2 – savol bayoni.
Mamlakatimizga ichki va tashqi manbalar hisobidan
investitsiyalarni jalb etish hisobiga iqtisodiyotni modernizatsiyalash jadal sur’atlar
bilan davom etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda
rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlar tajribalariga tayangan holda investitsiya
siyosatini amalga oshirishda quyidagi uch prioritetli yo‘nalishga alohida e’tibor
berilmoqda:
- import o‘rnini bosish strategiyasini rivojlantirish;
- tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash;
- ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish.
Investitsiyalarni jalb etishda e’tiborli jihat Koreya Respublikasining
investitsiya
strategiyasida
namoyon
bo‘ladi.
Ushbu
mamlakat
xorijiy
investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda
Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSH va
Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va
ishlab chiqarish texnologiyasini o‘ziga tatbiq qilishga intilgan. Malayziyaning
investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga
yo‘naltirish bo‘lib hisoblanadi
40
. Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va
yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan,
nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda.
Xususiy sektorning o‘zida investitsiyalarning yillik o‘rtacha o‘sishi 11-12 foizni
tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog‘i 50 foizdan
ortiq bo‘lib, so‘nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori
95 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan. Malayziyada sanoatni rivojlantirishning
bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan
mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg‘or texnologik tarmoqlarni
rivojlantirish;
- sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko‘maklashishб sanoatga ilg‘or
texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish
texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni
yanada kengaytirish;
- sanoatning o‘sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish, milliy
sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish;
- ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va
ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy salohiyat
va
raqobatdoshlikni
mustahkamlash
maqsadida
strategik
hamkorlik
va
markazlashuvni rag‘batlantirish.
Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida
turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo‘lib, bunda investitsiya natijasida olingan
foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa,
hududlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida nisbatan yaxshi
rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi investorlar foyda solig‘idan dastlabki 5
yil davomida to‘liq ozod qilinadi. Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor
yo‘nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni
40
http://www.ved.gov.ru/articles sayti ma’lumotlari asosida
109
rag‘batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan
ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining
tatbiq etilishiga tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni
ko‘rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan
foydalanish uchun ham yangilik zarur bo‘ladi. Ushbu ikkala yo‘nalish bir-biri bilan
uzviy bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi.
Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‘plangan bo‘lib,
undan
O‘zbekiston
amaliyotida
foydalanish
investitsiyalash
amaliyotini
takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan
mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga
erishilmoqda. Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya
siyosatining asosiy yo‘nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy
natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya
siyosatining tajribasi o‘zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada
mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg‘or texnika va
texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlab
o‘tganidek, "O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli
spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va
imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda"
41
.
Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan
mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg‘or texnologiyalarni
joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik
talofati kam bo‘lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga
yo‘naltirilayotganining guvohi bo‘lamiz. Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlarining
investitsion faolligi yalpi talabning, kelajakda esa, milliy ishlab chiqarish hajmi va
bandlik darajasining indikatori hisoblanadi. Biroq, investitsion jarayonlarni
jadallashtirish uchun iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlarida iqtisodiy vaziyatni
aniq tasavvur qila olish kerak. Investorlar, har doim, investitsiya qilinayotgan
ob’ektning salohiyatini va uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini hisobga
oladilar. Iqtisodiyot sektorlarining investitsion jozibadorligi ko‘plab omillarga
bog‘liq va u alohida xususiyatga ega. Iqtisodiyot sektorida yuzaga kelgan vaziyatni
baholash
birinchi
galda
xal
qilinishi
lozim
bo‘lgan
muammolarni,
nomutanosibliklarni aniqlaydi. Muammoli nuqtalarga o‘z vaqtida e’tiborning jalb
qilinishi xorijiy investorlar uchun ob’ektlar jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
Amaliyotda investorlarning maqsadi, vazifalari va imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda u yoki bu mamlakatda muammolarning ahamiyati nuqtai nazaridan
iqtisodiyot sub’ektlaridagi investitsion vaziyatni baholash bo‘yicha bir qancha
uslubiy yondashuvlar mavjud. MDH, jumladan Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarda
bu sohadagi ishlar Hukumat topshirig‘iga ko‘ra Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki,
TACIS, USAID, British & American Tobacco, Ernst & Young kabi ko‘plab xorijiy
tashkilotlar, xalqaro auditorlik kompaniyalarining ekspertlarini jalb qilgan holda
amalga oshirilgan. Iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni taqqoslama hisob-
41
Karimov I.A. "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari"//T.:O’zbekiston, 2009, 9-bet.
110
kitoblar yordamida tahlil qilish uchun turli tahliliy hisoblash va algoritmik matematik
usullardan foydalanilgan. Mazkur hisob-kitoblar uchun xorijiy tajribalar natijasida
ishlab chiqilgan uch omilli modeldan, investitsion jozibadorlik muammolari bilan
shug‘ullanuvchi ko‘plab xorijiy va mahalliy auditorlik, konsalting firmalarining
yuqori malakali mutahassislari takliflaridan foydalanildi. Real sektordagi iqtisodiy
vaziyatni investitsion jozibadorlik darajasi bo‘yicha baholash integrallashgan hisob-
kitoblar asosida quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topgan:
1 - rivojlanish istiqbollari,
2 - faoliyat samaradorligi
3 - investitsion hatarlar. Mazkur elementlarning har biri alohida indikatorlarni
guruhlash yordamida tartibga solingan yahlit ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettiradi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |