277
bo‘ladi.
Majburiyatlarni bajara olmaslik riski (default risk) – agarda emitent o‘z
majburiyatlarini har xil sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida yoki umuman bajara olmasa,
paydo bo‘ladigan investitsiya risklariga aytiladi.
Tizimsiz risklarni ta’sirini minimallashtirish uchun diversifikatsiya deb
ataladigan metod qo‘llaniladi va uning natijasida investitsion portfel tuzish zaruriyati
paydo bo‘ladi. Investitsin portfel yaratish orqali investor bir qancha emitent
chiqargan moliyaviy instrument to‘plpmini yaratadi va shunda u bir emas bir qancha
tizimsiz risklariga duch keladi. Shu yo‘l investor risklarni diversifikatsiyalaydi va
daromadlilikni birdaniga o‘zgarishini oldini oladi. Ushbu sharoitda investitsion
portfelda qimmatli qog‘ozlar qanchalik kam bo‘lsa risk darajasi shuncha yuqori
bo‘ladi. Diversifikatsiya metodi tizimsiz risklarini minimallashtiradigan eng samarali
dastakdir, lekin u faqatgina investitsion portfelni yetarlicha miqdorda ko‘p
instrumentlar jalb qilingandagina qulaydir.
Diversifikatsiya metodining chegaraviy darajasi, risk darajasiga bog‘liq, chunki
ular faqatgina aniq moliyaviy bozorni ochib beradi. Bu risklarini turli tumanligini
inobatga olgan holda quyidagi xillarini sanab o‘tishimiz mumkin.
Foiz risklarii (interest rate risk) – foiz stavkalari tebranishidan hosil bo‘ladigan
investitsiya risklari. Ayniqsa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar
egalariga daxldordir.
Valyuta riski (exchange rate risk) – bu shunday investitsiya risklariki
mohiyatan chet el emitentlarining qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalarning
valyuta kursi tebranishilaridan paydo bo‘ladigan investitsiya risklari. Inflyatsion
risklari (Inflation risk) – inflyatsiya darajasining kutilmaganda oshib ketishi,
emitentlar faoliyatini o‘zgarishiga olib boradi va bu aksiya narxiga sezilarli ta’sir
etishi mumkin.
Siyosiy risklari (Political risk) - kutilmaganda xususan, shiddatli siyosiy
vaziyatdagi o‘zgarishlarning qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir etmasdan iloji yo‘q,
aksincha ancha oqibati yomonroq bo‘ladi. Ayniqsa bu risk rivojlangan mamlakatlar
moliyaviy instrumentlar bilan ishlagan dolzarb va yana turg‘un bozorlarda ham uni
uchratish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan risklardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozoriga
samarali investitsiya qilishga oz yoki ko‘p miqdor(daraja)da ta’sir etuvchi omillar
ham mavjud. Ushbu risklarning tasnifi shartli ravishda bo‘lib, har bir loyiha uchun
ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yo‘naltirish sifatida qaraladi. Bunday risklar
aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi,
masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va
boshqa loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Loyiha
risklarining bir necha turlari mavjud. Ularning hech birini ta’siri jihatidan
ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Investitsiya risklari kichik bir texnologik yoki
shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xolqaro miqyosdagi
turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: