Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


-Mavzu.O‘simlik moylarini qayta ishlash xom-ashyolari va texnologiyasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

 
4-Mavzu.O‘simlik moylarini qayta ishlash xom-ashyolari va texnologiyasi. 
O‘simlik yog‘larini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasida yog‘ sanoatining 
etakchi  sohalaridan  biridir.  Uning  asosiy  xomashyolari  rafinatsiya  qilinmagan  yog‘. 
salomas,  soapstok  bo‘lsa,  asosiy  mahsulotlari-tozalangan  yog‘,  margarin,  mayonez, 
sovun va gletsirindir. 
Ushbu  fanda  yog‘-moy  sanoati  holati,  xomashyoni  mavjudligi  va  ishlab 
chiqarilayotgan    mahsulotlarni  turiga  qarab  texnologik  jarayonlarni  tuzilishi 
o‘rgatiladi. 
Talabalarning bilimi, malakasi va ko‘nikmasiga quyiladigan talablar. 
Bu  fanni  o‘rganayotgan  talabalar  oziq-ovqat  sanoatining  etuk  mutaxassisi 
bo‘lib chiqishlari lozim. «Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi» fani o‘rganilayotgan 
paytda  talabalar  ilgari  olgan  boshqa  maxsus  fanlar  bilimlaridan  foydalanadilar. 
Ta‘limning  yakunlanish  davrida  talabalar  etarlicha  nazariy  va  amaliy  o‘quvga  ega 
bo‘lib, texnologik jarayonlar va sxemalarining bir-biridan farqi va afzalliklarini ajrata 
bilishlari lozim. Olingan bilim yordamida yangi texnologik sxemalar yoki jarayonlar 
to‘g‘risida  etarlicha  ma‘lumotlarga  ega  bo‘lishlari  va  ularni  mantiqiy  ravishda 
ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. 
Mazkur  fanni  o‘zlashtirish  uchun  zarur  fanlar  ularning  bo‘limlari
 
―Asosiy 
texnologik  jarayon va  qurilmalar‖, «Biokimyo», «Mikrobiologiya  va  biotexnologiya 
asoslari»,  «Yog‘  va  moyli  xom  ashyolar  kimyosi».  «Korxonalar  uskunalari  va 
loyixalash asoslari». 
             Yog‘-moy  sanoati    respublika  oziq-ovqat  sanoatining  etakchi  tarmoklaridan 
biri.  O‘zbekistonda  qadimdan  o‘simlik  yog‘i,    kunjut,  zig‘ir,  indov,  maxsar  urug‘i, 
paxta  chigiti,  poliz  ekinlari  urug‘laridan  juvozlarda  olingan.  O‘zbekistonda  paxta 


94 
 
chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884-yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta 
kichiq  yog‘  zavodida  57  ming  t  paxta  moyi  ishlab  chiqarilgan.  Respublikada  yillik 
quvvati  3  mln.  t  moyli  o‘simlik  urug‘larini  qayta  ishlaydigan  22  ta  korxona  ishlab 
turibdi.  Sanoatning  bu  tarmog‘ida  paxta,  soya  moylari,  meva  danaklari  hamda 
sabzavot  urug‘laridan  olinib,  atir-upa,  farmatsevtika  va  oziq-ovqat  sanoati 
tarmoqlarida  ishlatiladigan    yog‘lar,  margarin  mahsulotlari,  mayonez,  kirsovun, 
atirsovun, 
texnika 
maqsadlari 
uchun 
boshqa 
turli 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqariladi.O‘simlik  moyi  ishlab  chiqarishda  yiliga  o‘rtacha  2,1  mln.  t  dan  ko‘proq 
paxta chigiti va  maxsar urug‘i, shuningdek import buyicha olinadigan soya dukkagi 
ishlatiladi.  Republika  yog‘-moy  sanoati  oziq-ovqat  sanoati  umumiy  mahsuloti 
hajmining  40  %  ga  yaqinini  beradi.Tarmok  korxonalarida    ishlab  chiqariladigan 
mahsulotlar,  xususan    paxta  moyi  eksportga  chiqariladi.  Koson,  Guliston  yog‘ 
ekstraktsiya  qo‘shma  korxonalarida  bir    kunda  1200  t  chigit,  Fargona  yog‘-moy  XJ 
quvvati  kunda  840  t  chigit,  Qo‘qon  yog‘-moy  XJ  quvvati  bir  kunda    810  t  chigit, 
―Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy‖ XJ; quvvati bir kunda 950 t chigit, Surxonoziqovqatsanoat 
XJ  bir  kunda  800  t  xom  ashyo,  Urganch  yog‘-moy  XJ  bir  kunda  800  t  xomashyoni 
qayta ishlaydigan tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. 
Toshkent  yog‘-moy  kombinati  OAJ  QKda  margarin  mahsulotlari  (yillik 
quvvati 52,4 ming t) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t), tarmoqdagi 10 ta korxona 
-  Fargona,  YAngiyo‘l,  Andijon,  Urganch,  Kattaqo‘rg‘on  va  boshqa  yog‘-moy 
zavodlarida  xo‘jalik  sovuni  (yalpi  yillik  umumiy  quvvati  103,7  ming  t)  ishlab 
chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy XJda yiliga 16,7 ming t turli kichik o‘lchamdagi  
(25,  40,  100  grammli)  atir  sovunlar  ishlab  chiqaradigan  liniyalar  ishga  tushirilgan, 
glitserin (yillik quvati 2 ming t) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida 
texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash 
ishlari  davom  ettirilmokda.  Korxonalarni  texnikaviy  jihatdan  qayta  jihozlashda 
Krupp,  Sket  (Germaniya),  «Alfa-Laval»  (SHvetsiya),  «Jon  Braun2»,  «Karver», 
«Kraun»  (AKSH),  «Matstsoni»,  «Bollista»,  (Italiya),  Germaniya,  Polsha,  Ukraina, 
Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 
           


95 
 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish