Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

1  –  savol  bayoni.
  Oxirgi  yillarda  mamlakatimizda  investitsiya  muhiti  yanada 
yaxshilandi.  Bu  boradagi  qonunchilik  yangilanib,  investorlar  uchun  huquqiy 
kafolatlar 
mustahkamlandi.
 
Mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
iqtisodiy 
isloxatlarning  asosiy  negizida  mamlakatimizga  xorijiy  kapital  okimi  va 
investitsiyalarni  jalb  qilish  utvor  vazifa  sifatida  qarolmoqda,  bir  qancha  chora-
tadbirlari  ishlab  chiqib  amalda  foydalanib  kelinmoqda

Mamlakatning  iqtisodiy 
rivojlanish  darajasi,  investitsiya  faolligining  o‘sish  sur’atlari  investitsiya  muhitiga 
ko‘p  jihatdan  bog‘liqdir.  Investitsiya  muhitining  jozibadorligi  xorijiy  investitsiyalar 
oqimini  ko‘paytirishning  muhim  omili  hisoblanadi.  Iqtisodiyotda  investitsiya 
faoliyatining  rivojlanishi,  ichki  va  tashqi  investitsiyalarni  jalb  qilishning  ko‘lami, 
yo‘nalishlari  va  samaradorligi,  bevosita,  investitsiya  muhitiga  bog‘liqdir.  Iqtisodchi 
olimlardan  A.Vaxabov,  Sh.Xajibakiyev,  N.Mo‘minovlar  investitsiya  muhiti 
to‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlab o‘tadilar: “Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital 
qo‘yilmalarining  qaltislik  darajasini  va  ulardan  mamlakatda  samarali  foydalanish 
imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar 
yig‘indisidir.  Investitsiya  muhiti  kompleks,  ko‘pqirrali  tushuncha  bo‘lib,  milliy 
qonunchilik,  iqtisodiy  shart-sharoitlar  (inqiroz,  o‘sish,  stagnatsiya),  bojxona  rejimi, 
valyuta  siyosati,  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlari,  inflyatsiya  sur’atlari,  valyuta  kursining 
barqarorligi,  tashqi  qarzdorlik  darajasi  kabi  ko‘rsatkichlarga  ega”
55
.  Shuningdek, 
mamlakatdagi  investitsiya  jarayonlariga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  iqtisodiy,  siyosiy, 
me’yoriy-huquqiy,  ijtimoiy  va  boshqa  shart-sharoitlar  majmui  investitsiya  muhitini 
anglatadi. 
 
“Investitsiya  muhiti”  va  “investitsiya  iqlimi”  sinonim  tushunchalar  sifatida 
ishlatiladi.  Bu  xususda  iqtisodchi  olimlardan  D.G‘ozibekov  va  T.Qoraliyevlar 
tomonidan  quyidagi  fikrlar  bildirilgan:  “Investitsiya  iqlimi  juda  keng  ma’noda 
ishlatiladigan  tushuncha  bo‘lib,  investor  tomonidan  hisobga  olinadigan  barcha 
muammo  va  masalalarni  mujassamlashtiradi.  Investor  tomonidan  ma’lum  bir 
mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir 
qatorda, o‘z kapitalini kiritmoqchi bo‘lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti 
va  madaniyatiga  katta  ahamiyat  beriladi”
56
.  Investitsiya  muhitining  holatini 
investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini 
aniqlaydigan  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tashkiliy,  huquqiy,  siyosiy,  ekologik  va  boshqa 
shart-sharoitlarning  umumlashtiruvchi  xususiyatlari  belgilab  beradi.  Investitsiya 
muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan 
investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, 
 
55
 Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma.  – T.: «Moliya», 2010. – 
B. 153.  
56
  G‘ozibekov  D.G‘.,  Qoraliyev  T.M.  Investitsiya  faoliyatini  tashkil  etish  va  davlat  tomonidan  tartibga  solish.  –  T.: 
TMI, 1993. – B. 46. 


119 
 
ijtimoiy,  siyosiy,  tashkiliy-huquqiy,  ekologik,  madaniy  va  boshqa  shart-sharoitlar 
majmuasi  tushuniladi.  U  muayyan  hududga  investitsiyalar  kiritishning  maqsadga 
muvofiqligi  va  jozibadorligini  belgilaydigan  shart-sharoitlarning  mavjud  ijobiy  va 
salbiy tomonlarini anglatadi.  
Investitsiya  muhiti  investitsiya  munosabatlarini  amalga  oshirish  mumkin 
bo‘lgan  imkoniyatlar  va  qulayliklar  majmuasini  o‘zida  aks  ettirgan  voqelikdir. 
Investitsiya  muhitini  yaxshilashdan  maqsad  investitsiya  salohiyatini  oshirish 
uchun  zarur  va  maqbul  shart-sharoitlarni  yaratish,  investitsiya  faoliyatini 
jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal 
etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.  
Investitsiyaviy jozibadorlik
 – 
mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir 
korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski 
darajasi  nuqtai  nazaridan  baholanishi.  Investitsiyaviy  jozibadorlik  investitsiya 
salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir 
vaqtda  ta’sir  etishi  orqali  aniqlanadi.  Bu  kabi  ko‘rsatkichlarga  baho  berish  orqali 
investitsiyalarning  maqsadga  muvofiqligi  hamda  jozibadorligi,  investitsiya  riski 
darajasini aniqlash mumkin. Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga, bevosita, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liqdir.  Investitsiya  muhiti  tabiiy  shart-sharoitlar,  foydali 
qazilmalar  zahiralari,  ishchi  kuchi  malakasi  va  o‘rtacha  ish  haqi  darajasi,  iqtisodiy 
kon’yunktura  holati,  ichki  bozor  sig‘imi,  tovarlarni  tashqi  bozorda  sotish 
imkoniyatlari,  valyuta  siyosati,  kredit  tizimi  holati,  soliqqa  tortish  darajasi,  ishlab 
chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmaning  rivojlanganligi,  xorijiy  kapitalga  nisbatan 
davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar 
orqali  belgilanadi.  Qulay  investitsiya  muhitining  yaratilishi  va  xorijiy  kapitalni 
qabul  qilish  tizimining  samarali  bo‘lishi  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishning 
zaruriy  sharti  bo‘lib  hisoblanadi.  Investitsiya  muhiti  investitsiya  resurslarini 
joylashtirish  uchun  umumiy  mezon  bo‘lib,  birinchi  navbatda,  kapital 
mablag‘larning  daromadliligini  ta’minlab  berishga  imkoniyat  yaratadi. 
Mamlakatning  investitsiya  muhitini  shakllantiradigan  omillar  majmuini  8.1  – 
jadval orqali ifodalash mumkin.

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish