264
Umumiy tarzda yondashib fikr yuritadigan bo‘lsak, korxona faoliyatida bir
yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan,
indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo‘lmagan aktivlarga
nomoddiy aktivlar deyiladi. Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan
farqlanadi:
– asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka yega bo‘lmasligi bilan;
– tovarlardan – sotish uchun mo‘ljallanmaganligi bilan;
– ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat
(bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
Ko‘p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma’lum qiymatlikka ega bo‘lgan
intellektual mulk ob’ektlari, mulk huquqlari tushuniladi. Bozor munosabatlarining
tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini
orttirib borishni taqozo etadi. Nomoddiy aktivlar bo‘lib, korxonaga mulkchilik
xuquqlarida tegishli bo‘lgan aniq, moddiy asosga ega bo‘lmagan, pul shaklida
bo‘lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko‘rsatishda, ijara uchun
yoki ma’muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi.
Nomoddiy aktivlar xo‘jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo‘ldan ko‘p vaqt)
mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mulk
ob’ektlaridir. Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi
shartlarga javob berishi talab etiladi:
- foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda)
keltirishligi;
- xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lishi mumkin;
- moddiy ashyoviy asosga ega bo‘lmasligi;
- qiymatga ega bo‘lishligi va uni aniq o‘lchash mumkinligi.
Intellektual mulk ob’ektlari iqtisodiy ob’ekt sifatida o‘zining o‘rni va roliga
egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk ob’ektlaridan farqi shundaki, u inson
salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil
etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan
ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar. Sanoat intellektual mulki tarkibiga
tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e’tirof etilgan ixtirolar
kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lavermaydi.
Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan
himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent
egasigina qo‘llash huquqiga yegadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno
sifatida faqat davlat tomonidan qo‘llanilishi mumkinligini e’tirof etadi, muallifga esa
mukofot to‘lovi huquqini beradi.
Patent
– bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo‘llash,
ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo‘yicha ularni egasiga maxsus davlat
patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan
patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan harajatlar
(materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, amortizatsiya va
boshqalar), patentlashtirish idorasiga to‘langani bois va boshqa patentga erishishga
doir harajatlar majmuasi kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: