3 – savol bayoni.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi
nafaqat milliy iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun
uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish
masalalarini hal etishda ham etakchi o’rin tutmoqda. Kichik biznesning ixcham va
harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez
moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf
etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi ish
o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul
vositaga aylantirmoqda. Milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda
dolzarb masala hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini
oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o‘rin tutmoqda. Kichik biznesning
ixchamligi, bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez
moslasha olishi, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi ish o‘rinlarini
yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga
aylantirmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining iqtisodiyotimizdagi o‘ta muhim
va salmoqli hissasi, roli va ta’siri boshqa hech bir soha va yo‘nalish o‘rnini bosa
olmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‘rin
112
egallaydi
42
. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini
ta’minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va
poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib
borishiga erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan
ko‘paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy
ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan murakkab, yuksak
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tish masalasiga alohida e’tibor
qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning
integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining innovatsion rivojlanish yo‘llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va
ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo‘lgan e’tibor
yildan-yilga oshib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy tadbirkorlik
va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab,
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi,
bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo‘lmaydi;
- bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda o‘zgarib
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib olish
qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining
kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish
imkoniyatlari va b.q.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishi imkoniyatlarini
yaratadi:
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o‘zlashtirish, ularni
talabning tez o‘zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab
chiqarish;
- tezkor texnik servisning ishonchligi va iste’molchilar bilan mustahkam
aloqalar o‘rnatish;
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni
bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib borish;
- ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish;
- boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va
loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o‘zini
oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;
- xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liqroq va
samaraliroq foydalanish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog‘liq barcha narsalar
zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzulmasini muhim va tarkibiy qismini
tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o‘rin ajratilib, ularga davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Kichik biznesni yanada rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda ko‘rish
mumkin:
42
Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish – taraqqiѐtimiz-ning muhim
omilidir‖. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali
yig’ilishdagi ma’ruzasidan. Xalq so’zi, 2010 yil 8 dekabr.
113
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay
muhit yaratish;
- huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini
keskin kamaytirish, tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning
moddiy-texnik shart-sharoitlarini ta’minlash;
- soliq va boshqa to‘lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish
tizimini takomillashtirish, kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
- xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish;
- ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan KB va XTni rivojlantirishga keng yo‘l
ochib berish, imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish;
Qaysi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida
ustuvorlikka erishilsa, shu hudud ijtimoiy-iqtisodiy tomondan barqaror rivojlanadi.
Bu esa, o‘z navbatida, yangi ish joylari yaratish va shu orqali aholini bandligini
shakllantirish muammosini hal etilishiga erishishni, aholi daromadlarini oshirishni
hamda turli tarmoq sohalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarning mustahkamligini
ta’minlaydi. Kichik biznesning imkoniyatlaridan samarali foydalanish deganda tabiiy
va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalanishni tashkil eta olish
qobiliyati tushuniladi. Kichik biznesda tadbirkorlik g‘oyalari, muammolarning
echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi asosiy
motivatsiya – bu tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z daromadlarini oshirish, ularning
moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma’lumot darajasi
va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o‘rta mulkdorlar qatlamiga
mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi.
Har bir iqtisodiy maydonning ichki iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish,
undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo‘llash tizimli tarzda
amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor hududdagi muammolarni hal etishda
kichik biznesning kengroq ishtirokini ta’minlash imkoniyatini beruvchi ishlab
chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Bunda kichik biznesdan
hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarning manbai sifatida foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik
qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida
o‘tkazilgan iqtisodiy islohatlar o‘z samarasini ko‘rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy
islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining
tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda shu
bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy
samaradorlik taminlanmoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish
yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo‘lgan, yuqori
daromad va foyda olishga erishish yo‘lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan
tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish
bajarish va xizmat ko‘rsatish, ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlashda eng
ma’qul bo‘lgan xo‘jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.
114
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-308-sonli qarori shaxsiy
yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil
amalga oshirib borilishi, aholiga qo‘shimcha er maydonlari berilgani, chorva mollari
sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan
ta’minlashga, shuningdek, “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li
bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning
rolini
kuchaytirish
borasidagi
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF–1737-sonli
Prezidentning farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori huquqiy shart-
sharoitlar yaratib bermoqda. Aholining kun sayin o‘sib borayotgan moddiy
ne’matlarga talab-ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Ya’ni,
oziq-ovqat, sabzavot-poliz, chorva, baliq, parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishni
ko‘paytirish, bu mahsulotlarni qayta ishlab, ichki bozorni to‘ldirish va
iste’molchilarga taklif etish hozirgi kunning va undan keyin ham dolzarb amalga
oshirib boriladigan ustuvor ahamiyat kasb etadigan chora-tadbirlar majmuini tashkil
etadi.
Xalqaro amaliyotda davlat kapitali ko‘proq ssuda shaklida, xususiy va uzoq
muddatli kapital esa – tadbirkorlik shaklida namoyon bo‘ladi. Kelib chiqish
manbalariga ko‘ra xalqaro kapital – bu davlat mablag‘lari yoki xususiy kapital
ko‘rinishida bo‘ladi. Davlat kapitali banklar ichida rasmiy kapital deb ham ataladi. U
davlat byudjetidan xorijga chiqariladigan yoki u yerdan yo bevosita hukumatlar
qarori bilan, yoki hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan
mablag‘lardir.
Shakllariga ko‘ra – bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar (sovg‘alar), yordam
ko‘rinishida bo‘lib, ularning xalqaro harakati hukumatlararo kelishuvlar bilan
belgilanadi. Xalqaro tashkilotlarning kreditlari va boshqa mablag‘lari ham shular
qatoriga kiradi. Biroq har qanday hollarda ham bu soliq to‘lovchilarning oluvchiga
turli yo‘lar bilan yetib boradigan pullari hisoblanadi
43
. Xalqaro kapital
migratsiyasining shakllari tadbirkorlik va ssuda kapitali ko‘rinishida bo‘ladi.
Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun quyidagi uchta majburiy
belgilar xos bo‘ladi:
-
xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda ishtirok etish;
-
xorijiy kapital qo‘yilmalarining uzoq muddatliligi;
-
xorijiy korxonaga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega bo‘lish
44
.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xususiyatlar va ishtirok etish maqsadlarining
qanchalik amalga oshishiga bog‘liq holda tadbirkorlik kapitalini chetga chiqarishning
ikki turi ajratiladi: to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalar (PI). TTXI – bu xorijiy
kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo‘lib, investor tashkil qilayotgan firma
aksiyalari yoki aksioner kapitaliga to‘la ega bo‘lish yoki kamida 10 foiz xo‘jalik
faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi
45
.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalash shakllari va usullariga tegishli
turlicha talqinlarning berilishi jiddiy muammolarni keltirib chiqardi (masalan,
NAFTA va ASEAN ta’riflari shular jumlasidandir) va amaliy muammolarni hal
43
Киреев А. П. Международная экономика. В 2 ч. Ч. I. Международная микроэкономика: движениетоваров и
факторов производства. Учебное пособие для вузов. - М.: М еждународное отношения, 2000. С. 301.
44
Ливенцев Н. Н, Костюнина Г. М. Международноедвижение капитала (Инвестиционная политика зарубежных
стран): учебник. - М.: Экономист, 2004. С. 33; World Investm ent Report 2014:
45
Investing in the SDGs: An Action Plan. New York and G eneva, 2014. P. 9.
115
qilishda qator variantlar-opsiyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu xalqaro
investitsiyalash masalalari bo‘yicha muzokaralardagi, iqtisodiy diplomatiyadagi
munozarali muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |