Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

 
 
 
2 – savol bayoni.
 Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida intellektual tovarlarga 
bo‘lgan  talabni  tobora  kuchaytirib  boradi.  Ayniqsa,  aqliy  mehnat  mahsuli  bo‘lmish 
tovarlar  va  xizmatlarga  bo‘lgan  talab  ko‘tarilib  boradi.  Maxsus  tovar  hisoblangan 
ilmiy  g‘oyalar,  texnikaviy  yangiliklar,  texnologik  ishlanmalar,  xilma-xil 
axborotlardan xabardor bo‘lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida 
doimiy  tarzda  foydalanish  zaruriyati  paydo  bo‘ladi.  Erkin  bozor  va  kuchli  raqobat 
muhitida, ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo‘lgan talab kuchayadi. U amalda 
patent,  litsenziya,  franchayz,  nou-xau,  dasturiy  ta’minot,  turli  axborot,  savdo 
markalari,  tovar  belgilari  va  boshqalarga  bo‘lgan  talablardir.  Ilmiy-texnikaviy 
ishlanmalar  bozorni,  ko‘pincha,  tashqi  bozorni,  mamlakat  tashqarisidagi  bozorlarni 
nazarda  tutadi.  Ilmiy-texnikaviy  ishlanmalar  bozori  XXI  asrda  tez  kengayib 
bormoqda,  yangi-yangi  qismlarga  ajratilmoqda  va  ishlab  chiqarish  hamda  xizmat 
ko‘rsatish  sohalarida  ulardan  juda  ham  unumli  foydalanish  zaruriyati  yuzaga 
kelmoqda.  Buning  sababi  iqtisodiyotda  intellektual  mehnat  mavqeining  kuchayib 
borishidir.  Ilm  talab  ishlab  chiqarishning  o‘sishi  eng  avvalo  turli  xizmatlar,  axborot 
xizmati  ahamiyatining  kuchayishi  bilan  harakterlanadi.  Buni  internet  xizmati 
bozorining shiddat  bilan yer yuzida  o‘sib borishi  tasdiqlaydi.  Shunday  ekan,  kuchli 
raqobat muhitida o‘z mavqei, obro‘-e’tiborini yo‘qotish, raqobat muhitida sinish hech 
gap emas. Ilmiy-texnikaviy yangiliklar haridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o‘z 


267 
 
egasi  mulki  bo‘laturib,  vaqtincha  foydalanish  huquqi  yoki  shartlari  orqali  ishlab 
chiqarishga  tatbiq  etadi. Ishlab  chiqarish sub’ektlarini  novatsiyalarga, ya’ni  yangilik 
kiritib borishga undaydi. 
 
Nomoddiy  aktivlar  tarkibining  asosiy  qismini  intellektual  mulk  ob’ektlari 
tashkil  etganligi  uchun  mazkur  paragrafda  ularni  baholashga  alohida  e’tibor 
qaratamiz.  Ma’lumki,  intellektual  mulk  ob’ektlarini  baholash  “Intellektual  mulk 
ob’ektlarini baholash tartibi to‘g‘risida”gi
120
 Nizomga asosan amalga oshiriladi. Unga 
ko‘ra, intellektual mulk ob’ektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga 
muvofiq  baholovchi  tashkilotlar  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  baholash  hisoboti 
bilan  rasmiylashtiriladi.  Intellektual  mulk  ob’ektining  qiymati  uch  yondashuv  bilan, 
ya’ni daromadli, harajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.  
 
Daromadli  yondashuv  –  bu  baholash  ob’ektidan  kutilayotgan  daromadlarni 
aniqlashga  asoslangan  baholash  ob’ektining  qiymatini  baholash  uslublari  majmui. 
Bunday usul intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan daromad olish yehtimollari 
mavjud  bo‘lgan  hollarda  qo‘llaniladi.  Intellektual  mulk  ob’ektidan  foydalanishdan 
tushgan  daromadlar  intellektual  mulk  ob’ektidan  foydalanish  huquqi  topshirilgan 
huquq  egasi  tomonidan  ma’lum  davr  uchun  olinadigan  pul  tushumlari  va  pul 
to‘lovlari  orasidagi  farqdir.  Intellektual  mulk  ob’ektidan  foydalanishdan  olinadigan 
asosiy daromadlar quyidagilar hisoblanadi:  
 
–  mahsulot  (ish,  xizmat)ni  ishlab  chiqarish  va  sotishda  va  (yoki)  asosiy  va 
aylanma  mablag‘larga  sarmoya  kiritishdagi  harajatlardan  tejash,  shuningdek, 
harajatlarni  amalda  kamaytirish,  intellektual  mulk  ob’ektidan  foydalanish  huquqini 
qo‘lga  kiritishda  harajatlarning  bo‘lmasligi  (masalan,  litsenzion  to‘lovlarning 
yo‘qligi, litsenziarga daromaddan eng ko‘p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining 
bo‘lmasligi);  
 
–  ishlab  chiqarilayotgan  dona  mahsulotning  (ish,  xizmat)  narxini  oshirish, 
uning sotuv hajmini oshirish; 
 
–  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  kamaytirish,  qarz  yevaziga  xizmat 
ko‘rsatish to‘lovlarini kamaytirish;  
 
–  baholash  ob’ektini  ishlatishdagi  pul  oqimini  olishdagi  tavakkalchilikni 
kamaytirish,  baholash  ob’ektidan  foydalanishdagi  pul  oqimining  vaqtinchalik 
tuzilishini yaxshilash.  
 
Intellektual mulk ob’ektlarini baholashning harajatli yondashuvi – bu mulkning 
eskirganligini  inobatga  olgan  holda  baholash  ob’ektini  tiklash  yoki  almashtirish 
uchun  zarur  bo‘lgan  sarf-harajatlar  miqdorini  belgilashga  asoslangan  baholash 
uslublari majmui. Bunday usulni qo‘llash baholash ob’ektini tiklash yoki almashtirish 
imkoni  bo‘lganda  amalga  oshiriladi.  Harajatli  yondashuvni  qo‘llash  orqali  baholash 
quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:  
 
– baholash ob’ektiga shunga o‘xshash yangi baholash ob’ektini yaratish uchun 
sarflanadigan harajatlar miqdorini aniqlash;  
 
–  baholash  ob’ektining  shunga  o‘xshash  yangi  ob’ektga  nisbatan  eskirganligi 
hajmini aniqlash; 
 
–  baholash  ob’ekti  qiymatini  unga  nisbatan  shunga  o‘xshash  yangi  baholash 
ob’ektini  yaratish  uchun  sarflanadigan  harajatlar  miqdorini  chegirib  tashlash  yo‘li 
bilan hisoblash.  
 
120
 Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining 2009 yil 22 apreldagi 01/19-18/08-sonli Qarori 
bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2009 yil 8 mayda 1953-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. 


268 
 
 
Qiyosiy yondashuv – bu baholash ob’ektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  ega  bo‘lgan  boshqa  shunga  o‘xshash  ob’ektlar  bilan 
solishtirish orqali baholash ob’ektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday 
usulni qo‘llash baholash ob’ektlarining o‘xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq 
ma’lumot  hamda  ular  bilan  amalga  oshiriladigan  bitimlarning  haqiqiy  shartlari 
mavjud  bo‘lgan  taqdirda  amalga  oshiriladi.  Qiyosiy  yondashuvni  qo‘llagan  holda 
qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:  
 
–  baholash  ob’ektini  shunga  o‘xshash  ob’ektlar  bilan  solishtirishdagi 
yelementlarni aniqlash;  
 
– baholanayotgan intellektual mulk ob’ektining har bir solishtirish yelementlari 
bo‘yicha shunga o‘xshash har bir ob’ektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash 
va h.k. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish