Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

4  –  savol  bayoni.
  Hozirda  kredit  munosabatlari  sohasida  banklar  faoliyatini 
birlashtirish  zarurati  tug‘ilmoqda.  Birlashmalarni  tashkil  etish  maqsadlari  xilma-xil, 
lekin ular bank operatsiyalari bo‘yicha xatarlarni qisqartirgan holda katta ko‘lamdagi 
tadbirlarni  moliyalash  bilan  yoki  bitta  bank  yolg‘iz  o‘zi  hal  qila  olmaydigan 
vazifalarni bajarish bilan bog‘liq. Uzoq muddatga kredit berish bilan bog‘liq xatarlar 
mana shunday birlashma ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi, bu esa a’zo banklarga 
o‘zlarining likvid zahiralarini  ancha pastroq  darajada  saqlab turish imkonini beradi. 
Bunday birlashmalarda kredit, kafolatlash yoki boshqa kredit-moliya operatsiyalarini 
birgalikda  amalga  oshirish  uchun  tashkil  etiladigan  bank  sindikatlari  yoki  boshqa 
bank birlashmalari alohida o‘rin tutadi.  
Davlatning  sindikatlashtirilgan  kreditlarga  ehtiyoji  eng  avvalo  byudjet 
dasturlarini  moliyalash  zarurligi  bilan,  xalq  xo‘jaligining  turli  tarmoqlaridagi  davlat 
korxonalarini modernizatsiyalash va texnika bilan qayta qurollantirishga mablag‘larni 
investitsiyalash bilan bog‘liqdir. Firma va banklar sindikatlashtirilgan kredit hisobiga, 
qoida  tariqasida,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  bilan,  shuningdek,  investitsiyalash  sohasi 
bilan, energetika, ekologiya, xom – ashyo resurslarini qazib chiqarish, fan – texnika 
ishlanmalarini  amaliyotga  joriy  etish  va  shu  kabilar  bilan  bog‘liq  ehtiyojlarni 
moliyalashtiradilar.  
Bank  sektorini  yanada  isloh  qilish  va  erkinlashtirishning  davlat  dasturlarida 
tijorat  banklarining  investitsiyalanadigan  loyihalarni  moliyalash,  shu  jumladan, 
xorijiy  bank  sarmoyasini  jalb  etgan  holda  moliyalash  uchun  sindikatlashtirilgan 
kreditlar  berish  tizimini  rivojlantirilishi  ko‘zda  tutilgan.  Hozirgi  kunda  O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklari  tomonidan  yirik  investitsiyalash 
loyihalarini  sindikatlashtirilgan  kreditlashni  amalga  oshirish  tartibi  to‘g‘risida”gi 
2005  yil  16  iyulda  qabul  qilingan  Nizomga  muvofiq,  sindikatlashtirilgan  kredit 
deganda  yirik  investitsiya  loyihalarini  bir  necha  banklar  tomonidan  birgalikda 
kreditlash  tushuniladi.  Respublikamiz  Markaziy  banki  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
“Tijorat  banklari  tomonidan  yirik  investitsiya  loyihalarini  sinditsiyalashtirilgan 
kreditlashni  amalga  oshirish  tartibi  to‘g‘risidagi”  nizomda  olingan  kreditni  qaytara 
olmaslik xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga 
javob  beradigan  ta’minotga  ega  bo‘lishi  kerakligi  ta’kidlanib,  mulk  yoki  qimmatli 
qog‘ozlar garovi, bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi 


230 
 
kabilarni  ta’minot  sifatida  qabul  qilinishi  belgilangan.  Lekin,  sindikatlashtirilgan 
kreditda  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  kredit  summasining  katta  miqdorda  bo‘lishi 
qayd etilgan ta’minot turlarini har doim ham yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Shuning 
uchun  ko‘p  hollarda  loyiha  ob’ekti  garov  hisobida  qabul  qilinadi.  Hozirgi  kunda 
investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishning  yangi  usuli  sinditsirlashtirilgan 
kreditlash  (sindikatga  uyushgan  bir  necha  kreditorlarning  kreditlari  majmui)  paydo 
bo‘ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so‘zning aniq atamasi yo‘qligi sababli, ko‘pchilik 
hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit deb ham ataladi.  
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni 
moliyalashtirish  tizimida  yirik  investitsiya  loyihalarini  birgalikda  moliyalashtirishni 
tashkil  etish  usullaridan  birini  anglatadi.  Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishda 
sindikatlashtirilgan  kreditning  asosiy  xususiyati  shunday  iboratki,  bunda  bir  necha 
kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan 
bog‘liq  risklarning  ishtiroki  kreditorlar  (banklar)  o‘rtasida  taqsimlanishidadir. 
Investitsiya  loyihalarni  moliyalashtirishda  sindikatlashtirilishi  mumkin  bo‘lgan 
kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi.  
Loyihaviy  moliyalashtirishda  kreditni  qaytarishning  manbai  bo‘lib,  loyihani 
amalga  oshirish  natijasida  olingan  foyda  hisoblanadi.  Moliyaviy  globalizatsiya 
davrida 
investitsiya 
loyihalarini 
xalqaro 
kreditlash 
jarayonida 
loyihaviy 
moliyalashtirish  tobora  samarali  moliyalashtirish  shakli  bo‘lib  kelmoqda.  Loyihaviy 
moliyalashtirish 
deganda 
odatda 
bank 
tomonidan 
investitsiya 
loyihasini 
moliyalashtirishdagi  maxsus  kreditlash  turi  tushunilib,  bunda  regressiz  yoki 
qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini 
maqsadli  moliyalash  (kreditlash)  tushunilib,  bunda  qarz  oluvchining  to‘lov 
majburiyatlarining  ta’minoti  bo‘lib,  mazkur  loyiha  faoliyatidan  olgan  daromadlari 
hamda  bu  loyihaga  taaluqli  aktivlar  hisoblanadi.  Investitsiya  loyihalarini  uzoq 
muddatli  moliyalashtirishda  ko‘pchilik  loyihani  moliyalashtirishning  sindikat 
kreditlari  shakliga  zarurat  sezmoqda.  Bunda  kredit  bitimi  shartlarini  tashabbuskor 
bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani  moliyalashtirishda  ishtirok etishni 
taklif  etadi.  Sindikatlashgan  kredit  bo‘yicha  foiz  summasi  qoidaga  ko‘ra  suzib 
yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered 
Rate  –  Londondagi  banklararo  kreditlar  bo‘yicha  foiz  stavka)  stavkasini  olishadi  va 
unga bank marjasi qo‘shiladi. 
Investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish  (realizatsiya  qilish)  nuqtai  nazaridan 
moliyalashtirish  muddatini  va  ob’ektni  qurish  (yaratish)  vaqtini  kelishib  olish 
muhimdir.  Ob’ektni  ishlab  chiqarish  quvvatlariga  yetkazish  va  ishlash  muddatining 
amalga  oshirilishi  investitsiya  loyihasini  moliyalashtirish  vaqtini  (muddati) 
shakllantiradi.  Xorij  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  Yevropa  banklari  tomonidan 
qo‘llaniladigan  kreditlashtirishning  maksimal  muddati  10-15  yilni  tashkil  qiladi. 
AQShda  esa  bu  muddat  kamroq  7-12  yil.  Agar  loyihani  moliyalashtirish  muddati 
yetarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga 
o‘zgartiriladi.  Shuningdek,  alohida  banklar  ham  kafil  bo‘lib  chiqishlari  mumkin. 
Bunday  holat  xalqaro  kredit  tashkilotlari  yoki  eksport-import  kreditlarini 
sug‘urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko‘proq yuz 
beradi.  Bunda  sindikatishtirokchi  banklar  kreditor  foydasiga  akkredetiv  ochishlari 
yoki kafolat berishlari mumkin.  


231 
 
Bunday  moliyashtirishdan  foyda  nima?  Unda  qarz  oluvchi  moliyalashni 
kamroq  risklar  bilan  oladi,  ya’ni  kreditlar  riski  tijorat  bankiga  o‘tadi.  90-yillar 
birinchi  yarmi  jahon  xo‘jaligi  uchun  yuqori  iqtisodiy  o‘sish  darajasi  bilan 
harakterlanib,  loyihani  moliyalashtirish  shakllariga  katta  talab  uyg‘otdi.  1997-1998 
yillardagi  moliyaviy  inqirozlargacha  loyihani  moliyalashtirishning  jahon  bozorida 
Janubiy-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari  yetakchilik  qilib  keldi.  1996  yilda  Gonkongda 
36ta  qiymati  19,3  mlrd.  dollarlik,  Indoneziyada  72  ta  qiymati  14,1  mlrd.  AQSH 
dollarlik,  Taylandda  31  ta  qiymati  9,4  mlrd.  dollarlik    investitsion  loyihalar  amalga 
oshirildi. Umumiy 1996 yilda Osiyo mamlakatlarida 400 ta qiymati 86,2 mlrd. AQSH 
dollarlik  investitsion  loyihalar  moliyalashtirildi.  O‘zbekistonda  investitsiya 
loyihalarini  moliyalashtirish  asosan  tijorat  banklari,  byudjet  mablag‘lari  va 
byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilib, yangi zamonaviy 
asbob-uskuna  keltirishga,  qurilish  va  ta’mirlash-montaj  ishlariga,  import  o‘rnini 
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga va eksportga mo‘ljallangan raqobatbardosh 
mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  ob’ektlar  qurishga  yo‘naltirilgan.  Shu 
bilan  birga  yirik  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun  chet  el 
investitsiyalari va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  moliyalashtirishni  tashkil  etish  lozimdir.    Investitsion  loyihalarning  turlicha 
klassifikatsiyalari mavjud bo‘lib, belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi 
ko‘rinishlarini ajratish mumkin. 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish