Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg


 Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarning turkumlanishi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/65
Sana21.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#395121
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
pochta aloqasi korxonalarida vpn tarmogini tashkil etishning oziga xos xususiyatlari

3.2. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarning turkumlanishi 

Himoyalangan  virtual  xususiy tarmoqlar  VPNni turkumlashni turli  variantlari 

mavjud. Ko‘pincha turkumlashning quyidagi uchta alomati ishla-tiladi: 

-

 



OSI modelining ish sathi; 

-

 



VPN texnik echimining arxitekturasi; 

-

 



VPNni texnik amalga oshirish usuli. 

OSI  modelining  ish  sathi  bo‘yicha  VPN

H UH Z 

turkumlanishi. 

Ushbu 


turkumlash  anchagina  qiziqish  to‘g‘diradi,  chunki  amalga  oshiriluvchi  VPNon^ 

funksionalligi  va  uning  korporativ  axborot  tizimlari  ilova-lari  hamda  himoyaning 

boshqa  vositalari  bilan  birgalikda  ishlatilishi  ko‘p  hollarda  tanlangan  OSI  sathiga 

bog‘liq bo‘ladi. 




OSI  modelining  ish  sath  alomati  bo‘yicha  kanal  sathidagi  VPN,  tarmoq 

sathidagi  VPN  va  seans  sathidagi  VPN  farqlanadi.  Demak,  VPN^  odatda  OSI 

modelining  pastki  sathlarida  quriladi.  Buning  saba-bi  shuki,  himoyalangan  kanal 

vositalari  qanchalik  pastki  sathda  amalga  oshirilsa,  ularni  ilovalarga  va  tatbiqiy 

protokollarga  shunchalik  shaf-fof  qilish  soddalashadi.  Tarmoq  va  kanal  sathlarida 

ilovalarning  himoya  protokollariga  bog‘liqligi  umuman  yo‘qoladi.  SHu  sababli, 

foydalanuvchi-lar uchun universal va shaffof himoyani  faqat OSI  modelining pastki 

sathlarida  qurish  mumkin.  Ammo,  bunda  biz  boshqa  muammoga-himoya  proto-

kolining muayyan tarmoq texnologiyasiga bog‘liqligi muammosiga duch kela-miz. 

Kanal  sathidagi  VPN. 

OSI  modelining  kanal  sathida  ishlatiluvchi  VPN 

vositalari  uchinchi  (va  yuqoriroq)  sathning  turli  xil  trafigini  in-kapsulatsiyalashni 

ta’minlashga  va  "nuqta-nuqta"  tilidagi  virtual  tunnel-larni  (marshrutizatordan 

marshrutizatorga 

yoki  shaxsiy  kompterdan  lokal  hisoblash  tarmog‘ining 

shlyuzigacha)  qurishga  imkon  beradi.  Bu  guruhga  L2F  (Layer  2  Forwarding)  va 

PPTP  (Point-to-Point  Tunneling  Protocol)  protokol-lari  hamda  Cisco  Systems  i 

MicroSoft  firmalarining  birga  ishlab  chiqqan  L2TP(Layer  2  Tunneling  Protocol) 

standartidan foydalanuvchi VPN-mahsulotlar taalluqli. 

Himoyalangan  kanalning  protokoli  PPTP  "nuqta-nuqta"  ulanishlari-da, 

masalan,  ajratilgan  liniyalarda  ishlaganda  keng  qo‘llaniluvchi  PPP  protokoliga 

asoslangan.  PPTP  protokoli  ilovalari  va  tatbiqiy  sath  xiz-matlari  uchun  himoya 

vositalarining  shaffofligini  ta’minlaydi  va  tarmoq  sathida  ishlatiluvchi  protokolga 

bog‘liq  emas.  Xususan,  PPTP  pro-tokoli  ham  IP  tarmoqlarida,  ham  IPX,  DECnet 

yoki  NetBEUL  protokollari  asosida  ishlovchi  tarmoqlarda  paketlarni  tashishi 

mumkin.  Ammo,  PPP  protokoli  hamma  tarmoqlarda  ham  ishlatilmasligi  sababli 

(aksariyat  lo-kal  tarmoqlarida  kanal  sathida  Ethernet  protokoli  ishlasa,  global 

tarmoqlarda  ATM,  Frame  Relay  tarmoqlari  ishlaydi),  uni  universal  vosi-ta  deb 

beo‘lmaydi.  Yirik  birikma  tarmoqning  turli  qismlarida,  umuman  aytganda,  turli 

kanal protokollari ishlatiladi. SHu sababli bu geterogen muhit orqali kanal sathining 

yagona protokoli yordamida himoyalangan ka-nalni o‘tkazish mumkin emas. 

L2TP protokoli, ehtimol,  lokal  hisoblash tarmoqlaridan  foydala-nishni tashkil 

etishda ustunlik qiluvchi echim bo‘lib qolishi mumkin (chun-ki u, asosan, Windows 

operatsion tizimiga tayanadi.) 



Tarmots  sathidagi  VPN. 

Tarmoq  sathidagi  VPN-mahsulotlar  №ni  IPra 

inkapsulyasiyalashni bajaradi. Bu sathdagi keng tarqalgan protokol-lardan biri SKIP 

protokolidir.  Ammo  bu  protokolni  autentifikatsiyalash,  tunnellash  va  IP-paketlarni 

shifrlash uchun atalgan IPSec(IPSecurity) pro-tokoli asta-sekin surib chiqarmoqda. 

Tarmoq  sathida  ishlovchi  IPSec  protokoli  murosaga  asoslangan  vari-ant 

hisoblanadi.  Bir  tomondan  u  ilovadar  uchun  shaffof,  ikkinchi  tomon-dan  keng 

tarqalgan IP protokoliga asoslanganligi sababli barcha tarmoqlarda ishlashi mumkin. 

SHu  orada  esdan  chiqarmaslik  lozimki,  IPSecning  spetsifikatsiyasi  IPra 

mo‘ljallanganligi sababli u tarmoq sathining boshqa protokollari trafigi uchun to‘g‘ri 

kelmaydi.  IPSec  protokoli  L2TP  protokoli  bilan  birgalikda  ishlashi  mumkin. 

Natijada  bu  ik-ki  protokol  ishonchli  identifikatsiyalashni,  standartlangan  shifrlashni 

va  ma’lumotlar  yaxlitligini  ta’minlaydi.  Ikkita  lokal  tarmoq  orasidagi  IPSectunneli 

ma’lumotlar uzatuvchi yakka tarmoqlar to‘plamini madadlashi mumkin. Natijada bu 

xildagi  ilovalar  masshtablanish  nuqtai  nazaridan  ikkinchi  sath  texnologiyalariga 

nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. 

IPSec  protokoli  bilan  masofadagi  qurilmalar  orasida  kriptogra-fik  kalitlarni 

xavfsiz boshqarish va almashish masalalarini echuvchi IKE (Internet Key Exchange) 

protokoli  bog‘langan.  IKE  protokoli  kalitlarni  almashishni  avtomatlashtiradi  va 

ximoyalangan ulanishni o‘ranatadi, IPSec esa paketlarni kodlaydi va "imzo chekadi". 

Undan tashqari, IKE o‘rnatilgan ulanish uchun kalitni o‘zgartirish imkoniyatiga ega. 

Bu uzatiluvchi axborot-ning konfidensialligini oshiradi. 



Seans  sathidagi  VPN. 

Ba’zi  VPN^  "kanal  vositachilari"  (circuit  proxy)  deb 

ataluvchi usuldan foydalanadi. Bu usul transport sathi ustida ishlaydi va har bir soket 

uchun  alohida  trafikni  himoyalangan  tarmoqdan  umumfoydanuvchi  Internet 

tarmog‘iga  retranslyasiyalaydi.  (IP  soketi  TCP-ulanishning  va  muayyan  port  yoki 

berilgan  port  UDP  kombinatsiyasi  orqali  identifikatsiyalanadi.  TCP/IP  stekida 

beshinchi-seans  sathi  bo‘lmaydi,  am-mo  soketlarga  mo‘ljallangan  amallarni 

ko‘pincha seans sathi amallari deb yuritishadi.) 

Tunnelning  initsiatori  va  terminatori  orasida  uzatiluvchi  axborot-ni  shifrlash 

transport  sathi  TLS(Transport  Layer  Security)  yordamida  amal-ga  oshiriladi. 

Tarmoqlararo  ekran  orqali  autentifikatsiyalangan  o‘tishni  standartlash  uchun 



SOCKS  deb  ataluvchi  protokol  aniqlangan  va  hozirda  SOCKS  protokolining  5-

versiyasi kanal vositachilarini standart amalga oshirilishida ishlatiladi. 

SOCKS  protokolining  5-versiyasida  mijoz  kompyuteri  vositachi  (proxy) 

vazifalarini  bajaruvchi  server  bilan  autentifkatsiyalangan  soket  (yoki  seans) 

o‘rnatadi.  Bu  vositachi-tarmoqlararo  ekran  orqali  bog‘lanishning  yagona  usuli. 

Vositachi,  o‘z  navbatida,  mijoz  tomonidan  so‘ralgan  har  qanday  amalni  bajaradi. 

Vositachiga  soket  sathidagi  trafik  ma’lumligi  sababli,  u  sinchiklab  nazorat  qilishi, 

masalan,  muayyan  ilova-larni,  agar  ular  zaruriy  vakolatlarga  ega  bo‘lmasa, 

blokirovka qilishi mumkin. 

Agar IPSec protokoli  mohiyati bo‘yicha, IP tarmoqni himoyalangan tunnelga 

tarqatsa, SOCKS protokoli asosidagi mahsulotlar uni alohida har bir ilova va har bir 

soketga  kengaytiradi.  Ikkinchi  va  uchinchi  sathning  yaratilgan  tunnellari  ikkala 

yo‘nalishda  birday  ishlasa,  5  sathning  VPN  tarmog‘i  har  bir  yo‘nalishda  uzatishni 

mustaqil  boshqarishga  ruxsat  beradi.  IPSec  protokolga  va  ikkinchi  sath 

protokollariga  o‘xshab  5  sathning  VPN  tarmog‘ini  virtual  xususiy  tarmoqlarning 

boshqa turlari bilan birga ishlatilishi mumkin, chunki bu texnologiyalar bir-birini in-

kor qilmaydi. 




Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish