sababli markazdan qochma chaqish 
mashinalaridan foydalanish afzalroqdir. 
Paxta  chigiti  va  shunga  o'xshash  moyli  urug'larni  zarba  natijasida  yorib 
chaqishning  iloji  yo'qligi  sababli,  ular  kesish  va  ishqalanishga  asoslangan 
qurilmalarda  chaqiladi.  Bunday  qurilmalarning  asosiy  organlari  bo'lib  gardishlar 
(disklar),  barabanlarga  o'rnatilgan  maxsus  pichoqlar  yoki  abraziv  hamda 
perforatsiyalangan gardishlar va valeslar xizmat qiladi. Tukliligi yuqori bo'lgan paxta 
chigiti, odatda, ikki bosqichda chaqiladi. 
Bunda  birinchi  nav  urug'  mag'zi  tarkibidagi  sheluxa  miqdori  10%  dan, 
to'rtinchi nav urug4 mag'zi tarkibidagi sheluxa miqdori esa 15% dan ortiq bo'lmasligi 
kerak. 
        Chaqilmani  mag'iz  va  luzgaga  (sheluxaga)  ajratish  maqsadida,  asosan, 
aspiratsion clash qurilmalari. buratlar, bitter-separatorlar, purifayerlar qo'llaniladi. Bu 
qurilmalarning  ishlash  prinsipi  mag'iz  va  luzganing  (sheluxaning)  liar  xil 
o'lchamlarga  va  aerodinamik  xossalarga  ega  ekanligiga  asoslangan.  Bu 
qurilmalardagi clash simto'rlarining diametrlari clash yo'nalishida kamayib boradi va 
bunda har xil fraksiyalar alohida ajratib olinadi. 
Bu bo'limning ish sifati ajratib olingan mag'izdagi luzga (sheluxa) ning qoldiq 
miqdori  hamda  ajratib  olingan  luzga  (sheluxa)ning  moylilik  darajasi  bilan 
baholanadi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish