Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


  Amalga  oshirish  muddati  bo‘yicha



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

1.  Amalga  oshirish  muddati  bo‘yicha: 
qisqa  muddatli  –  3  yilgacha
,
  o‘rta 
muddatli – 3-5 yil
,
 uzoq muddatli – 5 yildan ortiq.
 
2. Ko‘lami bo‘yicha (ko‘p hollarda loyiha masshtabi investitsiya hajmi bilan 
aniqlanadi)
: kichik loyihalar; o‘rtacha loyihalar; yirik loyihalar; megaloyihalar. 
3.  Asosiy  yo‘nalishi  bo‘yicha
:  tijorat  loyihalar;  ijtimoiy  loyihalar;  ekologik 
loyihalar va boshqalar. 
Investitsion  loyihalarning  samaradorligini  baholash  texnik,  texnologik, 
moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda yagona 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat: 

 
loyihani uning butun hayot sikli davomida ko‘rib chiqish; 

 
pul  oqimlarini  modellashtirish,  bunda  loyihani  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq 
barcha  pul  tushumlari  va  hisobot  davridagi  turli  valyutalarni  ishlatish  ehtimolligini 
hisobga olgan holdagi harajatlar kiritiladi

 
ishonchlilik va maksimum samara. 
Investitsion  loyiha  investor  nuqtai  nazaridan  samarali  deb  baholanishi  uchun, 
birinchidan,  uni  amalga  oshirish  ijobiy  bo‘lishi,  ikkinchidan,  alternativ  loyihalarni 
solishtirish chog‘ida yuqoriroq samaraga ega bo‘lgan loyihani ma’qul qo‘rish lozim. 

 
vaqt omili hisobi; 

 
loyihani amalga oshirishdagi kutilayotgan harajatlar va tushumlar hisobi

 
baholashning ko‘p bosqichligi; 

 
inflyatsiya  ta’siri  va  loyihani  amalga  oshirishdagi  bir  nechta  valyutalarni 
qo‘llash ehtimolini hisobga olish; 

 
noaniqlik va risklar ta’sirining hisobi; 

 
loyihaning turli ishtirokchilari borligini inobatga olish. 
Investitsiya  loyihalarini  har  tomonlama  (xususan  moliyaviy,  texnologik, 
tashkiliy, muddati va boshqalar) harakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko‘p hollarda investitsiya faoliyatida 


232 
 
moliyaviy  va  iqtisodiy  mezonlar  hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Mamlakatda  investitsion 
loyihalarni  moliyalashtirish  jarayonini  samarali  olib  borish,  kelgusida  yuqori 
daromad  keltirib,  iqtisodiyotdagi  ishsizlik  masalasini  hal  etishda  ham  muhim  omil 
bo‘lib  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  sinditsiyalashtirilgan  kredit  deganda  bir  necha 
banklar  tomonidan  yirik  investitsiya  loyihalarini  birgalikda  kreditlash.  Yirik 
investitsiya  loyihasi  –  umumiy  qiymati  tijorat  banklarining  birinchi  darajali 
kapitalining  25  foizidan  oshadigan  investitsiya  loyihasidir.  Bank  sindikati 
sinditsiyalashtirilgan  kredit  berish  borasida  ikki  yoki  undan  ortiq  banklar  o‘rtasida 
o‘zaro  kelishuv  bo‘lib,  bunda  yetakchi  bank  sinditsiyalashtirilgan  kreditlash 
tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi banklar nomidan kredit hujjatlarini 
yuritish  mas’uliyati  yuklatilgan  qarz  oluvchining  asosiy  talab  qilib  olinguncha 
depozit  hisob  varag‘iga  xizmat  ko‘rsatuvchi  bank  hisoblanadi.  Ta’kidlash  joizki, 
O‘zbekiston  qonunchiligiga  ko‘ra  sinditsiyalashtirilgan  kreditlar  faqat  yuridik 
shaxslarga beriladi.  
Tijorat  banklari  tomonidan  sinditsiyalashtirilgan  kreditlash  qaytarishlik, 
to‘lovlilik,  ta’minlanganlik,  muddatlilik  va  maqsadli  foydalanish  shartlari  asosida 
amalga  oshiriladi.  Sinditsiyalashtirilgan  kreditni  berish  qarz  oluvchi  va  ishtirokchi 
banklar  o‘rtasida  tuziladigan  kredit  shartnomasi  asosida  amalga  oshiriladi. 
Sinditsiyalashtirilgan  kredit  berish  muddati  yirik  investitsiya  loyihalarini  qoplanish 
muddatiga  bog‘liq  holda  kredit  shartnomasida  belgilanadi.  Sinditsiyalashtirilgan 
kreditdan  foydalanganlik  uchun  foiz  stavkasi  miqdori  sinditsiyalashtirilgan  kredit 
to‘g‘risidagi kelishuv  shartlariga  ko‘ra qarz  oluvchi va ishtirokchi banklar  o‘rtasida 
tuziladigan  kredit  shartnomasi  asosida  belgilanadi.  Zarar  ko‘rib  ishlovchi,  nolikvid 
balansga  ega  bo‘lgan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  hamda  samarasiz  investitsiya 
loyihalarini  taqdim  qilgan  xo‘jalik  sub’ektlariga  sinditsiyalashtirilgan  kreditlar 
berilmaydi.  Sinditsiyalashtirilgan  kredit  olgandan  keyin  moliyaviy  ahvoli 
yomonlashgan  qarzdordan  berilgan  kreditlar  o‘rnatilgan  tartibda  muddatidan  avval 
undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta 
qayd etilgan bo‘lishi kerak. 
Qarz  oluvchi  o‘ziga  xizmat  ko‘rsatuvchi  bankka  yirik  kredit  berishni  so‘rab 
murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: 
o‘zining  ichki  kredit  siyosatiga  mos  ravishda  mijozning  kreditga  qobiliyatliligi 
tahlilini,  biznes-rejasi  tahlilini,  kredit  qaytarilishini  ta’minlanganligi  tahlilini  va 
boshqalarni amalga oshiradi.  Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning 
mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning 
o‘zida  ushbu  bitimga  boshqa  banklarni  jalb  etish  hamda  sinditsiyalashtirilgan 
kreditlash  tashkilotchisi  sifatida  bank  sindikatini  tashkil  etish  haqida  qaror  qabul 
qiladi. Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish 
to‘g‘risida  yetakchi  bank  kredit  qo‘mitasi  qaror  qabul  qilinganidan  keyin,  yetakchi 
bank  sinditsiyalashtirilgan  kreditlashda  ishtirok  etish  xohishini  bildirgan  banklarni 
aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi 
to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank ishtirokchi banklar 
bilan  investitsiya  loyihasi  bo‘yicha  barcha  kredit  hujjatlarini  taqdim  etadi.  Taqdim 
etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi. 
Sinditsiyalashtirilgan  kreditni  berishga  xorijiy  banklar  va  boshqa  xorijiy 
moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni 
amalga  oshirish  xorijiy  banklar  va  moliyaviy  institutlar  bilan  tuzilgan  bitimlarda 


233 
 
belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.  Ishtirokchi  banklar  bilan  muzokaralar 
boshlangunga  qadar  yetakchi  bank  tomonidan  bankning  ichki  kredit  siyosati  bilan 
belgilangan  tartibda  kredit  paketini  tahlili  asosida  barcha  kredit  hujjatlari  hamda 
ishtirokchi  banklar  o‘rtasida  tuziladigan  investitsiya  loyihasini  birgalikda  kreditlash 
borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 
Yetakchi  bank  ishtirokchi  banklarga  taklif  yo‘llashdan  oldin  qarz  oluvchi 
haqidagi  ma’lumotlarni  Banklararo  kredit  byurosi  ma’lumotlari  bilan  solishtirishi 
lozim.  Kredit  shartnomasining  yakuniy  variantini  ishlab  chiqish  va  imzolash 
faqatgina  yetakchi  bank  va  ishtirokchi  banklar  o‘rtasida  mazkur  investitsiya 
loyihasini  sinditsiyalashtirilgan  kreditlash  to‘g‘risida  o‘zaro  bitim  tuzilgandan  keyin 
amalga  oshiriladi.  Ishtirokchi  banklar  o‘rtasida  mazkur  investitsion  loyihani 
birgalikda  kreditlash  borasida  bitim  imzolangandan  keyin  bank  sindikati  tuzilgan 
hisoblanadi  va  ushbu  bitimni  imzolagan  barcha  ishtirokchi  banklar  o‘zlariga 
sinditsiyalashtirilgan  kreditlash  borasida  majburiyat  olgan  hisoblanadilar.  Shuning 
bilan  birga  bank  sindikati  tuzilgandan  keyin  ushbu  bitimdan  chiqish,  ya’ni 
sinditsiyalashgan  kredit  berish  borasidagi  kredit  shartnomasini  imzolashda  bosh 
tortilgan  taqdirda  ishtirokchi  bank  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  boshqa 
ishtirokchi  banklar  oldida  boy  berilgan  foydani  qoplab  berish  borasida  javobgar 
bo‘ladi. 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish