Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

Xususiy investitsiyalar
 – xususiy, korporativ xo‘jalik va tashkilotlar, fuqarolar 
mablag‘lari,  shu  jumladan,  shaxsiy  va  jalb  qilingan  mablag‘lar  hisobidan 
qo‘yiladi. Shu bois xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish 
jarayonlarini  chuqurlashtirish,  korxonalarning  ustav  kapitalidagi  davlat  ulushi  va 
aktivlarini  xususiy  investorlarga,  birinchi  navbatda,  xorijiy  investorlarga  sotish 
hisobidan  respublika  iqtisodiyotida  xususiy  mulkning  darajasi  va  rolini  tubdan 
oshirish  maqsadida  Prezidentimizning  “Iqtisodiyotda  xususiy  mulkning  ulushi  va 
ahamiyatini  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-2340-sonli  qarori  qabul 
qilindi.  Ushbu  Qaror  bilan,  davlat  mulki  bo‘lgan  bo‘sh  turgan  va  qurilishi 
tugallanmagan obektlarni tahlil qilib, ularni investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari 


106 
 
yaratish  sharti  bilan  «nol»  qiymatda  xorijiy  investorlarga  sotish,  ushbu  xorijiy 
investorlarni  soliqqa  tortish  sohasida  imtiyoz  va  preferensiyalar  berildi.  Jumladan, 
qaror  bilan  davlat  aktivlariga  ikki  oy  mobaynida  talabnoma  tushmagan  taqdirda, 
ularning  narxini  har  15  kunda  10  foizga  pasaytirish,  obektlar  narxi  50  foizgacha 
pasaytirilgandan  so‘ng  bir  oy  mobaynida  sotilmasa,  ular  investitsiya  va  yangi  ish 
o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda sotish;  
- davlat aktivlari sotilgandan so‘ng 1 oy ichida investor to‘lovni to‘liq to‘lagan 
taqdirda, unga harid summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi 
miqdorida chegirma berish;  
-  davlat  obektlarini  qismlarga  bo‘lib  sotish  hamda  to‘lovlarni  24  oygacha 
bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash,  
-  davlat  ob’ektidan  ijara  asosida  foydalanib  turgan  ijarachilar  ijara  ob’ekti 
sotilishida ustunlik berish;  
- xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini 
sotishdan  tushgan  mablag‘lar  byudjetga  emas,  balki  korxonalarning  o‘zini 
modernizatsiyalashga yo‘naltirish;  
-  xususiylashtirilgan  korxonalarda  xususiylashtirish  vaqtida  aniqlanmagan 
davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona hududidagi ko‘char va ko‘chmas 
mulk  sotilgandan  keyin  aniqlansa,  u  mazkur  korxonaning  mulki  hisoblanishi  aniq 
belgilab qo‘yilgan.  
Bundan  tashqari,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  keng  jalb  etish, 
aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatining  samaradorligini  tubdan  oshirish,  bo‘lajak 
investorlar  uchun  ularning  ochiqligi  va  jozibadorligini  ta’minlash,  zamonaviy 
korporativ  boshqaruv  uslublarini  joriy  qilish,  korxonalarni  strategik  boshqarishda 
aksiyadorlar  rolini  kuchaytirish  uchun  qulay  sharoitlar  yaratish  maqsadida, 2015  yil 
24  aprelda  “Aksiyadorlik  jamiyatlarida  zamonaviy  korporativ  boshqaruv  uslublarini 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur Farmon 
bilan:  
-  aksiyadorlik  jamiyatlari  boshqaruv  xodimlari  sifatida  jalb  qilingan  xorijiy 
mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan;  
-  xorijiy  mutaxassislarning  boshqaruv  xodimlari  sifatidagi  faoliyatidan  olgan 
daromadlari  daromad  solig‘i,  to‘lov  manbaidan  olinadigan  daromad  solig‘i, 
shuningdek  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasiga  to‘lanadigan  majburiy  sug‘urta 
badallaridan ozod etilgan.  
Respublika  iqtisodiyotida  xususiy  mulkning  o‘rni  va  rolini  tubdan  oshirish, 
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni 
bartaraf  etish,  iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  yalpi  ichki  mahsulotda 
xususiy  mulk,  jumladan,  chet  el  kapitali  ishtirokidagi  ulushini  izchil  oshirish 
maqsadida: 
1.  Xususiy  mulk,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  ishonchli  himoya 
qilishni  ta’minlash,  ularni  jadal  rivojlantirish  yo‘lidagi  to‘siqlarni  bartaraf  etish 
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:  
-  tadbirkorlik  faoliyatiga  noqonuniy  aralashish  va  to‘sqinlik  qilish,  xususiy 
mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat 
qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish 
darajasigacha oshirish; 


107 
 
- xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini 
tartibga  soladigan  ma’muriy  va  jinoyat  qonunchiligini  liberallashtirish  jarayonini 
davom ettirish; 
-  barcha  turdagi  ro‘yxatdan  o‘tkazish,  ruxsat  berish  va  litsenziyalash,  tashqi 
iqtisodiy  faoliyatni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  tartib-taomillarni  yanada 
soddalashtirish; 
- xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoit  va  imkoniyatlar  yaratish,  ularning  moddiy  va  kredit  resurslaridan 
foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash. 
Dasturga  kiritilgan  chora-tadbirlarni  o‘z  vaqtida  va  sifatli  amalga  oshirish 
uchun  shaxsiy  javobgarlik  mas’ul  ijrochilar  —  tegishli  vazirliklar,  idoralar,  sud, 
huquqni  muhofaza  qilish  va  nazorat  qiluvchi  organlar  rahbarlariga,  mahalliy  davlat 
hokimiyati organlariga yuklatilgan. 
2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o‘rnatilgan: 
- mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari faoliyatiga oid barcha 
tekshiruvlar  rejali  tartibda  nazorat  organlari  tomonidan  to‘rt  yilda  bir  martadan, 
boshqa  xo‘jalik  sub’ektlarida  esa  faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Nazorat  qiluvchi 
organlar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  respublika  kengashi  qaroriga  asosan  uch 
yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi; 
- moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar o‘tkazish 
muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi; 
-  tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  rejali  tekshirishlar 
faqat so‘nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi; 
-  qo‘zg‘atilgan  jinoiy  ishlar  munosabati  bilan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar 
faoliyati  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  tomonidan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt 
jalb  etgan  advokatlar  albatta  ishtirok  etgan  holda  (xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt 
tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi. 
Moliyaviy  aktivlarga  nisbatan  real  biznesga  investitsiyalarning  asosiy 
xususiyati  iqtisodiyotning  real  sektori  bilan  to'g'ridan-to'g'ri  bog'liqlikdir.  Qimmatli 
qog'ozlardagi  chayqovchilik  faqat  ishlab  chiqarish  jarayonining  o'zi  bilan  bog'liq 
bo'lsa-da,  real  investitsiyalarning  har  bir  tinasi  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab 
chiqarishga  bevosita  ta'sir  qiladi.  Shunisi  e'tiborga  loyiqki,  moliyaviy  investor 
umuman  aktsiyalarini  sotib  olgan  kompaniyaning  qanday  ishlashini  umuman 
tushunmasligi  mumkin.  Unga  faqat  korxonaning  umumiy  moliyaviy  natijalari, 
shuningdek  u  faoliyat  ko'rsatayotgan  iqtisodiyotning holati va istiqbollari bog'liqdir. 
Haqiqiy  investor  uchun  ishlab  chiqarish  do'konlarining  hududiy  lokalizatsiyasiga  va 
ishchilarning o'rtacha yoshiga qadar barcha jihatlar muhimdir. 
Shuningdek,  investor  buni  hisobga  olishi  kerak real  aktivlarga  investitsiyalar 
juda  past  likvidlikka  ega
.
 Ularni  moliyaviy  resurslarga  aylantirish  juda  qiyin  (va 
ko'pincha umuman imkonsiz), bu ularni spekulyativ tarzda tasarruf etish imkoniyatini 
deyarli istisno qiladi. Shu sababli, real  investitsiyalar doimo uzoq  muddatga amalga 
oshiriladi.  Makroiqtisodiy  nuqtai  nazardan  real  investitsiyalar  real  iqtisodiy 
o'sishning  yagona  manbai  hisoblanadi.  Qimmatli  qog'ozlardagi  chayqalishlar 
muayyan  shaxslarni  boyitishi  mumkin,  ammo  faqat  iqtisodiyotning  real  sektoriga  - 
binolarni qurish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalar 
mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy o'sishini ta'minlaydi. 
 


108 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish