Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

2  –  savol  bayoni.
  Mamlakatimizni  2017-2021  yillarda  rivojlantirishning 
Harakatlar  strategiyasida  viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib 
ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish  masalasiga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  mamlakatimizni  2016-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017-yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning 
eng  muhim  ustuvory  o‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 
kengaytirilgan  majlisidagi  “Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy 
javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lishi  kerak” 
ma’ruzasida  aynan,  “...iqtisodiyot  tarmoqlari  va  ijtimoiy  sohani,  shuningdek, 
mamlakatimiz  hududlarini  rivojlantirish  bo‘yicha  qaysi  eng  muhim  ko‘rsatkichlarni 
joriy  yil  birinchi  choragi  va  birinchi  yarim  yilligida  bajarish  uchun  nima  qilish 
kerak?”  ta’kidlab  o‘tganlar
33
.  Dolzarb  masalalardan  biri  sifatida  e’tirof  etish  joizki, 
bugungi  kunda  viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlantirish,  ularning  mavjud  salohiyatidan  samarali  va  optimal 
foydalanish  hisobiga  hududlarni  barqaror  rivojlantirishga  erishish,  aholi  bandligini 
ustuvor  ta’minlashga  erishish,  barcha  mavjud  resurslar  salohiyatidan  oqilona 
foydalanishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.  
Toshkent,  Jizzax  va  Samarqand  viloyatlarida  tabiat  bilan  bog‘liq  ekologik 
turizmni  rivojlantirish  uchun  juda  qulay  imkoniyatlar  mavjud.  Samarqand,  Buxoro, 
Xiva,  Shahrisabz,  Qo‘qon  kabi  jahon  biladigan  turistik  shaharlar  mavjud.  Turizm 
 
33
 
Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат  Мирзиёевнинг  мамлакатимизни  2016  йилда  ижтимоий-
иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим 
устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маърузаси. «Халқ 
сўзи» Г.// 16.01.2017 й.  


95 
 
sohasida deyarli barcha viloyat va tumanlarda imkoniyatlar mavjud, ammo yuqorida 
sanab  o‘tilgan  hududlarda  absolyut  va  nisbiy  ustunliklar  ko‘proq  sanaladi.  Yana  bir 
jiddiy  farq  hududlarda  iqtisodiyotining  rivojlanganlik  darajasi  va  insonlar  uchun 
yashashi  uchun  zarur  ne’matlar  bilan  ta’minlash  imkoniyatlarida  o‘z  aksini  topadi. 
Ana  shunday  murakkab  holat  sharoitida  barcha  viloyat  va  tumanlarni  barqaror  va 
jadal  rivojlantirish,  ular  o‘rtasidagi  tafovutlarni  juda  kattalashib  ketishiga  yo‘l 
qo‘ymaslik  O‘zbekistonRespublikasi  rahbariyatining  jiddiy  e’tibor  berayotgan 
masalalari  qatoriga  kiradi.  Olib  borilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  natijasiga 
ko‘ra  hududlarning  rivojlanishida,  ularning  iqtisodiyotining  tarkibida  jiddiy  farqlar 
mavjud.  
2017-2021  yillarda  umumiy  qiymati  40  milliard  AQSH  dollari  miqdoridagi 
649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish 
rejalashtirilmoqda.  Natijada  keyingi  5  yilda  sanoat  mahsulotini  ishlab  chiqarish  1,5 
baravar,  uning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  33,6  foizdan  36  foizgacha,  qayta 
ishlash  tarmog‘i ulushi 80 foizdan  85  foizgacha oshadi
34
. Yuqoridagilardan  ko‘rinib 
turibdiki,bugungi  kunda  viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish,  ularda  mavjud  salohiyatdan  samarali  va  optimal 
foydalanish  hisobidan  hududlarni  barqaror  rivojlantirishga  erishish,  aholi  bandligini 
ustuvor  ta’minlashga  erishish,  barcha  mavjud  resurslar  salohiyatidan  oqilona 
foydalanishni  ta’minlash  dolzarb  masalalardan  biri  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb 
etmoqda.  
Mamlakatning  barcha  viloyat  va  tumanlaridagi  mavjud  imkoniyatlarni  chuqur 
o‘rganish,  iqtisodiyotini  ilmiy,  amaliy  tahlil  etish  asosida  viloyat  va 
tumanlarda,chekka  qishloqlarda  ham  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  xizmat  ko‘rsatish 
sohalarini keng rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Bu jarayoning asosiy maqsadlaridan 
bir  yurtimizning  barcha  hududlarida  istiqomat  qilayotgan  insonlar  uchun  shart-
sharoitlar  yaratish  hisoblanadi.  Mamlakatning  barqaror  rivojlanishi  ta’minlab 
berayotgan  hududiy  iqtisodiyot  tarmoqlari  muhim  hisoblanadi.  Bu  tarmoqlar 
mamlakat  aholisining  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  oziq-ovqatvaboshqa  turdagi 
mahsulotlarigabo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa 
xomashyoga  bo‘lgan  talabini  qondirishda  katta  ahamiyatgaega.  Shuni  mamnuniyat 
bilan  qayd  etish  joizki,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimiz  poytaxti  hisoblangan 
Toshkent  shahri  bevosita  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida  ijobiy  o‘sish 
tendensiyasiga  erishib  kelmoqda.  Innovatsion  tadqiqotlar  o‘tkazish,  ichki  va  tashqi 
bozorda  talabgir  yuqori  texnologiyali,  raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarish 
uchun yetakchi sanoat va kichik innovatsion korxonalar tashkil etish ularning asosiy 
vazifalari  sirasiga  kiradi.  Bundan  tashqari,  ular  zamonaviy  xorij  texnologiyalarini 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga joriy etish, ushbu maqsad uchun yuqori texnologik 
va  innovatsion  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishga  qodir  mahalliy  va  xorijiy 
investorlarni jalb etish bilan ham shug‘ullanadi
35
.  
Texnoparklar 
zimmasiga 
ilmiy 
tadqiqot 
va 
innovatsion 
loyihalar 
samaradorligini  oshirish  uchun  oliy  ta’lim  muassasalari,  akademik  fanlar  va  ishlab 
chiqaruvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  uzviy  aloqani  yo‘lga  qo‘yish,  ushbu  maqsadda 
olimlar,  yuqori  malakali  mutaxassislar,  amaliyotchilar  hamda  talabalarni  jalb  etish 
 
34
 
Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  «Ўзбекистон  Республикасини  янада  ривожлантириш  бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. «Халқ сўзи» Г.// 08.02.2017 й. №28 (6722). 
 
35
  www. sputnik.uz-сайти маълумотлари. 2017 йил 17 январ. 
 


96 
 
vazifasi  ham  yuklatilgan.  Texnopark  qatnashchilari  yer  solig‘i,  daromad  solig‘i, 
yuridik  shaxslarning  mulk  solig‘i,  ijtimoiy  infrastrukturani  obodonlashtirish  va 
rivojlantirish,  mikrofirma  va  kichik  korxonalar  uchun  yagona  soliq  to‘lovi  hamda 
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.  
Innovatsion  texnoparklar  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  sub’ektlari 
faoliyati rivojida ahamiyatli tomoni shundaki, aynan ushbu soha vakillari tomonidan 
yangi fikrlar tashabbusi natijasida innovatsion ishlanmalarni joriy etish orqali ishlab 
chiqarishni  modernizatsiya  qilish  va  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni 
diversifikatsiya qilishda ustuvor ahamiyatga ega.  2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-
sonli  “Erkin  iqtisodiy  zonalar  faoliyatini  faollashtirish  va  kengaytirishga  doir 
qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
Farmoni bevosita hududlarda xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real 
sektorlariga  investitsiya  kiritishi  uchun  yanada  qulay  sharoitlar  yaratish  maqsadida 
erkin  iqtisodiy  zonalar  uchun  yagona  huquqiy  rejimni  belgilash,  soliq  va  bojxona 
imtiyozlari, preferensiyalarni bir xillashtirishga to‘rtki bo‘ldi
36
.  
Xulosa  qilib  aytganda,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududlarni  kompleks  va 
mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, ularning mavjud salohiyatidan samarali 
va  optimal  foydalanish

hududlarda  aholining  o‘zgarib  borayotgan  ehtiyojlarini 
to‘laroq  qondirishga  erishishga,  hududiy  korxonalar  faoliyatiga  zamonaviy 
innovatsion  texnologiyalarni  ishlab  chiqarishga  keng  tatbiq  etishga,  hududiy 
raqobatdosh  va  xalqaro  standartlarga  javob  beradigan  sifatli  mahsulotlar  ishlab 
chiqarishga,  hududlarda  ishlab  chiqarishni  ixtisoslashuvini  to‘g‘ri  tashkil  etish  va 
ekologik  toza  mahsulot  ishlab  chiqarishga  o‘tishga,  hududlarning  tabiiy  resurs 
salohiyatidan  oqilona  foydalanish  mexanizmlarini  takomillashtirishga,  hududlardagi 
mavjud  mineral-xomashyo  resurslari  imkoniyatlarini  to‘g‘ri  baholash  va  qazib  olish 
hamda  qayta  ishlash  borasida  tejamkor  texnologiyalarni  joriy  qilishga,  hududlarda 
kichik sanoat zonalarini tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va ishlab 
chiqarishning  to‘liq  siklini  amalga  oshiruvchi  tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyatini 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish