Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

2  –  savol  bayoni.
  Iqtisodiyot  va  uning  alohida  tarmoqlari  tarkibi  mamlakat 
iqtisodiyotini  rivojlanishining  asosini  tashkil  etadi.  Iqtisodiyot  va  uning  alohida 
tarmoqlarida  iqtisodiy  vaziyatni  aniq  tasavvur  qilish,  uning  kelajakdagi  rivojlanish 
istiqbollarini hisobga olish muhim iqtisodiyijtimoiy ahamiyatga ega.  
Real  sektor  iqtisodiyoti  tarkibi  –  bu  milliy  iqtisodiyotdagi  tovar  va  xizmatlar 
ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro aloqada 
va bog‘liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo‘ladilar. Real sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi 
bozorga  ne’matlar  ishlab  chiqaruvchi,  zamon  va  bozor  talabidagi  o‘zgarishlarga 
nisbatan  moslanuvchan  iqtisodiy  subyektlar  faoliyati  yig‘indisidan  iboratdir. 
Iqtisodiyotni real sektoriga mahsulot ishlab chiqarish bilan, nomoddiy boylik yaratish 
va xizmat  ko‘rsatish sohalari  ham kiritiladi. XX  asrning ikkinchi  yarmidan boshlab 
real sektor infratuzilmasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish sohalari va bozor xizmat 
ko‘rsatish  sohalaridan  tarkib topadi.  Iqtisodiyotning  real sektoriga  quyidagi  moddiy 
va nomoddiy boyliklar yaratish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalari kiradi:  
- sanoat;  
- qishloq xo‘jaligi;  
- qurilish; - transport va aloqa;  
- boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari.  


101 
 
Xizmatlar  sohasi  iqtisodiyotning  muhim  sohalaridan  biri  hisoblanadi  va 
iqtisodiyotning  barcha  sohalariga  sezilarli  ta’sir  qiladi.  Xizmatlar  sohasi  –  bu  bir 
tomondan  aholiga  ko‘rsatiladigan  xizmatlarining  assortimenti  bo‘lsa,  ikkinchi 
tomondan  tashkilotlar  va  yakka  ijrochilar  majmuasi  bo‘lib,  ular  xizmat  ko‘rsatish 
faoliyati  doirasida  iste’molchilarga  moddiy  va  ijtimoiy-madaniy  xizmatlarni 
ko‘rsatishadi.  Xizmatlar  sohasi  tarkibida  yetakchi  o‘rinlarni  transport  xizmatlari, 
aloqa  va  axborotlashtirish  xizmatlari,  savdo  xizmatlari,  mehmonxona  va  turistik-
ekskursiya xizmatlari egallaydi. Bulardan tashqari xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibiga 
kommunal xizmatlar, maishiy xizmatlar, avtomobillarni ta’mirlash xizmatlari, tibbiy 
xizmatlar  va  boshqa  xizmatlar  ham  kiradi.  Shuningdek  xizmat  ko‘rsatish  sohasi 
tarkibida bank, moliya va sug‘urta xizmatlari ham salmoqli o‘rin egallaydi, lekin ular 
iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga taalluqlidir. 
Makroiqtisodiyotning  real  sektorida  turli  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab 
chiqarish,  taqsimlash,  sotish  va  iste’mol  qilish  yuz  bersa,  moliyaviy  sektorda 
iqtisodiy  sub’ektlarning  talab  va  taklifni  shakllantiruvchi  pulga  oid  o‘zaro 
munosabatlari  amalga  oshiriladi.  Moddiy  tovar  ta’minoti  hamda  bozor 
sub’ektlarining bozor tizimi rivojlanishi uchun sharoitlar yaratuvchi iqtisodiy o‘zaro 
munosabatlari  yig‘indisini  o‘z  ichiga  oluvchi  tizim  real  sektor  infratuzilmasi  deb 
nomlanadi.  Uning  tarkibiga,  birinchidan,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  moddiy 
mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan  shug‘ullanuvchi  korxonalar  va 
kompaniyalar  birlashtiriladi.  Bunga  sanoat,  transport,  savdo,  telekommunikatsiya, 
marketing  kampaniyalari  kiradi.  Ikkinchidan,  noishlab  chiqarish  infratuzilmasi  – 
moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydigan va haridor bilan sotuvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar  shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’sir ko‘rsatmaydigan  tashkilotlardan 
iborat.  Ular  o‘z  ichiga  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarishga  ta’sir  ko‘rsatuvchi 
yangi  g‘oyalar,  asbob-uskunalar, texnologiyalarning  rivojlanishiga  yordam  beruvchi 
ilmiy  tashkilotlar  va  kompaniyalar,  qonunlar  va  normativ  hujjatlarni  qabul  qilish 
yordamida  o‘zaro  munosabatlarning  shakllanishini  tartibga  soluvchi  davlat 
tuzilmalari, turli xizmatlar ko‘rsatuvchi, tovarlarga bo‘lgan talabni yuzaga keltiruvchi 
va  haridor  bilan  sotuvchining  aloqalarini  o‘rnatuvchi  ijtimoiy  tashkilotlar  (sog‘liqni 
saqlash, madaniyat, ta’lim)ni qamrab olgan. 
Real  sektorning  tarmoq  infratuzilmasi  o‘zaro  bog‘langan  bo‘lib,  ko‘pincha 
o‘zaro  kesishadi  va  bir-birini  almashtiradi.  Real  sektor  tarmoqlariga 
elektroenergetika, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz sanoati, qurilish materiallari sanoati 
va qurilish sohasi, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, kimyo sanoati, neft-kimyo 
sanoati, agrar sanoat majmuasi, ko‘mir sanoati, yog‘och sanoati, yuk tashish va ishlab 
chiqarish  aloqasi,  yo‘lovchi  tashish  va  noishlab  chiqarish  aloqasi,  mashinasozlik  va 
metallga  ishlov  berish,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat,  san’at,  ta’lim,  turizm,  uy-joy 
kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish, yengil 
sanoat,  boshqa  sanoat  tarmoqlari,  moddiy  va  nomoddiy  ishlab  chiqarish  sohasining 
boshqa tarmoqlari kiradi. 
Ular yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof iqtisodiy farovonlik, ya’ni 
aholi  turmushining  sifatini  namoyish  etuvchi,  atrof  muhitning  holatini  tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar,  milliy  boylik  –  avvalgi  va  hozirgi  avlod  mehnati  bilan  ishlab 
chiqarilgan  (ijtimoiy  boylik)  va  resurslarni  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida 
qo‘llanilgan  (tabiiy  boylik),  muayyan  vaqt  mobaynida  umumiy  foydalaniladigan 
moddiy va nomoddiy ne’matlarning umumiy hajmidan iborat. 


102 
 
Iqtisodiyotning real sektorini tartibga solish sohasida davlat sanoat va tarkibiy 
o‘zgartirishlar  siyosatini  amalga  oshirishga  xizmat  qiladi.  Tarkibiy  o‘zgartirishlar 
siyosati  –  davlatning  iqtisodiyotni  o‘zgarib  turuvchi  bozor  sharoitlariga 
moslashtirishda  ishtirok  etishi  jarayonini  o‘zida  namoyon  etadi.  Davlatning  vazifasi 
iqtisodiyotning  muayyan  tarkibiy  qismlari  (tarmoqlar  va  sektorlar,  korxonalar, 
faoliyat  yo‘nalishlari,  iqtisodiy  hududlar)ni  qo‘llab-quvvatlash  va  yuzaga  keladigan 
harajatlarni  bartaraf  etishdan  iborat.  Umumiy  tarzda  aytganda,  iqtisodiyotimizning 
real  sektori  –  bu  iqtisodiyotning  asosiy  moddiy  ne’matlar  yaratuvchi  qismidir. 
Mazkur  sektorning  barqaror  o‘sish  tendensiyalari,  raqobatbardoshligining  ijobiy 
tomonga  o‘zgarib  borayotganligi  va  real  sektor  manfaatlarining  moliyaviy  sektor 
manfaatlari  bilan  muvofiqligi  iqtisodiy  rivojlanishga  sezilarli  darajada  ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
Real  sektordagi  korxonalarni  rivojlantirish  hamda  ular  o‘rtasida  raqobat 
muhitini shakllantirish, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini o‘sishida real sektor 
korxonalarining  o‘ziga  xos  o‘ringa  egaligi,  ularning  raqobatbardosh  va  sifatli 
mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  bo‘lgan  intilishlarini  yanada  oshirdi.  Bunda  esa 
bevosita  real  sektor  korxonalarini  tubdan  qayta  tashkil  etish  va  rivojlantirishning 
tashkiliy,  iqtisodiy  va  huquqiy  mexanizmlarini  takomillashtirish  asosida  real  sektor 
korxonalarida  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni  raqobatbardosh  va  sifatli 
mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  bo‘lgan  mas’uliyatni  o‘z  zimmalariga  olishni  yuklab 
qo‘ydi.  Dastlabki  ma’lumotlarga  ko‘ra,  2019  yilning  yanvar-martida  O‘zbekiston 
Respublikasi  yalpi  ichki  mahsuloti  (YAIM)  hajmi  joriy  narxlarda  91  097,7  mlrd. 
So‘mni  tashkil  etdi  va  2018  yilning  yanvar-marti  bilan  taqqoslaganda  5,3  foizga 
o‘sdi.  YAIM  deflyatori  indeksi  2018  yilning  yanvarmartidagi  narxlarga  nisbatan 
120,4 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 2 734,4 ming so‘mni 
tashkil  etdi    va  bu  ko‘rsatkich  o‘tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  3,4  foizga 
yuqoridir. 
Iqtisodiy  o‘sish  sur’ati  iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlarida  kuzatilgan  ijobiy 
dinamika  bilan  bog‘liqdir.  Iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  yaratilgan  yalpi 
qo‘shilgan qiymat (keyingi o‘rinlarda YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 88,7 
foizini tashkil etdi va 5,2 foizga o‘sdi (YAIM mutloq o‘sishiga ta’siri 4,5 foiz punktni 
tashkil  etdi).  Mahsulotlarga  sof  soliqlarning  YAIM  tarkibidagi  ulushi  11,3  foizni 
tashkil  etdi  va  5,8  foiz  darajasida  o‘sish  qayd  etildi  (YAIM  mutloq  o‘sishiga  ta’siri 
0,8  f.p.).  YAIM  o‘sish  sur’atiga  xizmatlar  sohasi  eng  katta  ta’sir  ko‘rsatdi  (2,0  f.p.) 
va  bu  soha  o‘tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  5,0  foizga  o‘sdi.  Shundan,  savdo 
xizmatlari  (avtotransport  vositalarini  ta’mirlash  xizmatlarini  qo‘shgan  holda)  4,2 
foizga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar  3,7  foizga,  tashish va saqlash  4,6 
foizga, axborot va aloqa 2,7 foizga va boshqa xizmatlar 5,7 foizga o‘sdi.   
Sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatida 6,8 foizlik o‘sish qayd etildi. Sanoat 
ishlab  chiqarishining  YAIM  mutloq  o‘sish  sur’atiga  ijobiy  ta’siri  1,8  f.p.  darajasida 
baholandi.  Sanoat  tarmog‘idagi  ijobiy  dinamika  tog‘-kon  sanoati  va  ochiq  konlarni 
ishlash  tarmog‘i  qo‘shilgan  qiymatining  4,8  foizga,  ishlab  chiqaradigan  (qayta 
ishlash)  sanoat  tarmog‘i  qo‘shilgan  qiymatining  7,6  foizga  va  boshqa  sanoat 
tarmoqlarining  5,5  foizga  o‘sishi  hisobiga  ta’minlandi.  O‘tgan  yilning  mos  davri 
bilan  taqqoslaganda  YAIM  tarmoqlari  bo‘yicha  tarkibida  qishloq,  o‘rmon  va  baliq 
xo‘jaligining  ulushi  16,6  foizdan  14,9  foizga,  qurilishning  ulushi  6,6  foizdan  6,1 
foizga  kamaydi,  sanoatning  ulushi  esa  30,3  foizdan  33,9  foizga  o‘sdi.  Xizmatlar 


103 
 
sohasining  YAIM  tarkibidagi  ulushi  45,1  foizni  tashkil  etdi  va  o‘tgan  yilning  mos 
davri bilan taqqoslaganda 1,4 f.p. ga kamaydi (7.1 - rasm). 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish