Boshqaruv riski
- bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi
shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi.
Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va
bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar
tushuniladi.
Sotish riski
- bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot baxosining
kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi, marketing yoki
baho riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin qilish ancha qiyin
bo‘lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarda yuqori bo‘ladi.
Moliyaviy risk
. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: kredit riski;
valyuta riski; foiz stavkasini o‘zgarish riskidir. Kredit riski – bu loyihani amalga
oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov
majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani
moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski – bu risk
loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni milliy
valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi. Bu risk loyiha
mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo‘lmagan
hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o‘zgarish riski – bu risk kredit resurslari
o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda
loyihada qo‘llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining
kamayish xavflari mavjud bo‘ladi.
Mamlakat riski
– bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va
davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto
loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va
mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik harakatlari
va boshqalar bo‘lib bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida bo‘ladi.
Davlatning siyosati bilan bog‘liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga
bo‘lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy. Siyosiy mamlakat riski – hukumatning chet el
investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga
qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o‘tishdagi
ta’qiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan
mahrum qilish, konsepsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |