Yong‘oqlar va yog‘li urug‘lar
.
Yong‘oqlar quruq yog‘ochsimon po‘choqqa o‘ralgan mag‘izdan iborat bo‘ladi.
Ularga grek yong‘og‘i, bodom, kedr yong‘og‘i, pista, funduq, keshyu va boshqalar
taaluqlidir. Yong‘oqlar tarkibida 70 % gacha yog‘, 15-25 % oqsil, 2-3 % mineral
moddalar, A, C vitaminlari va B guruhidagi vitaminlar mavjud bo‘ladi. Energetik
qiymati (kaloriyaligi) jihatdan ular barcha ma‘lum bo‘lgan o‘simlik mahsulotlaridan
yuqori turadi. Qandolatchilik sanoatida yong‘oqlar yuqori sifatli konfet va
shokolad mahsulotlarini, pirojniy va tortlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan
qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Ba‘zi bir yong‘oqlardan oziq-ovqat sanoatida,
tibbiyot va parfyumeriyada qo‘llaniladigan a‘lo darajadagi mazali yog‘lar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |