24-rasm. Dastlabki distillator 25-rasm. Yakuniy distillator
Qizdirilgan mitsella forsimkalar orqali vakuum ostida distillatorning yuqori
qismidan purkaladi. Purkash natijasida bug'lanish yuzasi oshadi. Konsentrlangan
mitsella tomchilari forsunkalar 6 dan vertikal plastinalar 5 ga tushib, ular yuzasidan
yupqa qatlamda oqib tushaveradi. Bunda qizdirilgan o'tkir suv bug'i issiqligi ta'sirida
erituvchi ajralib chiqa boshlaydi.
Distillatorning pastki qismida 400-500 mm li moy qatlami yig'iladi. Bu qatlam
orqali o'ta qizdirilgan bug' yuboriladi (barbotaj). Shu bilan birga ushbu moy qatlami
apparatning g'ilofli bug' qizdirgichi yordamida ham qizdirib turiladi. Bunday ishlov
berish natijasida erituvchi butkul haydalib, tayyor moy distillatordan uzluksiz
sovitishga yuborila boshlanadi. Ikkinchi bosqichda yakuniy distillatsiyalash 4-5
minut davom etadi, bunda tayyor moy harorati 100-110 °C ni tashkil etadi.
Mitsellani distillatsiyalab olinadigan moyning sifati jarayonning texnologik
parametrlariga, shuningdek, ekstraksiyalashda materialdan ajratib olinadigan lipidlar
miqdori va tarkibiga bog'liqdir. Issiqlik ta'siri ushbu lipidlar guruhi o'zgarishlariga
olib keladi va nafaqat moy sifatini pasaytiradi, balki distillatsiyani amalga oshirishni
ham qiyinlashtiradi. Xususan, paxta chigitining yog'da eruvchan pigmenti-gossipolni
distillatsiya jarayonini amalga oshirishdan oldin yo'qotish alohida ahamiyatga ega,
chunki qizdirish natijasida gossipol turli kimyoviy o'zgarishlarga uchrab, moydan
ajratib olinishi qiyin bo'lgan mahsulotlar (moddalar) hosil qiladi. Gossipolni yo'qotish
uchun distillatsiyalashdan oldin mitsella ishqoriy rafinatsiyalanadi.
90
Mitselladagi moyni rafinatsiyalash (neytralizatsiyalash) uchun mitsellaning
optimal konsentratsiyasi 35-45% hisoblanadi.
Shuning uchun pastroq konsentratsiyada ekstraktordan chiqayotgan mitsellani
avvaliga birinchi bosqich distillatorida bug'latiladi yoki bunday mitsellaga
forpressdan chiqqan moy qo'shiladi. Optimal konsentratsiyali mitsella 20-22 °C
harorat ostida oqimlar aralashtirgichiga yuboriladi va bu yerda ishqor eritmasi bilan
aralashadi. Ishqorning moydagi erkin yog' kislotalari, fosfolipidlar, gossipol va
boshqa moddalar bilan ta'sirlashuvi natijasida qalqib chiqadigan sovunli
agregatsiyalar bilan mitsella aralashmasi 60-70°C gacha qizdiriladi va toza (tuzlardan
xoli) suv yordamida 90-9 5 °C harorat ostida uzluksiz ishlaydigan tindirgichlarda
ishlov beriladi. Bu yerdan tozalangan mitsella ikkinchi bosqich distillatoriga
yuboriladi.
Tindirgichlarda mitselladan ajratib olingan cho'kma (soapstok) dan erituvchi
maxsus kolonnalarda haydaladi (5.15-rasm).
Bu kolonna sferik qopqoq va konussimon tubga ega bo'lgan vertikal silindrik
korpus 1 dan iborat. Uning yuqori qismida ko'pik so'ndirish uchun bug'li barbotyor 2.,
o'rta qismida esa soapstokni purkash uchun ikkita bug'li forsunkalar 3 o'rnatilgan.
Kolonna vakuum ostida ishlaydi. 110°C gacha qizdirilgan soapstokning erituvchidagi
eritmasi forsunkalar orqali kolonna ichidagi bug'li kenglikka purkaladi, erituvchi
bug'lanib ketadi, soapstok esa omborga yuboriladi.
91
26- rasm Sapstokdan erituvchini haydash kolonnasi.
Shrotdan erituvchini haydash. Ekstraktordan chiqadigan shrot tarkibida 20-30%
erituvchi bo'ladi. Bu erituvchi konstruksiyasi mezga tayyorlanadigan qovurish
qozonlariga o'xshaydigan chanli bug'latgichlarda (tosterlarda) qizdirib, bug'latiladi
(haydaladi).
Chanli bug'ktgich-toster (5.16-rasm) diametri 2,1 m bo'lgan chanlardan iborat
kolonnali apparatdir. Chanlarning har jufti umumiy bug' bilan qizdiriladigan g'ilofga
ega. Barcha chanlar markazi orqali o'tgan val 1 ga shrotni aralashtirib turish va
chandan changa o'tkazish uchun mo'ljallangan pichoqli aralashtirgichlar o'rnatilgan.
Shrot tosterning yuqorigi chani 3 ga shlyuz orqali yuklanadi, klapanli bo'shatgich 6
orqali esa bo'shatiladi.
Tosterlarda shrotga gidrotermik ishlov berish parametrlari shunday
boshqarilishi kerakki, bunda erituvchini maksimal ajratib olish bilan birga
urug'lardagi zararli moddalar inaktivatsiyasi amalga oshsin va shrotning yem
sifatidagi oziqaviylik qiymati ko'tarilsin. Toster chanlaridagi bosimni tenglashtirib
turish uchun barcha chanlarni birlashtirib turadigan kollektor 5 ko'zda tutilgan.
Yuqori uchta changa o'tkir bug'dan tashqari suv ham yuboriladi. Yuqoridagi
chanda shrot namlanadi, keyingilarida esa quritiladi. Bu tayyor shrot tarkibida
92
erituvchining iloji boricha kam (minimal) qolishini va shrot oqsillari
denaturatsiyasinirig kerakli darajada amalga oshishini ta'minlaydi. Tosterning yuqori
qismida kengaytirgich 4 bo'lib, erituvchi va suv bug'lari bilan birga uchib keladigan
shrot zarralari uning devorlariga yopishib to'planib qolmasligi uchun uning ichida
qirg'ichli aralashtirgich o'rnatilgan.
27-rasm Toster
Tosterdan chiqayotgan shrot namligi 8,5-9%, erituvchining qoldiq miqdori
0,1% dan, ferroaralashmalar esa 0,01 % dan oshmasligi kerak. Shrot harorati 40 °C
dan oshmasligi kerak.
Mitsella va shrotni qayta ishlashda ajratib olinadigan erituvchi issiqlik
almashtirgich-kondensatorlarda bug'-gazli aralashmalardan kondensatsiyalash yo'li
bilan ajratilib regeneratsiyalanadi, so'ngra ishlab chiqarishga qaytarib yuboriladi.
Yem
hisoblanmish
shrot
esa
gid-rofuz
(pressdan
chiqqan
yoki
ekstraksiyalangan moyga suv bilan ishlov berganda hosil bo'ladigan cho'kma) yoki
soapstok bilan aralashtirilib, granulalanadi. Granulalangan shrot standart talablariga
javob berishi kerak.
93
Shrotdan oqsil konsentratlarini (izolatlarini) ajratib olish mumkin. Shrotdan
oqsillar avval NaCl ning suvli eritmasi, keyin esa NaOH yordamida ajratib olinadi.
Erimaydigan cho'kma ajratib olinadi, tarkibida 2-3 % oqsili bo'lgan ekstrakt esa
tozalanadi va HC1 yordamida cho'ktiriladi. Cho'ktirilgan oqsil yuviladi va 180-200
°C harorat ostidagi havo yordamida purkagichli quritish moslamalarida quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |