Texnik echimining arxitekturasi bo‘yicha VPN
H UH Z
turkumlanishi.
Ushbu turkumlash bo‘yicha virtual xususiy tarmoqlar quyidagi uch turga bo‘linadi:
-
korporatsiya ichidagi VPN tarmoq;
-
masofadan foydalaniluvchi VPN tarmoq;
-
korporatsiyalararo VPN tarmoq.
Korporatsiya ichidagi VPN tarmots.
Korporatsiya ichidagi VPN tarmoqlar
(Intranet VPN) korxona ichidagi bo‘linmalar yoki aloqaning kor-poratsiya
tarmoqlari (shu jumladan, ajratilgan liniyalar) yordamida bir-lashtirilgan korxonalar
guruhi orasida himoyalangan aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi. Uzining filiallari
va bo‘limlari uchun axborot-ning markazlashtirilgan omboridan foydalanishga
ehtiyoj sezgan kompa-niyalar masofadagi uzellarni ajratilgan liniyalar yoki frame
relay texno-logiyasi yordamida ulaydilar. Ammo ajratilgan liniyalarning ishlatilishi
egallanadigan o‘tkazish polosasining va ob’ektlar orasidagi masofaning
kattalashgani sari joriy sarf-harajatlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Bularni
kamaytirish uchun kompaniya uzellarini virtual xususiy tarmoq yordamida ulashi
mumkin.
Intranet VPN tarmoqlar Internetdan yoki servis-provayderlar tomoni-dan
taqdim etiluvchi bo‘linuvchi tarmoq infratuzilmalaridan foydalangan holda quriladi.
Kompaniya narhi qimmat ajratilgan liniyalardan voz ke-chib, ularni arzonroq
Internet orqali aloqa bilan almashtiradi. Bu o‘tkazish polosasidan foydalanishdagi
sarf-harajatni jiddiy kamaytira-di, chunki Interne^ masofa ulanish narhiga hech ta’sir
etmaydi.
Intranet VPN uchun quyidagi afzalliklar xarakterli:
-
konfidensial axborotni himoyalash uchun shifrlashning kuchli kriptografik
protokollaridan foydalanish;
-
avtomatlashtirilgan savdo tizimi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
kabi jiddiy ilovalarni bajarishda ishlashining ishonchliligi;
- soni tez o‘sayotgan foydalanuvchilar, yangi ofislar va yangi dasturiy
ilovalarni samaraliroq joylashtirish uchun boshqarishning moslashuvchan-ligi.
Internetdan foydalanib Intranet VPNni qurish VPN-texnologiyani amalga
oshiruvchi eng rentabel usuli hisoblanadi. Ammo Interne^ servis darajasi umuman
kafolatlanmaydi. Kafolatlangan servis darajasini hohlovchi kompaniyalar o‘zlarining
VPNlarini server-provayderlari tomo-nidan taqdim etiluvchi bo‘linuvchi tarmoq
inftuzilmalaridan foydalanib saflash imkoniyatlarini ko‘rishlari shart.
Masofadan foydalaniluvchi VPN tarmots.
Masofadan foydalaniluv-chi virtual
xususiy tarmoqlar VPN (Remote Access VPN) korporatsiyaning mobil yoki
masofadagi xodimlariga (kompaniya rahbariyati, mehnat safari-dagi xodimlar,
kasanachilar va h.) korxona axborot resurslaridan himoyalangan masofadan
foydalanishni ta’minlaydi.
Masofadan
foydalanuvchi
virtual
xususiy
tarmoqlarning
(8.5-rasm)
kommutatsiyalanuvchi va ajratilgan liniyalardan foydalanishning har oyda-gi sarf-
harajatlarini anchagina kamaytirishga imkon berishi, ularning umumiy e’tirof
etilishiga sabab bo‘ldi. Ularning ishlash prinsipi od-diy: foydalanuvchilar global
tarmoqdan foydalanishning mahalliy nuqtasi bilan ulanishlarni o‘rnatadi. So‘ngra
ularning so‘rovlari Internet orqali tunnellanadi. Bu shaharlararo va xalqaro aloqa
uchun to‘lovdan qutilishga imkon beradi. Undan keyin barcha so‘rovlar mos
uzellarda to‘planadi va korporatsiya tarmoqlariga uzatiladi.
Xususiy boshqariluvchi tarmoqlardan (dial networks) masofadan foy-
dalaniluvchi VPN tarmoqlarga (Remote Acces VPN) o‘tish quyidagi afzal-liklarni
beradi:
-
shaharlararo nomerlar o‘rniga mahalliy nomerlardan foydalanish imkoniyati
shaharlararo telekommunikatsiyaga sarf-harajatlarni anchagina kamaytiradi;
-
autentifikatsiyalash
jarayonini
ishonchli
o‘tkazishni
ta’minlovchi
masofadagi va mobil foydalanuvchilar haqiqiyligini aniqlash tizimi-ning
samaradorligi;
-
masshtablanishning yanada yuqoriligi va tarmoqqa qo‘shiluvchi yangi
foydalanuvchilar saflanishining oddiyligi;
-
kompaniya e’tiborini tarmoq ishlashi muammolari o‘rniga asosiy
korporatsiya biznes-maqsadlariga qaratish.
Ta’kidlash lozimki, sezuvchan korporatsiya trafigini tashishda ochiq tarmoq
SHegpegning birlashtiruvchi magistral sifatida ishlatilishining masshtabi oshib
bormoqda. Bu axborot himoyasi mexanizmini ushbu texnolo-giyaning eng muhim
elementiga aylantiradi.
Korporatsiyalararo VPN tarmots.
Korporatsiyalararo VPN tarmoqlardan
(Extranet VPN) biznes bo‘yicha strategik sheriklar, xususan chet el asosiy
ta’minotchilar, yirik buyurtmachilar, mijozlar va h. bilan samarali aloqani va
axborotni himoyalangan almashinuvini tashkil etishda foydalaniladi (8.6-rasm).
Extranet — bir kompaniya tarmog‘idan ikkinchi kompaniya tarmog‘ining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishini ta’minlash orqali ish yuzasidan hamkorlik
jarayonida aloqa ishonchliligini oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir.
Extranet VPN tarmoqlari umuman korporatsiya ichidagi virtual xusu-siy
tarmoqlarga o‘xshash, farqi shundaki, korporatsiyalararo virtual xusu-siy tarmoqlar
uchun axborot himoyasi muammosi keskinroqdir. Extranet VPN uchun ishbilarmon
sheriklar o‘zlarining tarmoqlarida qo‘llashlari mumkin bo‘lgan turli VPN-echimlar
bilan aloqa qilish imkoniyatlarini kafolatlovchi standartlashtirilgan VPN-
mahsulotlardan foydalanish xa-rakterlidir.
Bir necha kompaniyalar birga ishlashga kelishib, bir-birlariga tarmoqlarini
ochishganida, ular yangi sheriklarining faqat ma’lum axbo-rotdan foydalanishlariga
yo‘l qo‘yishlari lozim. Bunda konfidensial ax-borot ruxsatsiz foydalanishdan
ishonchli himoyalanishi zarur. Aynan, shu sababli korporatsiyalararo
tarmoqlarda ochiq tarmoq tomonidan tarmoqlararo ekran (brandmauer)
yordamida
nazoratga
katta
ahamiyat
beri-ladi.
Axborotdan
haqiqiy
foydalanuvchining foydalanishini kafolatlov-chi autentifikatsiyalash ham muhim
hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashning
saflangan tizimi o‘ziga e’tibor-ni jalb qilmasligi shart.
Extranet VPN ulanishlari intranet VPN va remote access VPN lar amalga
oshirilishidagi ishlatilgan arxitektura va protokollardan foyda-lanib saflanadi. Asosiy
farq shundan iboratki, extranet VPN foydala-nuvchilariga beriladigan foydalanishga
ruxsat ular sherigining tarmog‘i bilan bog‘liq.
Ba’zida VPN tarmog‘ining lokal varianti (Localnet VPN) alohida guruhga
ajratiladi. Localnet VPN lokal tarmog‘i kompaniya lokal tarmog‘i ichida (odatda,
markaziy ofis) aylanuvchi axborotlar oqimidan kompaniya-dan ishlovchi "ortiqcha
qiziquvchi" xodimlarning ruxsatsiz foydalanishi-dan himoyalashni ta’minlaydi.
Ta’kidlash lozimki, hozirda VPNni amalga oshiruvchi turli usullarning
konvergensiyasi g‘oyasi ko‘zga tashlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |