Glikozidlar. Glikozidlar turli kimyoviy moddalar (spirtlar, aldegidlar, fenollar
va hokazo) bilan birikgan uglevodlardan (geksoza va pentoza) iborat.
Glikozidlar suvda eriydi. Ferment yoki kislotalar ta‘siri ostida ular gidrolizlanadi va
quyidagi tarkibiy qismlarga ajraladi: qand va noqand komponent – aglyukon.
Glikozidlar xossalari uning tarkibiga kirgan aglyukonga bog‗liq. Ko‗plab glikozidlar
meva va sabzavotga maxsus maza, hid va rang beradi.
58
Glikozidlarga gidrolizlanadigan oshlovchi moddalar, antotsian, amigdalin,
solanin, gesperidin, naringin, vaksinin va b. guruxiga mansub ranglovchi moddalar
kiradi.