almashadigan barcha axborot mashrutizator orqali o‘tadi. Bu mar-shrutizatorlarni
chiquvchi paketlarni shifrlovchi va kiruvchi paketlarni rasshifrovka qiluvchi tabiiy
platformaga aylantiradi. Boshqacha aytganda, marshrutizator, umuman, marshrutlash
vazifasini VPN vazifasini madad-lash bilan birga olib borishi mumkin. Bunday
echim o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Afzalligi — marshrutlash va
VPN vazifalarini birgalikda ma’murlash qulayligidir. Korxona tarmoqlararo ekranni
ish-latmasdan korporativ tarmoq himoyasini faqat ham tarmoqdan foydalanish
bo‘yicha, ham uzatiladigan trafikni shifrlash bo‘yicha himoyalash vazifala-rini
birgalikda hal etuvchi marshrutizator yordamida tashkil etgan hollarda
mashrutizatorlarni VPNni madadlashda ishlatilishi ayniqsa foydalidur. Ushbu
echimning kamchiligi marshrutlash bo‘yicha asosiy amal-larning trafikni ko‘p
mehnat sarfini talab etuvchi shifrlash va autenti-fikatsiyalash amallari bilan birga
olib borilishi natijasida marshruti-zator unumdorligiga quyiladigan talablarning
oshishi bilan bog‘liq. Marshrutizatorlarning unumdorligini oshirishga shifrlash
vazifalarini apparat madadlash orqali erishiladi. Hozirda barcha marshrutizator va
boshqa tarmoq qurilmalarini etakchi ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining mahsulotlarida
turli VPN-protokollarini madadlaydilar. Bu sohada Cisco Systems va 3Com
kompaniyalari lider hisoblanadilar. Cisco Systems kompaniyasi o‘zlari ishlab
chiqqan marshrutizatorlarga eng keng tarqalgan standartlar asosida VPNlarni
qurishga
imkon
beruvchi
kanal
sathi
proto-kolini
madadlovchi
IOS
11.3(Internetwork Operation System 11.3) va tarmoq sathi protokoli IPSecmi kiritdi.
L2F protokoli avvalroq IOS operatsion tizimning komponentiga aylandi va Cisco
ishlab chiqaradigan barcha tarmoqlararo aloqa va masofadan foydalanish
qurilmalarida madadlanadi.
Cisco marshrutizitorlarida VPN vazifalari butunlay dasturiy yo‘l bilan yoki
shifrlash soprotsessori bo‘lgan maxsus kengaytirish platasidan foydalanilgan holda
amalga oshirilishi mumkin. Oxirgi variant VPN amallarida marshrutizator
unumdorligini anchagina oshiradi. Cisco Systems kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan VPN qurish texnologiyasi yuqori unumdorligi va moslanuvchanligi bilan
ajralib turadi. Unda "toza" yoki inkapsulyasiya qilingan ko‘rinishda uzatiluvchi har
qanday
IP-oqim
uchun
shifrlash
bilan
tunnellash
ta’minlanadi. Cisco
kompaniyasining
marshrutizatorlari
asosida
VPN-kanallarini
qurish
operatsiontizimining vositalari yordamida Cisco IOS 12.x. versiyasidan boshlab
amalga oshirila-di. Agar mazkur operatsion tizim kompaniyaning boshqa
bo‘limlaridagi Cisco chegara marshrutizatorlarida o‘rnatilgan bo‘lsa, bir
marshrutizatordan ikkinchisiga "nuqta-nuqta" turidagi virtual himoyalangan
tunnellar majmuasidan iborat bo‘lgan korporativ VPN tarmoqni shakllantirish imko-
niyati bo‘ladi.
Cisco marshrutizatorlari asosida korporativ VPN tarmogini qurishning
Do'stlaringiz bilan baham: