1 – savol bayoni.
Hozirda mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish,
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni
amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar
alohida e’tiborga loyiq. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, shu orqali
jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish xorijiy
investitsiyalarni, birinchi galda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha
qulay shart-sharoitlar yaratishni talab etadi. Albatta, bunday dolzarb vazifalarni
amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki,
erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish mamlakat ichki bozoridagi iqtisodiy
jarayonlarni faollashtirishga yo‘naltirilgan chet el sarmoyasini jalb qilish bilan birga:
– innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish,
eksport, shuningdek, transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal
rivojlantirish;
– sanoat mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash va valyuta tushumini
ko‘paytirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, to‘liq
siklda mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat (eksport) zonalarini tashkil etish;
– mahalliy mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat,
sertifikatlashtirish, qadoqlash talablarini joriy etish orqali raqobatdoshligini oshirish;
– xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
– yangi ish joylarini barpo etish, malakali ishchi-muhandislar, xo‘jalik va
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish kabi bir qator muhim
masalalarni hal qilish imkonini beradi.
Erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun
mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb
etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida
huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zonalar, erkin
91
savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa
zonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Erkin iqtisodiy zonalar mamlakatni xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga
yanada chuqurroq jalb qilish, ya’ni eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni
ko‘paytirish hamda shu orqali valyuta tushumini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalar mamlakat ichki bozorlarini import
o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlash hamda shu hududda chet el sarmoyasi
yordamida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning muhim maqsadi ma’lum hudud yoki ishlab
chiqarish sohasini iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davrida erkin iqtisodiy zonalardan iqtisodiyotni modernizatsiya
qilishning hududiy uslubi sifatida foydalanishdir. Xalqaro tajriba shuni
ko‘rsatmoqdaki, bugun erkin iqtisodiy zonalardan nafaqat sarmoyalarni jalb qilish,
balki hududiy iqtisodiy siyosat vositasi sifatida ham foydalanilmoqda.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir
munosabatlar “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni bilan tartibga solinadi. Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida
ma’qullangan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun bilan esa amaldagi
qonunning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tartibi, ularning turlari, mazkur
zonalar ishtirokchilariga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish mexanizmi,
erkin zonalar hududida amalga oshiriladigan faoliyat turlariga tegishli o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritildi
32
.
Mazkur qonun, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, mamlakatimizning dunyo bozoriga
integratsiyalashuvida muhim hujjat bo‘lib, uning “Erkin iqtisodiy zonani tuzish” deb
nomlangan
3-moddasiga
erkin
iqtisodiy
zona
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tashkil etilishi, erkin iqtisodiy zonaning maqomi,
shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish
to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish
muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Prezident
qarori bilan amalga oshirilishi kiritildi. 4-moddada esa erkin iqtisodiy zonaning
maqomi uni tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganda, uni
tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda tugatilishi
belgilandi. Shu bois, qonunning 7-moddasida erkin industrial-iqtisodiy zona ham
erkin ishlab chiqarish zonalari turlaridan biri sifatida belgilandi.
Amaldagi qonunchilikni iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat
yuritishi tajribasi bilan muvofiqlashtirish maqsadida qonunning “Erkin iqtisodiy
zonaning byudjeti” nomli 17-moddasiga ham tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Unga
ko‘ra, erkin iqtisodiy zonaning byudjeti erkin iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi
boshqaruvi va foydalanuvida bo‘lgan yer, bino va inshootlarni ijaraga berishdan,
xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan tushumlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa tushumlardan shakllantirilishi belgilandi.
Erkin iqtisodiy zona hududiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning kirishi, undan chiqishi va shu hududda bo‘lishining O‘zbekiston
32
“Эркин иқтисодий зоналар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг қонуни. Тошкент ш., 1996 йил 25
апрель, 220-I-сон.
92
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan soddalashtirilgan tartibi
o‘rnatilganini inobatga olib, qonunning 18-moddasiga erkin iqtisodiy zona hududida
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish, chiqish va shu
hududda bo‘lishining soddalashtirilgan tartibi qonun hujjatlarida belgilanishi qayd
etildi. Yuqoridagi Farmonga muvofiq, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi
faoliyatini tezkor boshqarish Direksiya tomonidan amalga oshirilishi belgilangani
bois, qonunning 20-moddasiga ham tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Bu erkin industrial-
iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organlari vakillaridan tashkil
etiladigan va shaxsiy tarkibini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Ma’muriy kengash
tomonidan amalga oshirilishi belgilangani haqidagi norma bo‘lib, qonunda erkin
iqtisodiy zonaning Ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tuzilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, mazkur Farmonda
belgilangan erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tajribasi
talablariga qonunning “Erkin iqtisodiy zona hududida xo‘jalik faoliyati
qatnashchilarini
ro‘yxatdan
o‘tkazish”
nomli
25-moddasi
qoidalarini
muvofiqlashtirish hamda qonunchilik hujjatlarini bir xil talqin qilishni ta’minlash
maqsadida mazkur moddaga ham bir qator aniqliklar kiritilganini ta’kidlash joiz.
Mamlakatimizda ushbu maqsadlarga erishish, shuningdek, erkin iqtisodiy
zonalar faoliyatidagi xalqaro tajribalar afzalliklarini iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish
maqsadida Prezidentning 2008 yil 2 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-
iqtisodiy zona tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan “Navoiy” erkin
industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Prezident farmoniga ko‘ra, erkin industrial-
iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, bu muddat
keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini
muvofiqlashtirish va davlat boshqaruvi funksiyasini amalga oshirish, shuningdek,
tezkor boshqarish maqsadida Ma’muriy kengash va erkin industrial-iqtisodiy zona
direksiyasi tashkil etilgan.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi 2008 yil dekabrdagi Prezident
farmoniga asosan tashkil qilindi va faoliyat muddati 30 yil qilib belgilangan, biroq,
bu muddatni uzaytirish imkoniyati saqlab qolingan. “Navoiy” erkin industrial-
iqtisodiy zona 564 ming gektar maydonga joylashgan bo‘lib, ushbu davr mobaynida
bu yerda imtiyozli bojxona, soliq va valyuta tartibi amal qiladi, kirish-chiqish va u
yerda turish qoidalari soddalashtirilgan tartibda yuritiladi. Shu bilan birga, eng kam
sarmoya 3 mln. Yevroni tashkil etsa, soliq imtiyozi qo‘llanilishi belgilangan. Bundan
tashqari, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida huquqiy rejim
belgilangani, shuningdek, uning ishtirokchilariga xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish
chog‘ida beriladigan imtiyoz va preferensiyalarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgani
inobatga olinib, amaldagi qonunga erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risidagi
qarorda qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar ko‘rsatilishi mumkinligi kiritildi.
Erkin iqtisodiy zonaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, bu hududda alohida
imtiyozli bojxona, valyuta va soliq rejimlari davlat tomonidan ta’minlanadi. Eng
muhimi, uning hududidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy
yo‘nalishi zamonaviy, xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik
liniyalar hamda modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori
texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab
chiqarishdan iborat.
93
Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xom ashyo va
qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab
chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun
qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm
viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali
foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
2017 yil 12 yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin
iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3
maydagi PF-5032-sonli Farmoniga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus-
farm”, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida
“Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysunfarm”, “Bo‘stonliq-
farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etildi.
2008 yilda 1 ta, 2012-2013 yillarda 2 ta, so‘nggi ikki yil mobaynida esa 18 ta
yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi (6.1 - jadval). Shunisi ahamiyatliki, ular
yordamida turli hududlarda muayyan bir faoliyatni yanada rivojlantirish, itisodiyot
tarmoqlariga xorijiy investorlarni yanada ko‘proq jalb etish imkoni tug‘ildi.
O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarlarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb
qilish uchun zaruriy qonunchilik asoslari, soliq va bojxona imtiyozlari va turli
preferensiyalar tizimi shakllantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |