Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


-rasm. MEZ rusumli lentali ekstraktor



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

 
23-rasm. MEZ rusumli lentali ekstraktor 
 


85 
 
        Bu  ramkalarga  yacheykalari  o'lchami  8  *  8  yoki  20  x  20  mm  bo'lgan 
perforatsiyalangan po'lat tunukalar mahkamlanadi. Bu tunukalar yuzasi o'z navbatida 
yacheykalari  o'lchami  08  x  08  mm  bo'lgan  simto'r  bilan  qoplangan.  Lenta  elektr 
yuritgich  yordamida  reduktor  va  diskret  harakatlantiruvchi  mexanizm  orqali 
harakatga keltiriladi. Lentaning harakat tezligi 0,7-1,5 • 10~3 m/s. 
Ekstraksiyaga  yuborilayotgan  mahsulot  yuklash  bunkeri  2  orqali  lentali 
transportyorga  kelib  tushadi.  Lentali  transportyorning  yuqorigi  ishchi  qismi  shartli 
ravishda sakkizta purkab sug'orish bo'limiga ajratilgan, lentaning ishchi qismi ostida 
sakkizta  resirkulatsion  mitsella  yig'gichi  va  yana  bitta  ekstraktor  lentasini  yuvib 
turishga  mo'ljallangan  mitsella  yig'gichi  joylashgan.  Lentaning  paski  qismi  ishchi 
emas,  shuning  uchun  shu  joyda  lenta  unga  yopishib  qolgan  ekstraksiyalanayotgan 
material qoldiqlaridan tozalanib, mitsella bilan yuviladi.      Mitsella resirkulatsiyasi 
har biri to'rt seksiyadan iborat ikkita blok-nasos (so'rgich) 5 orqali amalga oshiriladi. 
Ekstraksiyalanayotgan  material  lenta  harakati  yo'nalishida  mitsellalar 
konsentratsiyasi  asta-sekinlik  bilan  pasayib  ketishi  tartibida  purkaladi.  Lenta 
harakatining  oxirgi  bo'limida  materialga  toza  erituvchi  purkab  ekstraksiyalanadi. 
Resirkulatsion mitsellalar va toza erituvchi forsunkalar 1 orqali purkaladi.   Purkalgan 
mitsella yoki erituvchi ekstraksiyalanayotgan material qatlamidan filtrlanib o'tayotib, 
undagi  moyni  ekstraksiyalab  har  safar  konsentratsiyasi  yuqoriroq  bo'lgan  mitsella 
hosil qiladi va tegishli shartli bo'lim ostida joylashgan yig'gichlarga oqib tushadi. 
Mitsella  va  material  qarama-qarshi  yo'nalishda  harakatlanadi.  Mitsella 
ekstraktordan  chiqish  yo'nalishida  faqat  mitsella  yig'gichlari  4  orqali  harakatlanadi. 
Hozirgi  paytda  eng  takomil-lashgan  ekstraktorlar  jumlasiga  rotatsion  karuselli 
ekstraktorlar  kiradi.  Bu  ekstraktorlarda  ham  mitsella  va  material  qarama-qarshi 
yo'nalishda  harakat  qiladi.  Ushbu  kamerali  apparat  ishi  erituvchida  botib  turgan 
materialni qarama-qarshi oqimdagi mitsella va erituvchi bilan purkab, ko'p bosqichli 
(pog'onali)  sug'orish  prinsipiga  asoslangan.  Ekstraktorlar  bir  yoki  ikki  yarusli 
(qavatli) bo'lishi mumkin. 
Bir  yarusli  ekstraktor  (5.12-rasm)  silindrik  havo  o'tkazmaydigan  korpus  4, 
rotor 9, perforatsiyalarigan (tirqishli) tub 5, mitsellayig'gichlar 14, materialni yuklash 


86 
 
va  bo'shatish  qurilmalari,  yuritgich  va  mitsellalarni  haydovchi  nasoslar  1,  2,  3  dan 
iborat.  Rotorning  ichki  6  va  tashqi  8  yuzalari  oralig'i  halqasimon  sig'imdan  iborat 
bo'lib,  u  radial  to'siqlar  7  yordamida  seksiyalar  yoki  kameralarga  bo'lingan. 
Ekstraktorning  tubi  qo'zg'almas  bo'lib,  tirqish  hosil  qiluvchi  elementlarni  konsentrik 
holda  joylashtirish  yo'li  bilan  yig'ilgan.  Tirqish  hosil  qiluvchi  elementlar  sifatida 
kesimi  trapetsiya  shaklidagi  simlardan  foydalanilgan.  Bunday  simlardan  yig'ilgan 
ekstraktor  tubining  tirqishlari  o'lchami  yuqoridan  0,8  mm,  pastdan  esa  1,5  mm  ni 
tashkil etadi. Bu tirqishlarda ekstraksiyalanayotgan materialning tiqilib qolishiga yo'l 
qo'yilmaslik uchun radial to'siqlar 7 ning pastki qismiga plastinkalar o'rnatilgan. 
                             

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish