Tayanch so‘z va iboralar
Patent, litsenziya, daromadli yondashuv, franchayz, gudvill, nou-xau,
intellektual mulk, nomoddiy aktiv, asosiy vosita.
O‘zini – o‘zi tekshirish uchun savollar
1. Nomoddiy aktivlar deganda nimani tushunasiz?
2. Nomoddiy aktivlarni baholash qanday amalga oshiriladi?
3. Gudvillni baholash usullari
4. Franchayzning iqtisodiy mohiyati
5. Intellektual mulk ob’ektining qiymatining qanday yondashuvlari mavjud?
270
XXI MODUL. INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH
YO‘LLARI
Reja:
1.
“Investitsiya risklari” tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari
2.
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq risklar va ularning tasniflanishi.
1 – savol bayoni.
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki
to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan
maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad
olish taxmin qilinsa, shu qadar yuqori riskli deb e’tirof etiladi. Hozirgi kunda loyiha
risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning
pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha
riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha
samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi. Riskni ma’lum
bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni
ololmaslik yoki qo‘shimcha harajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin.
Amaliyotda investorlar har doim rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar.
Buning asosiy sabablaridan biri – risklarning mavjudligidir. Shunday holatlar
bo‘lganda tadbirkor investitsiyalarni jalb etish, undan samarali foydalanish orqali
foyda (daromad) olganligini his etadi. Bunday his tuyg‘ular tarkibida yana bir hohish
yuzaga keladi, ya’ni agar men ushbu ishni xayotga tadbiq etishda professional
yondashganda ko‘zlangan foyda 10-15 foiz ko‘p bo‘lgan bo‘lar edi deb faraz qiladi.
Unda savol tug‘iladi. Tadbirkor investitsiyani jalb etib ko‘zlangan foyda (daromad)ni
qo‘lga kiritgan bo‘lsa yana qanday foyda (daromad) ustida gap borishi mumkin?
Darhaqiqat, har bir moliyaviy munosabatlarni oqilona tashkil etishda to‘siqlar
bo‘ladi, ko‘pincha ularni e’tiborga olib bo‘lmaydi, bir to‘siqni oldini olsak, ikkinchi
omil yuzaga kelib harajatlarni oshiradi, foydani esa kamaytiradi. Shu sababli qo‘lga
kiritilgan har qanday moliyaviy natija bu riskli faoliyat yuritish natijasidir, risksiz
faoliyat bo‘lmaydi.
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish,
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha
olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik
yuqori riskli hisoblanadi.
Risk atamasiga turlicha ma’no berib kelinmoqda. “Risk” so‘zi Yevropaning
ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda ridsikon so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya,
cho‘qqi ma’nosini bildiradi.
Italiyaliklar tilida risiko so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, risicare so‘zi qoyadan
mohirona o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi risdoe so‘zi taxdid, qoyani
aylanib o‘tmoq ma’nosini beradi. Vobster lug‘atida risk – xavf-xatar, zarar va
yo‘qotish ehtimoli deb ta’riflangan. Ojegova lug‘atida risk - xavf ehtimoli yoki
muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan. Iqtisodchi
Ye.S.Stoyanovaning “Moliyaviy menejment” kitobida “risk - bu zararning paydo
bo‘lishi yoki prognozlashtirilganidek daromad ololmaslik xavfi ehtimoli” deb ta’rif
beradi. Graboviy P.G., Petrova S.N.larning “Zamonaviy biznesda risk” kitobida
ta’riflanishicha, “Risk deganda ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat
natijasida korxona tomonidan o‘z resurslarini ma’lum qismidan ayrilish, foyda
ololmaslik yoki qo‘shimcha harajatlar qilish ehtimoli”dir. Iqtisodchi Chaliy-
271
Prilutskiy V.A.ning “Bozor va risk” kitobida keltirilishicha: “Risk - bu tanlov
sharoitida bajarilgan shunday faoliyatki, qachonki muvaffaqiyatsizlik sharoitida
tanlov oldidagiga nisbatan og‘irroq sharoitga tushib qolish ehtimoli mavjud
bo‘ladi”
123
.
Risk – bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning yuzaga
kelish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bo‘lgan xatar bo‘lib, investitsiyadan
mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan noumidsizlikdir. Risklarning
paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq
bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati,
xukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga juda yaqin
bo‘lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim
sifatida qo‘llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-
sharoitlari xaqidagi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq yemasligidir. Masalan,
inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha
quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, harajat va
natijalarning notug‘ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq
emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Riskni tushunishda ikki xil qarash mavjud. Birinchidan, risk – bu ob’ektiv,
ya’ni xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik va uning natijasida moliyaviy resurslarining bir
qismidan yoki butunlay ajralish, rejalashtirilgan daromadni ololmaslik, zarar ko‘rish
deb qarash. Ikkinchidan, risk – bu sub’ektning xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik, zarar
ko‘rish ehtimolini bila turib, yaxshi natijaga erishish umidida faoliyatni amalga
oshirish deb qarash. Demak, ikkinchi xil qarashda risk faoliyatdir, faoliyat boshlash
yoki boshlamaslikning sharti.
Ammo shu o‘rinda aytish joizki, investitsiya loyihasini amalga oshirish
jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq salbiy holatlar va oqibatlar risk
tushunchasi bilan izohlanadi. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar
ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga
olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari
yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga
olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash
(inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar)
kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi
mumkin.
Risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq
bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga
muvofiqdir. Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin (21.1 –
jadval). Shu o‘rinda aytish joizki, risklardan mutloq yo‘qotishlar “0” ga teng bo‘lgan
holatini yuzaga keltiradi. Bunday holatdan chiqish esa tadbirkorning innovatsion
g‘oyalarini amaliyotda qo‘llash darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
123
Морозов Д.С.Проектное финансирование:управленение рисками. Учебное пособие. – М: Анкил, 1999, 26 с.
272
Do'stlaringiz bilan baham: |