real sektor
– haqiqatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish tarmoqlari va unga
xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni o‘z ichiga qamrab olgan tarmoq va sohalardir.
Yirik korxonalarda ishlab chiqiladigan mahsulotlarni raqobatbardoshligini
oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni, texnologik jarayonlarni
hamda xom ashyo va materiallarni sarflash normalarini ratsionlashtirish, shuningdek,
yo‘qotishlar va behuda harajatlarni bartaraf etish natijasida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar tannarxining o‘rtacha 10,1 foizga kamayishiga erishildi va umuman real
sektorda sanoat korxonalari bo‘yicha mehnat unumdorligining 6,5 foizga oshganligi
ta’minlandi.
Real sektorda muhim yuqori texnologik va zamonaviy ob’ektlar hamda
quvvatlar ishga tushirildi. 2019 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston
Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami
moliyalashtirish manbalari hisobidan 29885,1 mlrd. so‘mlik, (dollar ekvivalentida 3,6
mlrd.AQSH doll.) yoki 2018 yilga nisbatan 129,9 foizga asosiy kapitalga
104
investitsiyalar o‘zlashtirildi.
YAIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar – 32,8
foizni tashkil etib, 2018 yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 4,4 foiz
punktga o‘sish. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kommersiya banklari
tomonidan 2,1 trln. so‘mdan ko‘p bo‘lgan hajmda kredit berildi, tashabbuskorlarning
4,4 trln. so‘mlik xususiy vositalari investitsiya qilindi hamda xorijiy investorlarning
346,2 ming dollarlik vositalari o‘zlashtirildi. Qurilish materiallari sanoati (1,8 ming
loyiha), oziq-ovqat sanoati (1,7 ming loyiha), yengil va to‘qimachilik sanoati (1,3
ming loyiha) va boshqalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi.
Ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, real sektor tarmoqlari mamlakat yalpi
ichki mahsulotining o‘sishida hamda aholining turli ehtiyojlarini ta’minlashda asosiy
o‘rinlardan biri sifatida e’tirof etish mumkin.
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish – bu milliy manfaatlarni
ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil
oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki
tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy
barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va
aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy
shartlaridan biridir. Tarkibiy o‘zgartirishlar uzluksiz yuz beradi, ularni
rag‘batlantirish iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Hozirgi davr
yangi texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o‘zgartirishlarni yuzaga keltiradi.
Shu bois tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning
muhim jihati deb baholash zarur. Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish butun
milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O‘zbekistonda
iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish davlatning ko‘magida rivoj topadi. Chunki, bu
tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Shuning uchun
yirik tarmoqlarga investitsiyalarni davlat yo‘naltiradi va shu boisdan tarmoqlar
boshqalarga nisbatan jadal o‘sib boradi. Muhim tomoni shundaki, iqtisodiyot
tarkibini o‘zgartirish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.
Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish boshqa sohalarning ham o‘sishiga
olib keladi. Masalan, neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi neft-gaz sohasining
rivojlanishi bilan birgalikda, kimyo sanoati tarmoqlarining ham rivojlanishiga zamin
yaratiladi. Bu nafaqat energiya manbalarini eksport qilish imkonini beradi, balki turli
kimyoviy xomashyo moddalari va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga
imkon yaratadi. Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish mamlakat eksport
salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Tarmoqlar rivojida yangi davr
boshlanadiki, bu soha korxonalari ham bozor mexanizmi asosida rivojlanadi, o‘z-
o‘zini moliyalashtirish qoidasi amal qiladi, chunki iqtisodiyotni erkinlashtirish
yo‘liga aytilgan tarmoqlar ham tortiladi.
Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni baholash integrallashgan hisobkitoblar
asosida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:
1)Rivojlanish istiqbollari;
2)Faoliyat samaradorligi;
3)Investitsion xatarlar.
Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ilmiy-
texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet tizimi, davlatning
investitsion siyosati, mamlakatning to‘lov qobiliyati holati ta’sir qiladi. Real sektor
rivojini, natijada iqtisodiy o‘sishni moddiy ishlab chiqarishni texnik va texnologik
105
yangilashga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar miqdori hamda
innovatsiyalar ta’minlaydi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real
sektorga mamlakatning moliyaviy sektori holati ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, foiz
stavkalari darajasi, fond birjalari, sug‘urta tizimi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |