Eruvchan kofe
- kukunsimon holgacha quritilgan qovurilgan tabiiy kofening
ekstraktidan iborat. U yoqimli mazaga va xushbo‘ylikka, yuqori qo‘zg‘atuvchilik
qobiliyatiga va suvda cho‘kma hosil qilmasdan erish qobiliyatiga ega. Kofening
namligi 4 %, kofeinning quruq moddalarga hisoblangan miqdori 2,8 % bo‘lishi,
metall aralashmalar 1 kg mahsulotda 3 mg ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Don holidagi qovurilgan kofe ichiga pergament qoplangan qog‘oz qutilarga yoki
kombinatsiyalashtirilgan materiallardan tayyorlangan qutichalar va xaltachalarga 50
dan 250 g gacha joylanadi. Ichiga o‘rovchi qog‘oz va pergament qog‘ozi yoki
polimer materiallardan tayyorlangan plenka qoplangan yog‘och yashiklarga 25 kg
dan joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |